Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
Odam bolish qiyin
119
,
– Yo‘q, faqat sen uchun emas, – deb javob ber­
di. – Faqat sen uchun emas. Kichkina emassan, 
bemalol yashab ketasan. Unga yaxshilik qilgim 
keldi. Uning otasi yaxshi odam. 
– Mojet bit on ne xochet? 
– Bu boshqa gap. Bormasa bormas, lekin ins­
titutning qandayligini bila turib, maslahat ber­
maslik yaxshi emas. Nima deding? 
Sayyora yelkasini qisdi. Unga Abdulla bora­
dimi­yo‘qmi, baribir edi. Uni birinchi marta ko‘ri­
shi, birinchi marta u bilan gaplashishi... Bormasa, 
achinmaydi. Borsa, yomon ham bo‘lmaydi. Unga 
Abdullaning faqat jilmayishi yoqdi. U taniy digan 
yigitlarning ichida hech qaysisi shunaqa jilmay­
maydi. Tishlari ham yomonmas, oppoq, tekis... 
Sayyora Abdullani ko‘z oldiga keltirishga 
harakat qildi. Lekin jilmayishi va ruschalab rah­
mat deganidan boshqa hech narsani eslay olma­
di. Ruscha yaxshi gapirmasa kerak? Bu, albatta, 
tushunarli, o‘zbek maktabini tamomlagan. Agar 
qiynalsa, Sayyora yordam berishi mumkin. Tan­
sa tushishga ham o‘rgatadi, hozir raqs tu shishni 
bilmaslik uyat. Ko‘pgina o‘zbek yigit­qizlari esa 
bilishmaydi. Nega bunday? Tansa axir yaxshi­ku! 
Sayyora o‘z xonasiga kirib radiolani qo‘ydi. 
Mayin musiqa ohangi uyni to‘ldira boshladi. Bu 
Sayyoraning eng yaxshi ko‘rgan kuyi – «Dunay 
to‘lqinlari» edi. Sayyora bir zum tebranib uni ting­
lab turdi­da, keyin qachonlardir otasi sovg‘a qilgan 
va hali ham o‘zi bilan birga olib yotadigan katta 
ayiq qo‘g‘irchoqni quchoqlab, xonani aylana ketdi. 
– Tansa tushasizmi? – Ertasi kuni kechqurun 
Abdulla kelganda uning bergan birinchi savoli 
shu bo‘ldi. 


Olmas Umarbekov
120
,
Abdulla qizarib ketdi. 
– Oz­moz. Lekin men... men... 
– Keyin, yuring. – Sayyora uni qo‘llaridan sudr­
ab uyga olib kirib ketdi. – Hech kim yo‘q. Hamma­
lari mehmonga ketishgan. A mne odnoy skuchno.
Sayyora shunday deb uyning o‘rtasida turgan 
stolni chetga torta boshladi. Lekin kuchi yetmadi 
va qoshlarini chimirib Abdullaga tikildi. Abdulla 
kutilmaganda yuz bergan bu yaqinlik va sami­
miylikdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan edi. Shuning 
uchun qizning nima demoqchi ekanligiga darhol 
tushunmay jilmaydi. 
– Pomogite­je! – dedi Sayyora. 
– Kechirasiz... 
Abdulla otilib stolga yopishdi. Sayyora plas­
tinka qo‘ydi­da, uning yoniga keldi. 
– Tango. 
Abdulla buni yaxshi bilardi. Lekin shunday 
bo‘lsa ham, u bilan raqs tushishga cho‘chirdi. Bu­
tun qiyofasi, o‘zini erkin tutishi, erkin gaplashi­
shi bilan Sayyora shu paytgacha Abdulla ko‘rgan, 
bilgan qizlarga o‘xshamasdi. Buning ustiga hali 
salomlashmasdan begona yigitni raqsga taklif 
qilishi uning ancha bilag‘on, raqsga ustaligini 
ko‘rsatib turardi. Abdulla tortinib uning belidan 
ushladi va birinchi qadam qo‘yishi bilan Sayyora 
yigit quchog‘ida suzib ketdi. 
– Usta ekansiz, – dedi Abdulla hayrat bilan. 
– Bu juda oson. Siz ham yaxshisiz, – dedi 
Sayyora salmoqlab. 
Uning o‘zbekcha javob berishi Abdullani ha­
yajonga soldi. 
– Yaxshi gapirar ekansiz­ku! 


Odam bolish qiyin
121
,
Esimga solishmasa, – dedi Sayyora unga 
boshini ko‘tarib qarar ekan. – Papam kuladilar. 
Shunga ular bilan gaplashgim kelmaydi. 
– Oyingiz bilan yaxshi gaplashasizmi? 
– Oyim bilan, qo‘shnilar bilan. 
– Ko‘proq mashq qilsangiz, bundan ham yax­
shi gapiradigan bo‘lib ketasiz.
– To‘g‘ri, lekin o‘rtoqlarim hammasi ruscha ga­
pirishadi. Siz­chi, siz ruschani yaxshi bilasizmi? 
– Yo‘q, deyarli bilmayman. 
Agar men bilan birga borsangiz, sizni rus­
chaga o‘rgataman. Borasizmi?
– Boraman. Dadangizga shuni aytgani keluv dim. 
– U yerda yaxshi bo‘ladi. 
Sayyora bu gapni shunday xotirjamlik bilan 
aytdiki, Abdulla uning xursand bo‘lgan­bo‘lma­
ganligini bilolmadi, negadir avji pasayib ketdi. 
Hatto bir­ikki adashib, uning oyog‘ini bosib oldi. 
– Kechirasiz, – dedi qizarib. 
– Nichego, – dedi Sayyora. – O‘zbek maktabla­
rida tansani kam o‘rgatishadi. Nega, bilmayman. 
– Ha, – Abdulla bu qizning oldida shuncha bil­
ganlari uch pul ekaniga tushundi va shu paytga­
cha o‘zicha faxrlanib yurganidan uyalib ketdi. 
– Lekin siz yaxshisiz. 
– Qayoqda? Bilsam, oyog‘ingizni bosib olarmi­
dim? Og‘riyaptimi? 
– Yo‘q, bosilib qoldi. Fokstrotni bilasizmi? 
– Yo‘q, eshitganman. 
– Moskvada nuqul fokstrot tushishadi. Menda 
bitta plastinka bor. Qo‘yaymi? 
Abdulla mayli degandek boshini qimirlatdi. 
Sayyora, uning quchog‘idan chiqib, radiolani 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling