Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
Odam bolish qiyin
113
,
magan edik. – Tursun aka xo‘rsindi. – Dadangiz 
ancha og‘ir kasalga chalinib qolibdilar. Bilma­
dim, vrachlar ikkita kasal davosini haligacha to­
polmayaptilar: bittasi – qon bosimi, bittasi – sara­
ton. Ammo tashvishlanmang, tuzalib ketarlar. U 
kishini men ko‘pdan beri bilaman, ko‘p yaxshilik 
qilganlar menga. – Professor o‘ylanib qoldi. 
Abdulla uning taram­taram peshanasiga, 
oq oralagan siyrak sochlariga tikilar ekan, shu 
topda unga o‘xshagisi, katta bo‘lib oila qurgan­
da esa, farzandlari bilan xuddi uningdek yengil, 
sho‘x, o‘z tengidek gaplashgisi kelib ketdi. 
– Dadam ham sizni ko‘p gapiradilar, – dedi Ab­
dulla biron narsa bilan uni xursand qilishni o‘ylab. 
– Rahmat. G‘afurjon aka tilla odam. Hamma­
ga u yaxshilik qilib kelgan. Xo‘sh, doktorlar nima 
deyapti? 
Abdulla nima deyishini bilmay qoldi. U qish­
loqdan qaytib kelganidan keyin na dadasi, na 
onasi bilan bu haqda gaplashgan edi. Mingbuloq­
qa jo‘nayotganida bir professor kelib turganidan 
xabardor edi. Buni ayasi aytib bergan edi. Shu 
professorning gapi esiga tushdi. 
– Qon bosimi ikki yuzdan tushmayapti. Lekin 
tuzalib ketasiz, deyishyapti. Go‘sht yemaydilar. 
Tuzli hech narsa ichmaydilar. Bir­ikki kun ishga 
chiquvdilar, qiynalib qoldilar. 
– Ishga chiqmaganlari ma’qul. Hozir o‘zlariga 
yaxshi qaramasalar, keyin qiyin bo‘ladi. 
– Men ham xuddi shunday deyman nuqul, – dedi 
Abdulla va qizarib ketdi. U sira shunday dema­
gan edi. Aksincha, otasi uyda yo‘q bo‘lsa, negadir 
sevinardi. «Nega shunday demaganman?» achinib 


Olmas Umarbekov
114
,
xayolidan o‘tkazdi Abdulla. «Shunday odam gapir­
ganida, men ham aytishim mumkin edi...» 
– Bizda o‘zi ko‘pincha shunday, – dedi Tur­
sunali aka o‘ylanib. – Yaxshi odamlar tez kasal­
ga chalinadi. Yomon odamlar, aksincha – ularga 
balo ham urmaydi. 
– Ha, – dedi Abdulla, lekin Tursunali akaning 
bu gapi bilan nima demoqchi ekaniga tushunmadi. 
– Papa! Vsyo gotovo! – dedi Sayyora kulib. 
Abdulla uning xipcha beliga bog‘langan no‘xat 
gulli fartug‘iga havas bilan qarab qo‘ydi. Buni 
Sayyora ham sezdi shekilli, unga jilmayib tikil­
di­da, fartug‘ining etagi bilan un yuqqan qo‘lla­
rini artdi. 
– Nu, idyomte! 
– Qani, yuring, – dedi Tursunali aka o‘rnidan 
turib. – Bizning qizni choyidan ichaylik. Ja yax­
shi damlaydi­da! A, qizim? 
– Nu, pryam uj! – dedi Sayyora erkalanib va 
hammadan oldin hovliga yo‘l oldi. 
Ular shiyponga chiqib o‘tirishdi. O‘rtadagi 
kichkina dumaloq stol usti noz­ne’matga to‘lib 
ketgan edi. Katta guldor vazada shaftoli, uzum, 
oltindek anjir, alohida taqsimchada Samar­
qand danagi... Sariyog‘, qazi shunday ustalik 
bilan parrak qilib to‘g‘ralgan ediki, biron joyida 
pichoq tirnab ketgan g‘adiri ko‘rinmasdi. Abdul­
la no nushtaga qo‘yilgan bu noz­u ne’matlar ning 
ko‘pligi, xilma­xilligidan ham ko‘ra, ularning 
nozik did va tartib bilan qo‘yilganligiga hayron 
bo‘lib qolgan edi. Sayyora katta xitoyi choynakda 
choy olib kelib Abdullaning qarshisiga o‘tirdi­da, 
non ushatdi. 


Odam bolish qiyin
115
,
– Ana, aytmadimmi? – dedi Tursunali aka jil­
mayib. 
Abdulla Sayyora uzatgan piyolaga qarab 
boshini qimirlatdi. Pamil choy qip­qizil rang olib, 
ajoyib hid taratib turardi. 
– Xvastun! – dedi Sayyora ko‘z qirini Abdulla­
ga tashlab. 
– Rosti­da, nima dedingiz, Abdulla? 
– Yaxshi choy bo‘libdi. – Abdulla yer ostidan 
qizga qarab qo‘ydi. 
– Papa! – dedi sekin Abdullaga qarab Sayyora. 
– On da? 
Tursunali aka ko‘zini qisib qo‘ydi­da, kulib 
so‘radi: 
– Yoqdimi? 
Sayyora qip­qizarib ketdi. Keyin choy qoshiq 
bilan dadasining peshanasiga urdi. 
– Ya prosto sprashivayu. 
Tursunali aka kulgidan o‘zini tiyolmay gapirdi: 
– Nega qizarib ketding bo‘lmasa? 
– Prosto, jarko! I vsyo! 
– Bilaman nega jarko. 
– Papa! 
– Bo‘pti­bo‘pti. 
Hech narsaga tushunmagan Abdulla piyolasi­
ga termilib o‘tirar ekan: «Nahotki birga o‘qisak, 
yaxshi qiz ekan», deb o‘ylardi. 
– Dadangiz aytdilarmi? Men siz haqingizda 
gaplashgan edim, – dedi bir mahal jiddiy tarz­
da Tursunali aka unga murojaat qilib. Abdulla 
boshini ko‘tardi. – Men ishlayotgan institut yaqin­
da tashkil bo‘ldi, – gapida davom etdi Tursunali 
aka. – Bu qiziqarli, juda kerakli institut. Eshitgan 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling