Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
140 , emasmi? Biz teztez xat yozishib turamiz. Ta’til paytlari ham albatta Mingbuloqqa boraman. Har yili boraman. Ana ko‘rdingizmi? Toshkentda qol ganimda ham shunday bo‘lar edi. Lekin sizga aytmasdan ketib qolganim uchun o‘zimni ayb dor hisoblayman. Shuning uchun o‘tinib so‘ray man, meni kechiring, Gulchehra. Sizni ishontirib aytaman: qayerda bo‘lmay, doim sizni o‘ylayman. Sizni ko‘rgim, siz bilan gaplashgim keladi. Siz chi? Siz ham shundaymi? Qani endi shunday bo‘lsa?! Men o‘zimni juda baxtiyor his qilardim. Gulchehra, azizim, shu bilan xatimni tugataman. Xatolari bo‘lsa kechiring. Hayajon ichida yozdim. Javobingizni sog‘inib kutuvchi Abdulla». Oradan ikki hafta o‘taro‘tmas, u javob oldi. Xat juda qisqa bo‘lsa ham, uni quvontirdi. «Salom, Abdulla, xatingizni olib juda xursand bo‘ldim. Ketishingizdan xafa emasman. Nega xafa bo‘lay? Albatta men ham borganimda yaxshi bo‘lardi. Lekin bilasizku, borolmayman. Uyning tashvi shi endi butunlay mening boshimda. Shunday bo‘lsa ham o‘qishga kirdim. Politexnika institu tining sirtqi bo‘limiga hujjatlarimni topshirdim. Ham o‘qib, ham ishlayman. Shunday qilganim ma’qul. Xo‘p, hozircha xayr. Alangali salom bilan Gulchehra». Birinchi kursni tugatib, qishloqqa borganida esa Gulchehra uni juda yaxshi qarshi oldi. Ammo hamon uning egnida qora kiyim, ko‘zlari so‘lg‘in edi. Shunda ham u husnini yo‘qotmagan, qay tanga avvalgidan ham go‘zallashib, ochilib ket gan edi. Ular yarim kechagacha o‘zlariga qadrdon bo‘lib qolgan joylarini aylanishdi. Abdulla o‘qish Odam bolish qiyin 141 , dan hikoya qildi. Gulchehra kutubxonada ish layotganini, Toshkentga tushib imtihonlarni juda yaxshi topshirib qaytganini aytdi. Uning Abdul laning kelishidan nihoyatda xursandligi bilinib turardi. O‘zi ham buni yashirmasdi. Olmazorning etagida o‘tirishganda: – Sizni ko‘p kutdim, – dedi sekin. – Kecha ham uydagilar uxlagandan keyin, shu yerlarni bir aylanib chiqdim. – Men ham sizni sog‘indim, – dedi Abdulla. – Uyda ko‘p turganim yo‘q. Bir kun turdim. Keyin, buvimni sog‘indim deb, yo‘lga chiqdim. Ikkalovi kulishdi. – Bir yil o‘tdi, – dedi Gulchehra. – Ayam bo‘lganlarida hozir Toshkentda yurarmidik... – Men ham ketmas edim. Abdulla shunday dediyu, o‘zining gapiga o‘zi ishonmadi va uyalib ketdi. – Rostdan ketmasmidingiz? – Ha. Ishonmaysizmi? Abdulla unga bir qaradida, darrov ko‘zlarini chetga oldi. – Yo‘q. Ishonaman. Siz juda yaxshisiz. Abdulla battar uyalib ketdi. Lekin darrov o‘zi ni tutib oldi. Nima yomon ish qilibdi u? Gulcheh raga aytmay, ketishga rozilik berganimi? Buning nimasi yomon? Baribir aytardi, ertamikechmi aytardi. Axir uning o‘zini ham olib ketmoqchi bo‘ldiku. Agar ayasi o‘lmaganda aytardi, balki birga o‘qisharmidi? Endi esa foydasi yo‘q. Shun day bo‘lsa ham so‘radi: – Mendan... ketib qolganimdan xafamasmisiz? – Nega xafa bo‘lay? – Gulchehra o‘ylanib qoldi, keyin dedi: – Odam, nima yaxshi bo‘lsa, shuni Olmas Umarbekov 142 , qilishi kerak. Toshkentga bormayman deganim da, siz mendan xafa bo‘lmadingizku! To‘g‘rimi? – To‘g‘ri. – Abdulla sevinib ketdi. – Sizdan hech xafa bo‘lmayman. – Men ham. Ular yana ko‘p marta uchrashishdi, Abdulla o‘qishdan qaytishi bilan bir kunyarim kun uyda bo‘lib, Qo‘qonga otlanardi. Shahodat opa uning buvisiga mehribonligidan quvonsa ham, ichida bunga uncha ishonmasdi. U Abdullaning birin chi marta o‘qishga ketayotganida yuz bergan vo qeani hech unutolmasdi. Uni kuzatgani vokzalga G‘afurjon aka ham bir amallab chiqdi. Shahodat opa, chiqmang, urinib qolasiz, desa ham bo‘lma di, lekin Abdulla hech narsa degani yo‘q. Vok zalda esa hammadan oldin vagonga chiqib oldi. Poyezd jo‘naganda esa derazadan mo‘ralab bir marta qo‘l silkidiyu, g‘oyib bo‘ldi. Shahodat opa bo‘shashib ketdi. U o‘zi Abdullaning ketishga qa ror qilganidan xafa edi. Lekin erining ra’yiga qa rab indamagan, mayli, yaxshi o‘qish bo‘lsa bora qolsin, degan edi. Shunday bo‘lsa ham, «bolam bemehr chiqqanga o‘xshaydi» deb, yuragi shig‘ etib ketgan edi. Vokzaldagi voqea bu fikrining to‘g‘riligini isbotladi. – O‘g‘ling katta bo‘lib qolibdi, – dedi G‘afurjon aka uyga qaytishar ekan. – Nima edi? – Quchoqlashmoqchi bo‘lsam, o‘zini olib qoch di. – Olis joyga yolg‘iz ketyaptiyu, kichkina bo‘ladimi! – dedi Shahodat opa, ammo ichida bir zil ketib qo‘ydi. Abdullaning uyga yozgan xatlari ham juda qisqa bo‘lib, ko‘proq o‘zi haqida edi. Otasi ning sog‘lig‘ini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling