Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
92 , di. Hozir uning fikrlari Mingbuloqdagidan ancha tiniq edi. Lekin Gulchehrani eslar ekan, vujudini qandaydir shirin iztirob qoplar, yuzlarida qizning issiq yoqimli nafasini sezardi. «Bu baxt, – o‘ylardi Abdulla. – Katta baxt. Har kimga ham bu nasib bo‘lavermaydi. Qayerdasan, In’om? Ko‘r, dunyoda tengi yo‘q qiz uni sevib qol di. Uning uchun hamma narsaga tayyor. Bir yil tez o‘tib ketadi. O‘shanda Abdulla u bilan birga bo‘ladi. Oppoq, nozik qo‘llaridan ushlab, sha harning eng go‘zal, eng gavjum joylaridan yuradi. Uni hammaga quvonch va faxr bilan ko‘rsatadi. Hammaning havasini keltiradi. Hali bu unday chiroyli qizni ko‘rgani yo‘q. O‘zi shunday qiz bor mikin? Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas». U qishloqqa kelganidan xursand edi. Agar otaonasi majbur qilmaganda, kelmasmidi? Chunki o‘rtoqlari uni Chimyonga taklif qilishgan va u borishga va’da bergan edi. Lekin uyida ona si uni aynitdi. Keyin dadasi qo‘shildi. To‘g‘rirog‘i, ular borma deyishmadi. Chimyonning o‘rniga ular Mingbuloqni taklif qilishdi. Buvisini ko‘pdan beri ko‘rgani yo‘q. Bechora, juda sog‘ingan. Bu ning ustiga dala, toza havo, tog‘asi bilan ovga chiqishi mumkin. Kaklik, bedana bo‘ladi. Mingbuloqqa borgani yaxshi. Chimyonda nima bor? Hamma yoq tog‘, o‘rmon. Innaykeyin, ovqatining tayini yo‘q. O‘qishdan charchab rangini oldirib qo‘ygan odam tog‘toshda nima qiladi? U yaxshi dam olishi ke rak. Mingbuloq xuddi shunaqa dam oladigan joy. Oxiri Abdulla ko‘ndi. Onasi qilib bergan sovg‘asalomni olib, yo‘lga tushdi. Bu uning bi Odam bolish qiyin 93 , rinchi marta yolg‘iz yo‘lga chiqishi edi. Birinchi, mustaqil safari kutilmaganda yaxshi bo‘ldi. Yax shi ham gapmi, juda soz bo‘ldi. O‘rtoqlari ko‘pin cha qizlar haqida gapirishardi. Qayerga borish gani, hatto nima qilishganini uyalmay birbirla riga aytib o‘tirishardi. O‘ninchi sinfga o‘tishgan da deyarli hamma bolalarning yuradigan qizlari bor edi. Ba’zilar, hatto maktabda bo‘ladigan ke chalarga ularni olib kelishardi. Kecha tamom bo‘lgach, uylarigacha kuzatib qo‘yishardi. Faqat Abdullaning yuradigan qizi yo‘q edi. Albatta u ko‘p qizlarni tanirdi. Innaykeyin, qizlarga yoqi shini ham bilardi. Ba’zi qizlar, hatto u bilan bir kecha raqs tushib, uning yo‘lini poylaydigan, uyiga xat yozib kiritadigan bo‘lib qolgan edilar. Lekin Abdulla parvo qilmasdi. Qizlar unga yoq masdi, deb bo‘lmaydi. Yoqardi. U taniydigan va u bilan yu rishni istagan qizlar orasida kelishgan, chiroylilari ham bor edi. Abdulla ularga bir jil mayib boqishi bilan atrofida girdikapalak bo‘li- shardi. Ammo u bunday qilmasdi. Raqs tushardi, lekin hammadan oldin, agar kecha cho‘ziladigan bo‘lsa, g‘oyib bo‘lib qolardi. – Hozir o‘qish kerak, hozir uyda bo‘lishim ke rak, – derdi u qolishni istasa ham o‘zini majbur qilib. – O‘yin keyin... Uning ko‘z oldidan hozir osmonda charaqlab turgan yulduzlardek oltin medal ketmasdi. O‘ngi da ham, tushida ham shuni ko‘rardi. Medal uning uchun hayot ramzi, kelajak kaliti edi. Shu kalitsiz uning yashashi ham mumkin bo‘lmay qolgan edi. Kalit qo‘liga tushgandan so‘ng, nima qilishni u o‘zi biladi. Mayli, o‘rtoqlari hozir un Olmas Umarbekov 94 , dan kulishsin, qizlar uni odamovi, kekkaygan, deyishsin. Uning kimligi keyin ma’lum bo‘ladi. Shunday fikrlar bilan o‘zini tinchitib o‘qidi, vaqti ni bekorga ketkazmadi. Endichi? Endi uni ko‘rishsin. Endi o‘rtoqla ridan o‘zib ketdi. Uning hech kimda yo‘q, go‘zal qizi bor – Gulchehra... Uning ismi ham o‘zidek go‘zal. Abdulla ozg‘in, ingichka oyoqli qizlarni xush ko‘rmasdi. Bir kuni raqs tushishayotgan da shunday ingichka oyoqli bir qizning paypog‘i tushib ketdi. Abdulla uni chetga olib chiqdi. Qiz etagini sonigacha ko‘tarib, rezinkasini bog‘layot ganda, Abdulla beixtiyor uning oyog‘iga qara diyu, ensasi qotdi. Shushu o‘sha qiz bilan raqs tushmaydigan bo‘lib qoldi. Gulchehraning oyoq lari bunaqa emas edi. To‘lacha, tizzalari kichkina, dumaloq, nima kiymasin – baland poshna tuflimi, shippakmi, chippa yopishib, o‘ziga yarashardi. Shunday qiz uni yaxshi ko‘radi. O‘zi aytdi. «Men ham sizni yaxshi ko‘raman», – dedi. Abdulla muzdek havodan simirib osmonga tikildi. Shamol uning sochlarini to‘zg‘itib o‘ynar, ko‘zlarini yumdirmoqchi bo‘lardi, lekin u parvo qilmasdi. Ko‘zlarini osmonga tikkanicha xayol surardi. Uning hozir esiga buvisining qachon lardir har bir odamning o‘z yulduzi bo‘ladi, degan gapi keldida, miltillab turgan yulduzlarning har biriga alohida diqqat bilan qaray boshladi. Uning yulduzi qaysi ekan?! Yulduzlar deyarli birbiridan farq qilmasdi: biri sal katta, biri sal kichik... Yo‘q, bular ichida uning yulduzi yo‘q. Uniki boshqa cha bo‘lishi kerak. Hammanikiga o‘xshamasligi kerak. Agar yaxshilab qarasa, bu yulduzlar ning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling