Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
149 , – Hozir kerak emas, – dedi Samad. – Avval bitsin maket, keyin. – Obbo, qizimey, obbo qizimey, tuzuksanku! Yusuf aka sevinchini yashirmay, allamahalga cha yoshlarning oldida o‘tirdi. Gulchehra shu vo qeani kulakula Abdullaga aytib bergandi, uning ham maketni ko‘rgisi kelib ketdi. Lekin Gulcheh ra ko‘nmadi. – Hali tayyor emas, – dedi u. – Innaykeyin, in naykeyin, sizga ko‘rsatgani uyalaman. – Nega? – hayron bo‘ldi Abdulla. – Bu mening birinchi mustaqil ishim. Balki juda yomondir. Avval domlalarimga ko‘rsatay. – Samad ko‘rsa mayli, – dedi xafa bo‘lgan bo‘lib Abdulla. – Samad ko‘rmasa bo‘ladimi? Bu ikkala mizning rejamiz. Xafa bo‘ldingizmi? Gulchehra shunday deb, mehr bilan unga tikildi. Abdulla jo‘rttaga yuzini o‘girdi. – Menga siz yo‘qdan boshqa narsani demay siz... – Yolg‘onchi! – dedi kulib Gulchehra. – Men siz bilan hech kim bilan qilmagan ishlarni qilyap man. Eslasam, qo‘rqib ketaman. – Nima ish? – Bilmaysizmi? – Bilmayman, – o‘zini soddalikka soldi Abdulla. – Yarim kechada erkak kishi bilan qanday qiz yuradi, bilasizmi? – Yo‘q. – Yomon qiz. Ba’zan o‘zimdano‘zim uyalib ketaman. Dadam bilib qolsalar, nima bo‘ladi? Olmas Umarbekov 150 , – Bilmaydilar, – dedi Abdulla uni qo‘lidan tor tib. – O‘zingiz aytib qo‘ymasangiz agar... – Aytsamchi? – Gulchehra imtihon qilganday Abdullaga tikildi. – Ixtiyoringiz... – Aytmayman. Qanday aytaman? Siz aytasiz, xo‘pmi? Baribir bir kun aytish kerak bo‘ladiku! Aytasizmi? – Hm... – dedi Abdulla uni quchoqlab, – Gulchehra... – Nima? – Meni yaxshi ko‘rishingiz rostmi? – O‘zingiz nima deysiz? – Bilmayman. Bilganimda so‘ramas edim. – Rost, – dedi sirli ohangda Gulchehra. – Nega bo‘lmasa, yo‘q deysiz? – Hali ham yo‘q deyman... – Nega? – Hali yosh bolamizku! – Gulchehra shunday dedida, zulukdek buralib uning quchog‘idan chiqdi. – Yomonsiz!.. – Gulchehra... – Qarang, birov kelyapti! Gulchehra qo‘rqqan odamdek jo‘rttaga atrofga alanglab, Abdullani imladida, keyin turib ketdi. Abdulla birpas joyida qimir etmay turdi, aldan ganini bilgach, ketidan yugurdi. Har uchrashuvda deyarli shunday bo‘lar di. Biroq uni bu ranjitmas, ko‘nglini sovutmas, qay tanga Gulchehraga kuchliroq bog‘lab qo‘yar di. Bundan u xursand edi. Kichkina, ko‘rim siz, chang bir qishloqda uni yaxshi ko‘radigan, u bilan o‘zining eng muqaddas fikrlari, sirlarini Odam bolish qiyin 151 , o‘rtoqlashadigan, uning ko‘nglini oladigan sodda dil, aqlli bir qiz bor. Bu qizning ham orzulari uni ki kabi baland, go‘zal. Xuddi Abdulla kabi u ham orzulariga yetishish uchun astoydil intilmoqda. Bu kun yaqin, u baxtli bo‘ladi. Bu baxtga Abdulla ham sherik. Shunday o‘ylar ekan, Abdulla keyingi ta’tilning tezroq kelishini, Gulchehra bilan yana tezroq ko‘rishishni orzu qilardi. Ko‘rishganda esa yana ko‘ngli to‘lmayotganini his qilardi. Nihoyat, bir gal u istagan, hayajon va qo‘rquv bilan kutgan narsa yuz berdi. O‘shanda u to‘rtin chi kursni tamomlab, yozgi ta’tilga qaytgan edi. XIV Tungi poyezd bilan yo‘lga chiqqan Abdulla tushga yaqin Mingbuloqqa yetib keldi. Hovlining o‘rtasida tog‘oraga suv solib nevarasini cho‘milti rayotgan Hojar buvi uni ko‘rishi bilan katta bir sovunni shalop etib tog‘oraga tashladida, qarshi siga yo‘rg‘alab ketdi. – Voy, tasaddug‘ing ketay! Voy, qoqindig‘ing bo‘lay! Abdullajon bolam! Abdulla jilmayganicha egilib, ko‘rishgani yelkasini tutar ekan, Hojar buvi uni yuzko‘zlari dan o‘par, og‘zi tinmas edi. – Voy, o‘zim o‘rgilay! Voy, bo‘yingga qoqay! Odamni xavotirga qo‘yib bu gal muncha hayal lading? Esonmisan, omonmisan? Uydagilaring esonomonmi? Dadang tuzukmi? Voy, o‘zim aylanay! – O‘zingiz tinchmisiz? Tog‘am yaxshi yurib dilarmi? Kelinoyim qalaylar? Abdulla gapni cho‘zmaslik uchun o‘zi buvisini savolga tuta boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling