Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
134 , – Voydod! Ayajon!!! – qichqirdi kimdir. – Meni tashlab ketmang, ayajon!!! Bu Gulchehra edi. Abdulla uning ovozini eshitishi bilan titrab ketdi va yopirilib kelayotgan odamlar orasidan mo‘ralab, Gulchehrani qidira boshladi. Ammo uni ko‘rolmadi. Odamlar to‘lqini uni surib ketdi. O‘zini o‘nglab olib, xuddi yelkandek serto‘lqin daryoda suzib ketayotgan tobut ketidan yugurdi. Qabriston Mingbuloqdan ancha narida edi. Unga yetib borguncha odamlarning hammasi terlab suv bo‘lib ketdi. Tobut yerga qo‘yilganda yengil shabada turdi. Quyoshning tafti bosilgan dek bo‘ldi. Abdulla dimog‘iga urilayotgan chuch mal o‘to‘lan hidini simirib, atrofga qaradi. Qab riston hali hosili terilmagan bog‘ni eslatardi. «Qiziq, – o‘yladi u mevalarini ko‘tarolmay, shoxlari egilib turgan olmalarga qarab. – Hech odam o‘lganga o‘xshamaydi...» Chindan ham agar qiyiq bog‘lagan yigitlar, sallachoponli sokin chol lar bo‘lmasa, bu bog‘dan farq qilmaydigan qabris tonga o‘lik kelganiga ishonib bo‘lmasdi. Tobutdan jasadni ola boshlashganda esa, qabristonni yig‘i tutib ketdi. Yana Gulchehraning ovozi eshitildi: – Ayajon! Ayajonginam! Bizni tashlab ket mang, ayajon! Abdulla chiday olmadi. Yuzini o‘girdida, chet roqqa borib cho‘kkaladi. Uyga qaytishganda u qan cha harakat qilmasin, Gulchehrani xoli uchrata olmadi. Birikki marta ko‘rdi. Bechora qiz yig‘lay verib qovoqlari shishib, ko‘zlari qizarib ketibdi. Eg nida qora shohi atlas, boshida qora durra... Kechga yaqin Abdulla ko‘chada o‘tirgan has sakashlarga choy olib kelmoqchi bo‘lib tashqari hovliga kirganda, unga to‘qnash kelib qoldi. Odam bolish qiyin 135 , – Gulchehra?.. – dedi u sekin. Gulchehra boshini ko‘tardi. Bir muddat uning alamli ko‘zlarida sevinch barq urgandek bo‘ldi, lekin darrov so‘ndi. «Ko‘ryapsizmi?» degandek boshini og‘ir tebratib o‘tib ketdi. Abdulla shu paytgacha bunchalik ezilib, o‘zini oldirgan, bu tun qiyofasini cheksiz alam va dard qoplab olgan odamni ko‘rmagan edi. Choy eltish ham xayoli dan ko‘tarilib, ko‘cha tomon bittabitta yurib ketdi. Gulchehra bilan birinchi uchrashgan joyi – jo‘xorizorga bordi. Ammo jo‘xori endi yo‘q edi. Ildizlari qovjiragan poyalar qoziqdek qaqqayib tu rardi. Birpas shularga termilib orqasiga qaytdi. Qorong‘i tushdi, olisdan podachi bolaning «qureyqurey»si eshitildi. Allaqayerda it birikki vovilladida, jim bo‘ldi. Qishloqda yana tungi osu da hayot boshlandi. Lekin o‘sha kuni bu hayot, il garilari quvontirgan, shirin xayollarga cho‘mdirgan sehrli qishloq tuni Abdullani cho‘chitdi. Uning ko‘z oldida qovoqlari shishgan, so‘lg‘in Gulchehra, qizil paranji yopilgan tobut qal qib turardi. «Endi nima bo‘ladi? Gulchehra endi nima qiladi?» – o‘ylardi u nuqul, lekin o‘ylariga javob topolmasdi. U chin ko‘ngildan Gulchehraning Toshkentga borishini istardi. Bu yerda nima qiladi? Endi unga bu yerda nima bor? Ketgani yaxshi. U ham birga ketsachi? Qanday yaxshi bo‘lardi agar shunday bo‘lsa! Birga o‘qishardi, yana birga bo‘lishardi. Boshqa institut ga kirishi ham mumkin yadro-fizikani istamasa. Buning mutlaqo ahamiyati yo‘q. Bir shaharda bo‘li shadi, shuning o‘zi kifoya. Lekin keta olarmikin? Abdulla shu xayollar bilan qishloq chekka larini ancha aylandi. To‘g‘on boshiga yetganda orqasiga o‘girilib, qishloqqa qaradi. Faqat bitta Olmas Umarbekov 136 , joyda uchto‘rtta chiroq miltillab ko‘rindi. Boshqa hamma uylar qorong‘i, hamma uyquga ketgan. «Gulchehra hali uyg‘oq, – o‘yladi achinib Abdul la. – Mizg‘ib olsa bo‘lardi. Nima qilayotgan ekan hozir? Qayerda o‘tirgan ekan?» Abdulla xo‘rsinib, sement zinaga o‘tirdi. Shu topda Gulchehrani juda ham ko‘rgisi kelib ket di. Agar ko‘rganda bisotidagi bor yaxshi gaplar ni aytib yupatardi. Xafa bo‘lmang, derdi. O‘lim hammaning boshida bor. Albatta, ayangiz yosh ketdilar. Ular hali ko‘p yashashlari mumkin edi. To‘yingizga... to‘yimizga bosh bo‘lib turishlari mumkin edi. Lekin nachora? O‘lim o‘limligini qiladi. Yig‘lamang, yig‘i endi foydasiz. O‘zingizni battar qiynab nima qilasiz?.. Qishloq tomondan kimningdir sharpasi ko‘rin di. Abdulla yuragi gupillab o‘rnidan turdi. Nahot ki Gulchehra bo‘lsa? – Gulchehra!.. – chaqirdi u sharpa yaqinlash ganda. – Gulchehra, sizmisiz? – Men, – dedi xira ovoz. – Men... Abdulla yugurib uning oldiga bordi. – Gulchehra... U gapini yo‘qotib qo‘ydi. Nima deyishini, nima qilishini bilmay, Gulchehraning yelkalaridan ushladi. Gulchehra boshini uning ko‘kragiga qo‘yib, o‘zini tutolmay, yig‘lab yubordi. Uning bu tun vujudi titrardi. – Qo‘ying, Gulchehra, qo‘ying... Ammo Gulchehra uni eshitmasdi, ho‘ngrab yig‘lardi. Anchadan so‘ng u boshini ko‘tardi. – Yig‘lamang, qo‘ying, – dedi Abdulla va qo‘llari bilan yuzlaridagi, ko‘zlaridagi yoshini sidira bosh ladi. – Yig‘lamang... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling