Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116
Olmas Umarbekov
98
,
– Ha? 
– Chimyonning bunaqa joyligini endi bilishim. 
Maza qildik. Ahrorning dadasi o‘sha yerda ekan. 
Bitta qo‘y so‘yib berdi. Ikki kun kabob qilib ye­
dik. Cho‘mildik, tog‘ga chiqdik. Lekin­chi, men 
shamollab qolib, ikki kun yotib qoldim. Keyin 
cho‘milmadim. Borsang, maza qilarding. 
Abdulla jilmaydi. 
– Qishloqda yaxshi bo‘ldimi? – so‘radi Rustam. 
– Tuzuk, – dedi Abdulla, – bedana otdik, 
cho‘mildim... 
– Bedana? – havas bilan so‘radi Rustam. 
– Ha. 
– Ancha otdingmi? 
– O‘ntacha. 
– Obbo sen­ey! Maza qilibsan­ku! 
Abdulla yana jilmaydi. Ko‘p narsani gapirishga 
yuragi to‘lib turgan bo‘lsa ham, o‘zini tutdi. U sa­
faridan xursand edi, shuning o‘zi kifoya. Birovlar­
ning bilishiga hojat yo‘q. Ko‘rib turibdi, shuning 
o‘zi yetarli. Shuning uchun u gapni bo‘ldi. 
– Qachon qaytdilaring? 
– O‘tgan kuni. Bilasanmi, odam juda zerikdi. 
Kechqurun Ahrorlar bilan bir aylanib, ko‘lga bor­
moqchimiz. Orolchada o‘tirib, qittak­qittak qila­
miz. Biz bilan yur. 
– Mayli. 
– Bo‘lmasa, kechqurun kiraman. 
– Qayoqqa ketyapsan? – so‘radi Abdulla sum­
kaga ishora qilib. 
– E, oyim bozorga ketayotuvdilar, qo‘llaridan 
yulib oldim. Odam zerikib o‘ldi. Xo‘p, kechqurun 
kiraymi? 


Odam bolish qiyin
99
,
Abdulla boshini qimirlatdi. Uyi tomon yurar 
ekan, u o‘ylardi: uning zerikishga vaqti yo‘q. U 
o‘qiydi, ko‘p o‘qiydi va Gulchehrani o‘ylaydi. 
IX
G‘afurjon aka o‘g‘lining qaytishini sabrsizlik 
bilan kutardi. Abdulla Mingbuloqqa ketgandan 
keyin uch­to‘rt kun o‘tgach, bir odam uni ko‘rgani 
keldi. O‘rta yashar, yaxshi kiyingan, boshida 
shlyapa. U G‘afurjon aka bilan eski qadrdonlar­
day so‘rashib, uni betob ko‘rganiga qayg‘urdi. 
– Kecha bilib qoldim, – dedi u. – Ertalab Lenin­
graddan qaytganimni eshitib, og‘aynilar kelishdi. 
Shular sizni betob deyishdi. Mehmon­izlom bi­
lan bo‘lib kecha kelolmadim. Bugun, nima bo‘lsa 
ham sizni ko‘rishga ahd qilib, mana, keldim. 
– Rahmat, rahmat, – dedi G‘afurjon aka istarasi 
issiq, xushmuomala bu odamning kimligini, qa­
yerda ko‘rganligini eslolmay, lekin so‘ragani uyaldi.
Ular ancha vaqt u yoqdan bu yoqdan gapla­
shib o‘tirishdi. Shahodat opa choy qo‘ydi. Meh­
mon gap orasida ikki yildan beri Leningradda 
yashayotgani, u yerda yangi bir institut ochilib, 
uni professor sifatida taklif qilishganini aytdi. Bir 
oycha bu yerda bo‘laman­da, keyin qizimni olib 
ketaman, dedi u. 
– Institutni o‘zimning oldimda tamomlasin. 
Aytganday, Abdullajon qalay? Katta yigit bo‘lib 
qolgandir? 
– Ha, – dedi faxr bilan G‘afurjon aka. – Mak­
tabni oltin medal bilan tamomladi. Hozir Qo‘qon­
da. O‘ynab kelsin deb jo‘natdik. 


Olmas Umarbekov
100
,
– Juda yaxshi, juda yaxshi. Qaysi institutga 
kirmoqchi? 
– ToshDUga. Fizmatga kiraman, deydi. 
– O, juda yaxshi. Matematikani yaxshi ko‘rar 
ekan­da. 
– Ha, yozma matematikani yigirma daqiqada 
topshirib chiqdi. 
– Yo‘g‘­e? – xursand bo‘lib so‘radi mehmon. 
– Ha, o‘qituvchilari ham hayron. 
– Yaxshi, juda yaxshi. Bizning Sayyora ham 
matematikaga durust. Shuning uchun ham 
o‘zimning institutimga olib ketmoqchiman. Kela­
jagi yaxshi institut. Atom bilan, atom energiyasi 
bilan bog‘liq institut. 
– Shunday deng? 
– Ha, qiz bolaga ozgina og‘irlik qiladi­yu, ammo 
yaxshi. 
Mehmon o‘ylanib qoldi. G‘afurjon aka ham 
unga, shunday ajoyib o‘qishga ketayotgan qiziga 
havasi kelib xayolga cho‘mgan edi. Qani endi u 
ham shu mehmonga o‘xshagan bo‘lsa­yu, o‘g‘li­
ni shunday o‘qishga yuborsa! Abdulla esli, aqlli 
bola, katta odam bo‘lib qaytardi. 
– Stipendiyasi tuzukmi? – so‘radi u nimaning­
dir ilinjida. 
Boshqa institutdagidan baland, yotog‘i bor. 
G‘afurjon aka, nima deysiz, o‘g‘ilchani yubor­
maysizmi? Tag‘in o‘zi matematikaga qiziqar ekan, 
yaxshi bo‘lardi. – Mehmon G‘afurjon akaning ik­
kilanib turgaiini o‘zicha tushunib, qo‘shib qo‘ydi: 
– Moddiy tomondan hech qiynalmaydi. Innayke­
yin, men borman. Yolg‘iz tashlab qo‘ymayman. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling