Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116
Odam bolish qiyin
167
,
lovsk qal’asini, portga kirib­chiqib turgan bahay­
bat kemalarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi.
Bugun ham o‘qishdan qaytib, apil­tapil yechin­
di. Xona issiq bo‘lganidan xalatini kiymay, shun­
day ichki ko‘ylakda, deraza yoniga keldi. Lekin 
ochmadi. Pardani surib, tokchaga suyanga nicha 
tashqariga tikildi. Tashqari esa tuman ichi ga g‘arq 
bo‘lgan, deyarli hech narsa ko‘rinmas, ba’zi­ba’zi­
da yo portga kirib kelayotgan, yo chiqib ketayot­
gan kemalarning bo‘g‘iq ovozlari eshitilib qolardi. 
Sayyora tuman tarqalguncha hech narsa ko‘rin­
masligiga ishonch hosil qilib, pardani tushirdi. 
Divan yonida turgan kichkina taxta yashikdan 
alohida­alohida qilib yumshoq qog‘ozga o‘ralgan 
sap­sariq olmadan bittasini olib, qars etib tishla­
di­da, divanga yonboshladi. Shunda stol ustida 
yarmi ichilmagan qatiq shishasi tagidagi xatga 
ko‘zi tushdi. Bu xat uydan bo‘lib, dadasi yozgan, 
kecha kechqurun u kinodan qayt ganida o‘qigan 
edi. Shunday bo‘lsa ham xatni yana qo‘liga oldi. 
Tursunali aka bu xatda ham odatdagidek, 
uyning tinchligi, onasining uni sog‘ingani haqida 
yozib, bir qancha o‘zining va onasining maslahat­
larini bayon qilgan edi. Sayyora xatga ko‘z yugur­
tirar ekan, dadasining «sen juda serxarajat chiqib 
qolding, yaqinda pul yuborgan edim, yana so‘rab­
san», degan joyiga kelganda kulib qo‘ydi. Chun­
ki xuddi shu xat bilan ketma­ket onasidan yuz 
so‘m ham olgan edi. Buni, albatta, Tursunali aka 
bilmasdi. Agar onasining unga bekitiqcha yubor­
gan pullarini bilib qolsa bormi, tepa sochi tikka 
bo‘lishi turgan gap edi. Biroq Tursunali akaning 
o‘zi ham qiziga pulni ayamasdi, ko‘p yuborardi. 


Olmas Umarbekov
168
,
Balki shuning uchun Sayyora kursdosh qizlar 
ichida eng yaxshi va eng chiroyli kiyinadigan qiz 
edi. Lekin shu bilan birga ba’zi qizlarga o‘xshab 
molparast emas edi. U narsa qidirmasdi, biron 
narsa kerak bo‘lsa darrov yaqin o‘rtadagi maga­
zindan topib kelardi. Lekin shu qiyinchiliksiz 
topib kelgan narsasi o‘ziga yarashar va hamma­
ning havasini keltirardi. Diplom ishining rahbari, 
munkillab qolgan professor uni erkalab, «Mening 
qo‘g‘irchog‘im, agar o‘g‘lim bo‘lganida majbur qilib 
bo‘lsa ham o‘zim kelin qilardim, – derdi tamsha­
nib. – Sharq go‘zallari haqida ko‘p o‘qiganman, 
eshitganman, lekin ularning bunchalik husn 
egasi bo‘lishini birinchi ko‘rishim». 
Sayyora bunday gaplarni ko‘p eshitgani 
uchun, kulib qo‘ya qolardi. Buning ustiga u o‘zi­
ni chiroyli hisoblamasdi, deyarli pardoz ham qil­
masdi. Yigitlarning uni ko‘rganda angrayib qo­
lishlari, sho‘xlarining esa gap otishlariga oddiy 
bir hol, hamma qizlarga ham shunday qilishadi, 
deb qarardi, lekin uning ketiga tushganlarni yo­
mon xafa qilardi. Kursidagi bir yigitning haddan 
ziyod shilqimligi uchun bir shapaloq tushirganini 
hamma bilardi. Qizig‘i shundaki, u shu yigit bilan 
keyin juda apoq­chapoq bo‘lib ketdi. Umuman, u 
odamlar bilan bo‘lishni, ular qizmi, yigitmi, bari­
bir, bo‘sh vaqtini zavq bilan quvnoq o‘tkazishni 
yaxshi ko‘rardi. Buni bilib qolgan yigitlar uni 
doim o‘zlari bilan olib yurishar, uni o‘z singilla­
ridek ko‘rishardi. Qizlar bilan ham uning aloqasi 
yaxshi edi. Uning kiyimlari deyarli hammaning 
kiyimlari edi. Ba’zan nimasi bor­yo‘qligini bilol­
may qolardi, hatto o‘zining kiyishiga ham hech 
narsa qolmagan paytlari bo‘lardi.


Odam bolish qiyin
169
,
Shuning uchun xatning «onang, endi kichki­
na emas, sal o‘zini bosib yursin deyapti», deyilgan 
joyiga ko‘zi tushganda, ensasi qotib, yeb turgan 
olmasini otib yubordi. Oyoq yalang deraza yoniga 
kelib pardani tortdi. Tuman orasidan qal’a qubba­
si bilinar­bilinmas mo‘ralay boshlagandi. «A­ha! – 
dedi Sayyora. – Kechqurun demak yaxshi bo‘ladi». 
U bugun Po‘lat, Abdullalar bilan «Raketa»da 
Pyotr saroyiga borishmoqchi bo‘lganini esladi. 
Esladi­yu, dadasining xatning orqasiga tirkagan 
jumlasi xayolidan o‘tdi. Boshqatdan uni o‘qib 
chiqdi. «Abdulla yaxshi yuribdimi? U bilan aloqa­
laring qalay? Mendan salom aytib qo‘y, yaqinda 
maqolasi chiqqan jurnalni yuboraman...» 
U Abdullaning maqolasidan xabardor edi. Uning 
ancha dadil va yaxshiligini ham bilardi. Birga 
o‘qishgan, muhokama qilishgan. Biroq nega otasi 
ularning aloqalari bilan qiziqib qoldi? Aloqalari har 
doimdagidek yaxshi. Aksari vaqt ular birga. Qiziq. 
Sayyora shunday o‘ylab radioni qo‘ydi. Yengil 
kuy yangray boshladi. Bir­ikki «pa»dan so‘ng, 
Sayyora yolg‘iz o‘zi raqs tushishni istamadi, kara­
votga sakrab chiqdi­da, oyoqlarini quchoqlab hali 
tanishib chiqmagan «Matematik programmalar» 
jurnalining so‘nggi sonini varaqlay boshladi. Hech 
narsa tushunmadi. Xayolidan dadasining savoli 
va Abdulla ko‘tarilmasdi. Birdan unga nimadir oy­
dinlashgandek bo‘ldi. «Nahotki... – o‘yladi u, – na­
hotki ular shuni istasalar? Bo‘lishi mumkin. Dad­
am uni yaxshi ko‘radilar. Oyimning ham og‘zidan 
tushmaydi, unga ham yoqadi. Menga­chi?» 
Bu savolga u javob berolmadi. Lekin yangitdan 
Abdulla haqida o‘ylay boshladi. Ha, Abdulla yax­



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling