Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Olmas Umarbekov
122
,
to‘xtatdi va stol ortiga o‘tdi­da, betartib yotgan 
plastinkalarni tita boshladi. 
– Qayoqda edi? 
Abdulla eshikka suyanib unga tikilib qoldi. 
Shubhasiz, Sayyora uni qiziqtirib qo‘ygan edi. 
Uning nozikligi, shu bilan birga epchil harakat­
lari, ochiqligi, xuddi otasidek xushmuomalaligi 
uni Abdulla bilan boshqa qizlardan ajratib, har 
tomonlama ulardan yuqoriligini ko‘rsatib turardi. 
Faqat Gulchehra bu solishtirmadan mustasno, 
butunlay boshqacha qiz. U hech kimga o‘xsha­
maydi. Albatta, u Sayyoraga o‘xshagan ochiq 
emas, valsni yaxshi bilmaydi. Shunga qaramay, 
Gulchehra boshqa olam. Qanday yaxshi u bilan 
tanishgani! Ketgunicha albatta u bilan uchra­
shadi. Ming buloqqa boradi. Tushuntiradi, o‘sha 
yoqda o‘qisa yomonmi? Innaykeyin, ikkalovi ham 
institutni bitirishlari kerak. Ungacha hech qan­
day jiddiy o‘zgarish bo‘lishi mumkin emas. Bu ning 
ustiga Gulchehra bir yildan keyin keladimi Tosh­
kentga, kelmaydimi, noma’lum. Gulchehraning 
o‘zi ham buni bilmaydi. Kelmaganda ham Abdulla 
u bilan aloqasini uzmasdi. Shunday ekan, ikka­
loviga ham baribir. Lekin ta’til paytida ular albat­
ta uchrashib turishadi. Sayyora unga kim bo‘lib­
di? U yaxshi bir odam. O‘zi bilan birga ketyapti. 
Birga o‘qishadi. Tamom, boshqa hech narsa yo‘q 
oralari da. Bo‘lishi ham mumkin emas. Birinchi­
dan, u Gulchehrani yaxshi ko‘radi. Ikkinchidan, 
Sayyoraning yigiti bo‘lishi mumkin. Bo‘lmaganda 
ham unga Abdulla yoqmaydi. Yoq sa, uning bo­
rish­bormasligiga shunday farqsiz qararmidi? 
– Mana! – dedi Sayyora nihoyat bitta plastin­
kani ko‘tarib.


Odam bolish qiyin
123
,
Abdullaning xayoli bo‘lindi. 
– Juda yaxshi fokstrot. Eshiting. 
Sayyora plastinkani qo‘yib, xonaning o‘rtasiga 
keldi. Yengil, sho‘x kuy yangray boshladi. 
– Yaxshimi? 
Abdulla hamon joyidan qo‘zg‘almay turardi. 
– Keling, tushamiz. 
– Yo‘q, – dedi jilmayib Abdulla. – Bilmayman. 
– Valsdan oson bu. Qarang. 
Sayyora shunday deb, qo‘llarini ikki yoniga 
ko‘tardi va musiqa ohangiga mos harakat qila 
boshladi. Uning kichkina oyoqlari juda yengil 
ko‘char, ingichka beli yupqa shohi koftasi tagi­
da chiroyli silkinardi. Abdulla qandaydir ke­
chada fokstrot tushishganini ko‘rgan edi. Lekin 
o‘shanda bu raqs unga yoqmagan edi. Hozir esa 
u Sayyoraning epchil, yengil harakatlarini kuza­
tar ekan, fokstrotning ham juda yaxshi kuyligiga 
ishondi va eshik tagiga stul qo‘yib o‘tirdi­da, beix­
tiyor qarsak chala boshladi. Sayyora plastinka 
jim bo‘lganda to‘xtadi va og‘zini to‘ldirib uh tortdi. 
– Charchadim. 
Keyin u vals qo‘ydi. Yana ikkalovi bir­birini 
quchoqlab aylana ketishdi. Valsdan keyin tango, 
yana vals, fokstrot... Abdulla o‘zida yo‘q xursand 
edi. Unga bu uydagi hamma narsa va hamma 
ma’qul tushgan, shu oila bilan, Sayyora bilan 
tanishib qolganidan mamnun edi. 
– Meni yengiltak deb o‘ylamayapsizmi? – so‘ra­
di bir mahal Sayyora yangi bir vals tugay deb qol­
ganda. 
– Yo‘q, mutlaqo, – dedi Abdulla hozirjavoblik bi­
lan. – Siz bilan tanishganimdan juda xursandman. 


Olmas Umarbekov
124
,
– Men ham. Tansani yaxshi ko‘raman. Biron 
ish qilayotganimda ham radioni qo‘yib qo‘yaman. – 
Sayyora Abdullaga qarab jilmaydi. – Bir vaqti men 
konservatoriyaga ham kirmoqchi bo‘lgan edim. 
Keyin aynadim. Fizika meni ko‘proq qiziqtiradi. 
– Sirtdan o‘qisangiz­chi? 
– Tiss! – dedi Sayyora barmog‘ini labiga qo‘yib. 
– Boshlandi. 
Ular jim bo‘lib qolishdi. Tito Gobbi kuylardi. 
Abdulla tushunmasa ham, xuddi Sayyoradek 
berilib quloq soldi. Ariya tamom bo‘lganda esa, 
uning xayol surib ketganini ko‘rdi. Nimalarni 
o‘ylayotganini so‘ramoqchi bo‘lib, og‘iz juftlagan­
da, Sayyoraning o‘zi unga murojaat qildi: 
– Yoqdimi? 
– Ha. 
– Juda yaxshi ariya bu. Keyin, bu ariyani hech 
kim Tito Gobbidek aytolgan emas. Bizda esa bu­
naqa ovoz yo‘q, bunaqa opera ham yo‘q. – Sayyo­
ra xo‘rsindi.
– Achinyapsizmi? 
– Siz achinmaysizmi? Katta­katta olimlari miz 
bor, vrachlarimiz bor. Yaxshi ashulachilarimiz 
yo‘q. Bitta Halima opa. Boshqa kim bor? 
Abdulla javob bermadi, lekin u havas bilan 
Sayyoraga tikilib qolgan edi. Kecha uni yengil­
tak qiz bo‘lsa kerak, deb o‘ylagan edi. Juda ser­
fikr, aqlli qiz ekan u. Abdulla shunday o‘yladi-yu, 
beixtiyor o‘zini va o‘zi bilgan odamlarni u bilan 
solishtirdi. Bu solishtirish Sayyorani yanada 
balandga ko‘tarib yubordi. «Biz hech narsa bil­
maymiz. Men­chi, men esa, darslikdan boshqa 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling