Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116
Olmas Umarbekov
170
,
shi yigit. Buning ustiga u juda o‘zgarib ketdi. Yax­
shi tomonga o‘zgarib ketdi. Ilgarigidek uyatchan 
emas, og‘zidan gapi tushib ketmaydi, fikrlari 
dadil va ishonchli. Ilgari qanday edi? Gapirish­
ga qo‘rqardi. Umuman, uning har bir harakatida 
qandaydir yetishmovchilik, hatto qoloqlik bor edi. 
Endi­chi? Endi u butunlay boshqa odam. O‘tgan 
to‘rt yil uni boshqacha qilib yubordi. Ko‘p o‘qiydi, 
aqlli, tartib bilan kiyinadi.
Bolalar hazillashib uni «kelajak Eynshteyni» de­
yishadi. Lekin bu hazilda qandaydir haqiqat bor. 
Hech kim uning kurs ishi, juda yengillik bilan tayyor­
lagan kurs ishi bunchalik muvaffaqiyatli chiqadi, 
deb o‘ylamagan edi. O‘zi ham bunday bo‘lishini 
kutmagan edi. Vaholanki, shunday bo‘lib chiqdi. 
Maqola holida bosilishining o‘zi katta gap. Buning 
ustiga dekanatda shu ishingizni diplom qiling, deb 
maslahat berishdi. Bu kamdan­kam bo‘ladigan vo­
qea. Innaykeyin, hamma uni hurmat qiladi. Sayyo­
ra ham. U Abdulla bilan bo‘lishdan uyalmaydi. U 
bilan bo‘lgan odam hech zerikmaydi. Qiziq gaplarni 
topib gapiradi, yaxshi raqs tushadi. Umuman, Ab­
dulla u bilgan yigitlardan ancha ustun. 
Lekin u hech Abdulla bilan turmush qurish­
ni xayoliga keltirmagan edi. Birga bo‘lishdi. Hat­
to hazillashib Abdulla uni quchoqlardi, o‘pgan 
paytlari ham bo‘lgan. Lekin bularning hammasi 
shunchaki hazil edi. Sayyora hech mahal u bi­
lan yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezmagan edi. Abdulla 
ham balki shundaydir? U odob doirasidan chiqa­
digan harakatga sira yo‘l qo‘ymasdi. Ular yaxshi 
o‘rtoq. Bo‘rttiribroq aytganda, yaxshigina do‘st 
edilar. Abdulla unga katta hurmat bilan qarar va 


Odam bolish qiyin
171
,
doim uni o‘zidan baland qo‘yardi. Buni Sayyora 
bilardi. Shuning uchun ham u boshqa yigitlar­
dan ko‘ra uni o‘ziga yaqin tutar, hatto sirlarini 
unga aytardi. Ular ko‘pincha birga basseynga 
borishardi, birga cho‘milishardi, Sayyora uning 
kelishgan, baquvvat qomatiga havas bilan qarar, 
ba’zan qizishib ketganda, o‘zini uning quchog‘ida 
tasavvur qilib ko‘rardi. Lekin bu bir daqiqalik 
xayol bo‘lardi va u darrov buni unutardi. 
Ba’zan o‘zining nozik, xipcha qomatida Abdul­
laning ham nazarini sezib qolardi. Lekin bu tabiiy, 
yigit kishi shunday yonida yaxshigina qizni ko‘ra­
di, uning nafasini sezadi­yu, hayajonga tushmay 
turaveradimi? Bunday yigitlar yo‘q, bo‘lishi ham 
mumkin emas. Ammo bo‘lganda ham, ular kimga 
yoqardi? Hatto qizlarning uning e’tiborsizligidan 
jahllari chiqishi ham mumkin. Abdulla hamma 
yigitlarga o‘xshagan yigit. U qarashi mumkin, 
xayolidan g‘alati fikrlarni o‘tkazishi mumkin, le­
kin chegaradan chiqmaydi, ortiqcha harakatga 
yo‘l qo‘ymaydi. 
Sayyoraning o‘zi ham buni istamasdi. U hech 
mahal Abdulla bilan yaqinlik haqida o‘ylamagan 
edi. To‘g‘ri, bir marta u tushiga kirdi. O‘shanda 
kun bo‘yi Abdullaga qarolmay yurdi. Lekin bu – 
tush. Tushda har narsa bo‘lishi mumkin. Hayot­
da­chi? Sayyora shu paytgacha o‘ziga bu savolni 
bermagan edi. Lekin hozir beixtiyor shu savol ke­
lib qoldi, lekin unga javob berolmadi. Ikki­uch yil 
muqaddam javob berishi mumkin edi, hozir esa 
aniq javob berishga qiynalib qoldi. 
U endi kichkina emas. Onasi haq. Kapalak­
dek u guldan bu gulga sakraydigan davri tugadi. 


Olmas Umarbekov
172
,
Endi uning uyi, ro‘zg‘ori, sevimli kishisi bo‘lishi 
kerak. Lekin shunday odam bormi? Sayyora ko‘p 
qizlarning oh­voh solib, sevib qoldim, usiz turol­
mayman, deganlarini eshitgan edi, bilardi ham. 
Dugonalarining ko‘pchiligi qandaydir yigitlar bilan 
o‘z turmushlarini bog‘lab qo‘yishgan edi va tezroq 
o‘qishni tugatib to‘y qilish, birga turish orzusida 
yurishardi. Ammo uning hech kimi yo‘q edi. 
To‘g‘ri, u hamma bilan yaqin edi, lekin mana 
shunday birdan bir yigitga muhabbat qo‘yish yo 
aksincha, uning muhabbatiga sazovor bo‘lish 
uning boshiga tushmagan edi. Bu haqda hatto 
o‘ylamagan edi. Dadasining ilmoqli gapi, onasi­
ning ogohlantirishi uni bu haqda o‘ylashga maj­
bur qilib qo‘ygan edi. Chindan ham, nega u bosh­
qa qizlarga o‘xshamaydi? Ba’zilar birinchi kurs­
danoq bittasining etagini ushlab olishadi. Nega 
u shunday qilmadi? Xunuk bo‘lmasa, ahmoq 
ham bo‘lmasa? Balki muhabbat yosh tanlamasli­
gi rostdir? Birov erta muhabbat qo‘yadi, birov 
kech... Sayyora shundaydir? Kimga u muhabbat 
qo‘yishi mumkin? Bundan tashqari, nahotki mu­
habbat birovni nishonga olganday, tanlab qo‘yil­
sa? U ko‘p yigitlarga yoqishini bilardi. Ular­chi? 
Ular unga yoqadimi? 
Sayyora o‘zi bilgan yigitlarni birma­bir ko‘z 
oldiga keltirib chiqdi. Yo‘q, ular unga yoqmasdi. 
Hammasi yaxshi yigitlar, lekin hech biri yuragi­
ni jizillatmaydi. Abdulla­chi? U boshqa gap. Ta­
nish­bilishlarning ichida eng yaxshisi shu. Lekin 
Sayyora uni sevadimi? Sevib qolishi mumkinmi? 
Agar sevmasa­chi? U sevgisiz hayotni istamaydi, 
bunday hayotning bo‘lganidan bo‘lmagani yax­
shi. Balki Abdulla ham uni yaxshi ko‘rar! 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling