Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
155 , Tolzor uncha katta emas edi. U darrov soy bo‘yiga chiqib qoldi. Lekin Gulchehra ko‘rinmadi. Ketib qoldimikan? U yuragi to‘lqinlanib, u yoq bu yoqqa alangladi, keyin suv labiga tushdi. Sal na rida kallaklangan qari tolning orqasida kichkina ko‘mko‘k yalanglik ko‘rindi. Abdulla shu tomon ga yurdi. Tolga yetay deganda, u beixtiyor to‘xtab qoldi. Shunday soyning labida otquloq bargini peshanasiga yopishtirgan Gulchehra qalin sochiq ustida oyoqlarini chalmashtirib yotardi. Oqsariq yo‘lyo‘l ko‘ylagi tizzalarigacha ko‘tarilgan, ikki tomonida oppoq kaftlari osmonga qarab cho‘zilib yotgan qo‘llari yelkalarigacha ochiq edi. Dumaloq ko‘kraklari turtib turgan ko‘ylagi har nafas olgani da ko‘tarilib, belini tarang qilib tortar, tushganda esa ko‘kraklari o‘rtasida uzun chiziq hosil qilardi. Abdulla unga havas bilan tikilib turdida, shu yotishida uning qipqizil yuzlaridan o‘pib olgisi kelib ketdi... Sekinsekin, o‘tlarni shitirlatmas dan unga yaqinlashdi. Boshi ustiga kelganda ehtiyotkorlik bilan cho‘kkalab, sekin engasha boshladi. Endi lablari otquloqqa yetay deganda, Gulchehra, «voy!» dediyu, sapchib o‘rnidan turib ketdi. Abdulla kuldi. – Yurakdan ham bor ekanku! – Uf! Qo‘rqib ketdim, Abdulla, sizmisiz? – Xuddi o‘zi! – Qachon keldingiz? Shunaqa ham bo‘ladimi odam degan? – Yomon qo‘rqdingizmi? – Yuragim o‘ynab ketdi. Gulchehra ko‘kragiga «tuptup»lab, «uh» de dida, jilmaydi va Abdullaning ro‘parasiga o‘tirdi. Olmas Umarbekov 156 , – Qachon keldingiz? – Bir soatcha bo‘ldi. Keldimu, sizni qidirishga tushdim. – Bu joydaligimni qayerdan bildingiz? – Alisher aytdi. – Voy, bu yoqqa kelganingizni u biladimi? – Yo‘q. Ko‘rsang kelganimni aytgin, dedimu u ketgandan keyin bu yoqqa kelaverdim. Ha, bilsa nima qilibdi? Samad bilan yarim kechagacha bir ga qolib ketasizlarku! – Samad boshqa gap. Samad mening yordam chim. Uydagilar buni bilishadi. Nega bu gal ke chikdingiz? Doim o‘n beshinchi avgustda kelar edingiz? – Ish chiqib qoldi. – Qizlar bilanmi? – Gulchehra ko‘zlarini ayyo rona suzib Abdullaga qaradi. Abdulla kuldi. – Yo‘q, bir maqola ustida ishladim. Kurs ishim. «Fan va turmush»da bosishmoqchi edi. – Nahotki? – sevinib so‘radi Gulchehra. – Ha. Rahbarim aytgan ekan. Shuni qayta ish lab chiqdim. – Nima temada? – Yuqori chastotalar haqida. Hozir bu juda kerakli tema. – Ma’qul bo‘ldimi? – Ha, bosishadigan. Agar bosishsa, ancha shovshuv bo‘ladi. – Yaxshi shovshuvmi? – Shunday bo‘lishi kerak. Professor shu temani dissertatsiya ham qilsangiz bo‘ladi, deyapti. – O‘, juda yaxshiku. Odam bolish qiyin 157 , Abdulla uyalinqirab jilmaydi. – O‘zingizning ishlaringiz qalay? Gulchehra qo‘llarini yozib, xo‘rsindi. – Maket!.. – Hali hama? – Bu endi yangi maket. Yangi qishloq maketi. – Yaxshi bo‘lyaptimi? – Qaydam. Institutda loyihani ma’qullashdi. Bu yerda hali ko‘rsatganim yo‘q. Lekin eskisini ko‘rsatdim. Voybo‘o‘, shunaqangi to‘polon bo‘lib ketdiki!.. – Yo‘g‘e? – Ha. Samad maket tayyor bo‘lishi bilan ke chasi Nurmat akaning kabinetiga olib borib qo‘ydi. Har kuni ertalab aktiv yig‘iladida u yer ga. Ertalab Nurmat aka hammadan kech kelib, kabinetiga kirsa, odamlar piqpiq kulib turishgan emish. Nima gap desa, hech kim indamasmish. Keyin kimdir stol ustida turgan maketni ko‘rsa tibdi. Nurmat aka hayron bo‘lib tikilib qolibdi, – Gulchehra raisning qanday hayron bo‘lganini ko‘rsatmoqchi bo‘lib aftini burushtirdi. Abdulla o‘zini tutolmay, kulib yubordi. Gulchehra davom etdi. – Bu nima? – deb so‘rabdi. Yana hech kim indamabdi. Hamma uning odatini biladida. Agar o‘ziga ma’qul tushmaydigan javobni eshitib qol sa, yomon so‘kib beradi. «Bu nima? – so‘rabdi u yana. – Nima, hammang mum tishlaganmi sanlar, nega javob bermaysanlar?». Shunda Sa mad: «Maket», debdi. «Ko‘rib turibman maketli gini. Nimaning maketi?» «Mingbuloqning maketi, – debdi Samad. Rais boshqatdan maketni qaray boshlabdi. «Bu nima?» – debdi bir mahal bir to |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling