Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
164 , yuz berishini istardi. Hamma shunday qiladi. Hayot o‘zi shunday. Ikki kishi muqaddas qasam bilan, muqaddas, bir umrga yoddan ko‘tarilmay digan qadah bilan qovushadi. Hamma shunday qiladi, hamma shunday bo‘lishini istaydi. Lekin u nima qilib qo‘ydi? Kimning yuziga oyoq qo‘ydi? Beor qiz? Nima qilib qo‘yding o‘zi? Endi qanday qilib boshingni ko‘tarib yurasan? Nima degan odam bo‘lding endi? Qani u sen orzu qilgan kun lar? Qani u sen orzu qilgan hayot? Senga gard yuqtirmay katta qilgan onangning xotirasini poy mol qilding! Sen uni xo‘rlading! Otangning nomi ga dog‘ tushirding. U shunday qayg‘uli xayollarga borar ekan, unga mehr va muhabbat bilan tikilib turgan Ab dullaga ko‘zi tushishi bilan ko‘ngli yorishardi. «Al batta gunoh ish qilib qo‘ydim, – o‘ylardi u. – Katta gunoh qilib qo‘ydim, – o‘ylardi u. – Lekin kim bi lan? Abdulla bilanku. Uni yaxshi ko‘ramanku, axir. Baribir bir kun shunday bo‘lar ediku! U endi butunlay men bilan! Men u bilan! Birbiri mizdan endi hech ajralmaymiz. Yaqinda institut ni bitirib keladi. To‘y bo‘ladi. Hozir nima bo‘lgani ni kim bilib o‘tiribdi? O‘zim ham shuni istadim. Yo‘q, demadim. Hech kim bilmaydi. Hech kimga aytmaymiz. Bu bizning muqaddas sirimiz bo‘ladi. U bizning faqat yuragimizda saqlanadi. Gulcheh ra! Qara, u qanday yaxshi yigit! Chiroyli, aqlli! U seni yaxshi ko‘radi. U sen bilan bo‘ladi. Uning ko‘zlariga qara! Shu ko‘zlar nahotki seni aldasa? Yo‘q, aldamaydi. U doim sen bilan bo‘ladi. Sen ham xuddi onang kabi baxtli bo‘lasan. Lekin se ning umring qisqa bo‘lmaydi. Sen uzoq yashay Odam bolish qiyin 165 , san, Abdulla qancha yashasa, sen ham shuncha yashaysan! U bilan birga, u bilan barobar yashay san. Shunday bo‘ladi. Hozir sodir bo‘lgan narsa seni cho‘chitmasin. Sen endi kichkina emassan. O‘z hayotingni o‘zing quradigan davr keldi. Sen endi mustaqilsan. Nima istasang shuni qilasan. Bugun sen uni istading. Nima bo‘libdi? Buning nimasi yomon? U sen bilan bo‘lsa, bo‘ldi. Bax ting, kelajaging shunda, birbiringga bo‘lgan mehrmuhabbatingda!» Gulchehra shunday deb o‘zini ovutishga in tilardi, lekin baribir ko‘ngli notinch edi, yuragi ning qayeridadir «Gunoh bo‘ldi, gunoh!» degan fikr mahkam o‘tirishib qolgan edi. Sochlarini to‘g‘rilab joyiga qaytib kelganda, Abdulla o‘t to‘la chelakka tikilib o‘tirardi... Uni ko‘rishi bilan qan daydir bo‘g‘iq ovozda: – Ketamizmi? – dedi sekin. Gulchehra unga qarayolmay, boshini liqillat di. Abdulla o‘rnidan turib chelakni qo‘liga oldi. – Men o‘zim, – dedi Gulchehra chelakni undan olib. Abdulla indamadi. Tolzordan chiqishguncha ikkalovi jim borishdi. – Siz keyin... – dedi so‘qmoqqa o‘tayotib Gulchehra. Abdulla e’tiroz bildirmay, joyida qoldi. Gulcheh raning butun qiyofasi xafa bo‘lgan va qattiq qay g‘uga tushgan odamni eslatardi. «Chiqarmikin kechqurun?» Abdullaning yuragini g‘ulg‘ula bos di, hatto qo‘rqib ketdi. Gulchehra o‘sha kuni ham chiqdi, ertasiga ham, indiniga ham. Olmas Umarbekov 166 , Ular endi uchrashishganlarida, kelajak haqida gaplashishmasdi. Kelajak ular uchun endi kaftda turgan olmadek aniq edi. Bir yil kapalak umridek o‘tib ketadi. Abdulla o‘qishni bitirib qaytadi. Ana o‘shanda hamma narsa joyiga tushadi. Ularning birga bo‘lishlariga hech kim, hech narsa to‘sqin bo‘lolmaydi. Abdulla jo‘nayotganda ham deyarli hech nar sa haqida gaplashmadi. Gulchehra unga xuddi so‘nggi marta ko‘rishishayotgandek mehr bilan uzoq tikilib turdida, oyoq uchlariga ko‘tarilib, sekin labidan o‘pdi. Faqat uyda Hojar buvi ne varasidan ranjigan bo‘lib koyindi. – Bolam, Mingbuloqqa nega kelasan, bilmay qoldim. Bizlarni ko‘rganimi, yo boshqa biron ishing bormi?.. Abdulla miyig‘ida kulib qo‘ydi. XV Yadro-fizika institutining yotoqxonasi shahar chetida bo‘lib, beshinchi qavatdan Neva qora baxmaldek jilvalanib ko‘rinardi. Sayyora otasi Toshkentga ko‘chib ketganidan keyin shu yotoq xonada yashay boshladi. Avvalgi uch yil to‘rt kishilik xonada turdi. To‘rtinchi kursga o‘tganda esa, barcha yuqori kursdagilar qatori, unga beshin chi qavatdan alohida xona ajratib berishdi. Bu yerdan shaharning deyarli yarmi yaqqol ko‘rinib turardi. Sayyora ko‘pincha o‘qishdan qaytgach, derazani lang ochib qo‘yib, daryoning narigi qirg‘og‘ida oltin qubbasi yaltirab turgan Petropav |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling