Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   116
Olmas Umarbekov
158
,
monga qiyshayib yotgan binoni ko‘rsatib. «Idora». 
«Bu­chi?» – Nurmat aka qo‘lini bigiz qilib qamish 
tomli bir uyni ko‘rsatibdi. «Sizning uyingiz», – 
debdi Samad. «Hm», – Nurmat aka o‘ylanib qolib­
di. Keyin mo‘ylovi tortila boshlabdi. Jahli chiqsa 
shunaqa, mo‘ylovi xuddi sichqonning dumidek 
likillay boshlaydi. «Buni nima qilmoqchisanlar? 
– debdi bir mahal ko‘zlari olayib. – Vistavkaga 
yubormoqchimisanlar?». «Vistavkaga nima qila­
miz yuborib? – debdi sekin Samad. – Shu yer­
da turadi. Yo bo‘lmasa klubga qo‘yib qo‘yamiz. 
Qanday yashayotganimizni odamlar ko‘rishsin». 
«Shundoq degin? – rais o‘ylanib qolibdi, keyin 
so‘rabdi: – Kimning ishi bu?» Samad indamab­
di. Dadamlar janjal chiqishidan qo‘rqib: «Shunga 
ham xafa bo‘lasizmi, rais? – debdilar. – O‘yin qilib 
qizim ikkalovi yasashgan. Yo‘qotib tashlaymiz ho­
zir...» «Qizim, degin? – debdi Nurmat aka va Sa­
madga qarab. – Bor, o‘sha rassomingni chaqirib 
kel!» – deb buyuribdi. Uyda o‘tiruvdim, bir mahal 
hovliqib Samad kelib qoldi­ku! «Ha, – de sam. – E 
so‘rama, ish chatoq, rais xunob, seni chaqiryap­
ti», – dedi. Yo‘l­yo‘lakay nima deyishimni o‘ylab 
bordim. Bir tomondan uning jahli chiqqani yax­
shi. Demak, qishlog‘imizning yomonligini tushu­
nibdi. Shuning o‘zi ham katta gap. Lekin nima 
deyman? Har holda buni, dadam aytganlaridek, 
o‘yinchoq deyishga qarshi edim. Samad ham 
hech qanday maslahat bera olmadi. Oxiri to‘g‘ri­
sini aytishga kelishib, idoraga kirib bordik. Hali 
so‘rashmasimdan: «Bu sening ishingmi?» – deb 
so‘radi Nurmat aka mo‘ylovlarini titratib. «Meni­
ki», – dedim sekin. «Nima qilmoqchisan?» «Nima 


Odam bolish qiyin
159
,
qilmoqchiman?! – so‘radim men va lop etib mi­
yamga bir fikr kelib qoldi. – Kurs ishi qilib ins-
titutga topshiraman», – deb yubordim. «Nima?! 
– do‘q urdi Nurmat aka. – Hm, Toshkentga olib 
boraman, degin?» «Ha, – dedim, – olib boraman». 
Nurmat aka o‘rnidan turib ketdi. Kabinetni bir 
aylanib chiqib, oldimga keldi­da, yelkamga qo‘li­
ni qo‘ydi. «Qizim, nima, bizni sharmanda qilmoq­
chimisan?» «Nega sharmanda bo‘lasiz? – dedim 
o‘zimni soddalikka solib. – Qaytanga maket qish­
loqdan chiroyli­ku!» «Shuni yana ozgina chiroyli 
qilsang bo‘lmaydimi?» «Bo‘ladi, – dedim men, – 
lekin yolg‘on bo‘ladi­da. Odamlarni aldab nima 
qilamiz?» «Nega aldar ekansan? – dedi Nurmat 
aka. – Besh­olti yildan keyin qishlog‘imiz yax­
shi bo‘lib ketadi. Yangi, chiroyli binolar quramiz. 
Shuni o‘ylab boshqatdan yasa, jon qizim...» «Yan­
gi qishloqning maketini yasasam­chi? – so‘radim 
shunda men. – Yaxshi chiqsa, shunga qarab qu­
rilishni boshlaymiz». «Bo‘pti, – dedi Nurmat aka 
sevinib. – Yasa. Buningni bekit. Biz ko‘rdik. Biz­
dan boshqa hech kim ko‘rmasin. Naq sochimni 
bittalab yulishadi ko‘rishsa!» Uch­to‘rt kundan 
keyin majlis chaqirib, Mingbuloqni qayta qurish 
rejalari haqida gapirdi. Shunday ajoyib gapirdi­
ki, og‘zim ochilib qoldi. Keyin meni «qishlog‘imiz 
me’mori», dedi. 
– Zo‘r­ku! – dedi Abdulla xursand bo‘lib. 
– Zo‘r ham gapmi? Bunday bo‘ladi deb sira 
kutmagan edim. 
– Maket bitib qoldimi? 
– Qayoqda? – dedi Gulchehra qoshlarini chi­
mirib. – Endi boshladim. Hali ishi ko‘p. Bila­


Olmas Umarbekov
160
,
sizmi, butun qishloqning yangi loyihasini bitta 
o‘zim ishlolmayman. Men atigi to‘rtta narsani 
o‘yla yapman. Katta ko‘cha, klub, xo‘jalik idora­
si, mehmonxona. Uning oldi katta bog‘. Mana 
shularning maketini ishlamoqchiman. 
– Shu ham juda katta ish. 
– Bilaman. Lekin qilish kerak. Diplom ishim 
shu bo‘ladi, – Gulchehra o‘ylanib qoldi. 
Abdulla uning mana shunday ko‘zlarini bir 
nuqtaga tikib xayol surishini yaxshi ko‘rardi. 
Xayol surganda lablari tortilib, endi ochilay deb 
turgan g‘unchaga o‘xshab ketardi. Abdulla uning 
shu g‘uncha lablariga tikilib, xayolidan o‘tkazdi: 
«U bilan bo‘lganim qanday yaxshi!» Gulchehra ni­
madir esiga tushib, unga o‘girildi. 
– Aytganday, institutimizda «Yoshlik» meh­
monxonasi loyihasiga tanlov e’lon qilindi. Meh­
monxona Toshkentda quriladi. Tagi restoran, 
kafe... Men ham qatnashyapman. Bir hafta qattiq 
ishladim. Yaxshimi? 
– Juda ham. Tabriklayman. 
– Shunday bir bino bo‘lsaki, u xuddi qushga 
o‘xshasa! Olisdan qaraganda uchishga tayyorla­
nib, qanotlarini yozib turgandek bo‘lsa! Men 
shunday qildim. Bilmadim, ma’qul bo‘larmikin? 
Toshkentda shunday katta me’morlar borki... 
– Sizniki ma’qul bo‘lib qolsa­chi? 
– Qaydam... – Gulchehra yelkalarini qoqib 
qo‘ydi. 
– Agar shunday bo‘lsa, bilasizmi, men nima 
qilardim! 
– Nima? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling