Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
125 , hech narsani bilmayman», – alam bilan xayolidan o‘tkazdi u va: – «Gulsara»chi? – dedi biron narsa deyish uchun, – menimcha, «Gulsara» yaxshi opera. – Bitta shuda. Bizda boshqa opera yo‘q. Abdulla jilmaydi. Sayyoraning gapiga emas, fikri to‘g‘ri chiqqaniga va qizning unga qo‘shilga- niga mamnun bo‘lib jilmaydi. Buni Sayyora o‘zi cha tushunib, gapida davom etdi: – Rostda. «Gulsara»dan keyin hech narsa paydo bo‘lmadi. Yangi ovoz ham kelmadi. Ba’zan odam uyalib ketadi... keyin... «Qiziq, nimalarni o‘qir ekan?» – o‘ylardi shu topda Abdulla undan ko‘z uzmay. «Agar adabi yotdan gap ochilib qolsa, unda nima bo‘ladi? Axir men juda kam narsa o‘qiganmanku!» – Sayyora, kutubxonangiz bormi? – so‘radi u to‘satdan uning gapini bo‘lib. – Bor. Nima edi? – Ko‘rsam bo‘ladimi? – Mayli. Sayyora uni qo‘shni xonaga olib kirdi. De vorlarning hammasi kitob javonlari edi. Abdulla angrayib qoldi. – Katta ekan... – Ko‘pi ilmiy kitoblar. Badiiy asarlar kam. Faqat yaxshi ko‘radiganlarim. Abdulla bu gapni eshitib, badiiy kitoblar javoni yoniga bordi. «Ko‘p o‘qir ekan, – xayolidan o‘tdi uning. – O‘qisang, shunday o‘qisangda!». U chiroyli qilib terilgan kitoblarni birmabir ko‘zdan kechira boshladi: Tolstoy, Dostoyevskiy, Push Olmas Umarbekov 126 , kin, Zolya, Merime... Yana qanchadanqancha u eshitmagan, bilmagan nomlar. – Shularning hammasini o‘qiganmisiz? – so‘ra di u jo‘rttaga o‘zini beparvoroq tutib. – Ha, hozir Xemingueyni o‘qiyapman. O‘qigan misiz? – Ozmoz, – dedi Abdulla va gapini burdi: – Ba’zi kitoblarni olib tursam, maylimi? – Mayli, lekin... Shu payt qo‘ng‘iroq chalindi. – Kelishdi, – dedi Sayyora va yugurib tashqa riga chiqib ketdi. «Yo‘q, men ham shularni o‘qishim kerak. Nega u o‘qiydiyu, men o‘qimayman? – o‘yladi Abdulla. – U nima bilsa, men ham shuni bilishim kerak. Hatto undan ko‘p bilishim kerak». – Papa! – eshitildi uning qulog‘iga Sayyoraning ovozi. – On zdes! – Kim? – Abdulla. On poyedet. – Juda yaxshi, – dedi Tursunali aka. – Choy qo‘ydingmi? – dedi ayol kishi. «Oyisi bo‘lsa kerak?» – o‘yladi Abdulla. – Oy! Zabila! – Esing qursin. Senga tansa bo‘lsa. Darrov qo‘yib yubor! Abdulla dahlizga chiqdi. – Assalomu alaykum. – O, salom, Abdulla, salom. Keldingizmi? – Tursunali aka Abdulla bilan ko‘rishib, xotiniga o‘girildi. – Shu yigitda, G‘afurjon akamning o‘g‘li, Sanobar. Odam bolish qiyin 127 , – Yaxshimisiz, ukam? Boradigan bo‘ldingizmi ishqilib? – Ha, uydagilar ham shunday deyishdi. – Juda yaxshi bo‘libdida. Sayyora tushmagur sizni och olib o‘tiribdida! – Qornim to‘q. – Abdulla jilmaydi. – Endi ket moqchi bo‘lib turuvdim. – Qayoqqa ketasiz? – dedi Tursunali aka. – Endi biz bilan birpas o‘tirasiz. Yo xavotir olishadimi? – Yo‘q, – dedi Abdulla, – aytib kelganman. – Bo‘lmasam, bo‘pti. Qani, ichkariga kiring. O‘sha kuni Abdulla allamahalda qaytdi. Ular ancha vaqt gaplashib o‘tirishdi. Abdulla kecha gidek tortinmadi. Tursunali akalar uyidagi ochiq lik, samimiylik, hazilmutoyiba gaplar, birbiriga bo‘lgan sodda munosabat uni o‘ziga tortib olgan va u o‘zini mehmon emas, shu oilaning yaqin bir kishisidek his qila boshlagan edi. Gap orasida Tursunali aka uning shahodatnomasini oldi, in stitutga ariza yozdirdi. Abdulla bir oydan keyin – yigirmanchi avgustlarda jo‘naydi. U esa vaqtli ketadi, o‘n kundan so‘ng Tursunali aka institutda bo‘lishi kerak. Sayyora ham ketadi u bilan birga. – Tag‘in aynab qolmaysizmi? – so‘radi ko‘cha ga chiqishganda Sayyora. – Yo‘g‘e, – dedi kulib Abdulla. – Aynab endi qayoqqa borardim. Attestatim dadangizda!.. Sayyora ham kuldi va qo‘lini uzatayotib, dedi: – Ertaga kelasizmi? – Kelaymi? – Kelsangiz, kinoga borardik. Yangi film ketyapti. – Nima ekan? – «Lyubimiye napitki». Djinni Lolobridjida o‘ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling