Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116
Odam bolish qiyin
101
,
– Qaydam, – dedi G‘afurjon aka, lekin ichida 
mehmonning taklifi unga ma’qul tushdi. 
– Shunday deyatganimki, – gapida davom etdi 
mehmon, – institut yangi. Uni bitirgan odam juda 
qimmatli kasb egasi bo‘ladi. Bu yog‘i menga ham yax­
shi. Qiz bilan ikkalovi bir­biriga dalda bo‘lib o‘qirdi. 
– Rahmat, – dedi G‘afurjon aka minnatdor 
ohangda. – Men rozi, oyisi bilan keyin, Abdulla 
kelganda o‘zi bilan gaplashib ko‘ray. 
– Shunday qiling. Imtihon topshirmaydi. 
Hujjatlarini men olib ketaman. Gaplashib ko‘ring. 
Men bilan ham uchrashsin. 
Mehmon shunday deb, bloknotidan bir varaq 
yirtib, manzilini yozdi. U ketgach, G‘afurjon aka 
qog‘ozni ko‘rdi­yu, uning kimligini esladi. 
– Shahodat, ho Shahodat! – qichqirdi u sevinchi­
ni yashirolmay. – Bilasanmi haligi odam kim? 
– Kim ekan? – dedi ayvonda ish tikib o‘tirgan 
Shahodat opa. 
– Arteldaligimda ekspeditor yigit bor edi­ku, 
Tursunali Qurbonov degan, esingdami? O‘sha. 
Shahodat opa eslolmadi. Lekin G‘afurjon 
akaning ko‘z oldidan bu odamning o‘qiyman deb 
O‘ratepadan qochib kelgani, turmushda qiynalib, 
bozorda hammolchilik qilgani va unga duch kel­
gani birma­bir o‘tdi. G‘afurjon aka uni o‘shanda 
ishga joyladi, o‘qishini bitirganda yaxshi bir ziyo­
fat qilib berdi. Keyin Tursunali qayoqqadir ishga 
ketdi. O‘shandan beri ko‘rishmas edi. 
Mana, tog‘ tog‘ bilan uchrashmas ekan, odam 
odam bilan uchrashar ekan. Qancha yil o‘tib ketdi, 
bechora uni unutmabdi, atayin ko‘rgani kelibdi. 
Bu ham mayli, endi yaxshiliklarini qaytarmoqchi. 


Olmas Umarbekov
102
,
Dunyoda yaxshi odamlar ko‘p, o‘ylardi chehrasi 
yorishib G‘afurjon aka, nega yubormasin Abdul­
lani? Borgani yaxshi, qiynalmaydi, qiynalib qolsa 
uncha­muncha pul­mul yuborib turishga qurbi 
yetadi. Innaykeyin, shunday katta odam, profes­
sor, yolg‘izlatib qo‘ymayman, deyapti. 
G‘afurjon aka shularning hammasini xoti­
niga tushuntirdi. Shahodat xola ko‘nglida qarshi 
bo‘lsa ham, erining ra’yini qaytara olmadi. 
– Mayli, ixtiyoringiz, – dedi u. – O‘zi nima der­
kin? O‘zi bilan gaplashing. 
Uning shunday deyishida jon bor edi. Abdulla 
es­hushli bola, o‘ylardi u, dadasini shu ahvolda 
tashlab ketmas. Qachon tuzaladi, tuzala oladimi 
hali, noma’lum. Buni Abdulla ham biladi. Shu­
ning mulohazasiga boradi. Innaykeyin, hamma 
yoqda o‘qish bor, yaxshi o‘qisa shu yerda ham 
katta odam bo‘lib ketishi mumkin. Lekin G‘afur­
jon aka tinchimadi. 
– O‘zi nima derdi? – dedi u. – Boraman, deydi. 
Unday joyda o‘qish har kimga ham nasib bo‘la­
vermaydi. Mabodo ikkilanadigan bo‘lsa, sen ham 
jim turma, gapir. 
Shahodat opa indamadi. 
– Nega indamaysan? Yo o‘zing qarshimisan? – 
surishtira boshladi G‘afurjon aka. – Menga qara, 
besh yil hech gap emas. Hash­pash deguncha 
o‘tib ketadi. O‘zing ham sezmay qolasan. O‘g‘ling 
yo‘q hunarni egallab kelsa yomonmi? 
– Men javobimni aytdim, – dedi Shahodat 
opa xo‘rsinib. – Ixtiyor o‘zingizda. Nimani lozim 
topsangiz, shuni qiling. Lekin, avvalo, o‘zi hal 
qilsin. Boraman, deb turib olsa, siz ham, men 


Odam bolish qiyin
103
,
ham hech narsa deyolmaymiz. O‘g‘lingiz kichki­
na emas endi. 
– Men ham shuni aytyapman­da, xotin, – dedi 
G‘afurjon aka. – Endi kichkina emas. Lekin farzan­
dga maslahat berish – ota­onaning vazifasi. Men 
gapirganimda indamay turmagin. Kelishdikmi? 
Shahodat opa «ha» degandek boshini qimirlat­
di. Abdulla bu yangilikni juda xotirjam eshitdi. 
G‘afurjon aka buni sira kutmagan, tezroq u bi­
lan gaplashishga shoshilgan edi. Shuning uchun 
o‘g‘li kelishi bilan qishloq yangiliklarini apil­tapil 
eshitib, xushxabarni aytgan edi. 
– Ha, yoqmadimi? – so‘radi hayron bo‘lib u xo­
mush o‘tirgan o‘g‘lidan. 
– Yo‘q, nega? Yaxshi... – dedi Abdulla. 
Lekin ko‘nglida o‘zga yurtga borishni ista­
madi. Qanday ketadi, bir yildan keyin Gulcheh­
ra kelsa... Uni o‘zi zo‘rg‘a shunga ko‘ndirdi­ku! 
Qani endi u bilan birga Gulchehra ham ketsa, 
juda ajoyib bo‘lardi. Lekin bunday bo‘lmaydi. 
Demak, uning borishi kerak emas. Albatta insti­
tut yaxshi. Shuning ustiga Leningradda o‘qish 
– ko‘pchilik yetisholmaydigan orzu. Lekin u bor­
maydi, Gulchehrasiz borolmaydi. Shahodat opa 
mehr bilan o‘g‘liga tikilib, ha deganday boshini 
egib qo‘ydi. U xursand edi. O‘g‘lining ikkilanib 
turganini u o‘zicha tushungan edi. 
– Tursun amaking, o‘zim yordam berib turaman
doim holidan xabar olib turaman, deyapti. O‘zimiz 
senga bor desag­u, bormaysanmi?! Manavi Tur­
sun amakingning manzili. Men bilan uchrashsin 
Abdulla, dedi. Ana, o‘zi bilan ham gaplash. 
– O‘ylab ko‘ray, – dedi Abdulla, lekin dadasi­
ning qo‘lidan qog‘ozni oldi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling