Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
128 , – E!.. – dedi Abdulla. – Bo‘pti. U shod edi, jimjit ko‘chadan uyiga qaytar ekan, bir nimalarnidir xirgoyi qilar, Toshkentni so‘nggi marta ko‘rayotgandek, hamma narsaga suq bi lan qarardi. Hamma narsa unga go‘zal, hamma narsa – mashinalarning seryog‘du chiroqlari, de razalardagi xilmaxil pardalar, hatto oydan o‘n ikki qarichcha narida charaqlab turgan uning yulduzi ham kulib boqayotgandek, unga oq yo‘l tilayotgandek edi. Faqat Gulchehraning yulduzi ko‘rinmasdi. U qayerda edi? Abdullani bir daqiqa tashvish bosdi, lekin Gulchehraga hali yulduz to polmaganini eslab, ko‘ngli yorishdi. Qaysi birini tanlasam ekan? U yana osmonga tikildi. Miltillab turgan yulduzlarning hammasi juda olisda va juda kichkina edi. Qancha tikilmasin, bironta ma’qulini topolmadi. Uyga kelib esa kayfi buzildi. Eshik tagidagi boloxonadagi beshikka ko‘zi tushib qoldi. Be shik ham, boloxona ham unga shu topda juda yomon ko‘rinib ketdi. Uylari muncha eski? Nega hech narsa yo‘q. Mabodo Sayyora kelib qolsa, nima qiladi? Kutubxona haqida gapso‘z bo‘lishi mumkin emas. Bor kitoblari tokchada yotibdi. Shuni esladiyu, o‘zi bilan Sayyora o‘rtasidagi farqning nihoyatda kattaligini sezdi. Buning usti ga u ko‘p narsalarni biladi. Lolobridjida, Gobbi, Xeminguey... Abdullaning unga yetib olishiga an cha bor. Lekin yetib olishi kerak. Yetib oladi ham! Ko‘p o‘qiydi. Institutni bitirib esa, birinchi qiladi gan ishi uyini tuzatadi yo yangi uy soladi. Bir xonani alohida kutubxona qiladi, bir xona, katta xona – zal, alohida oshxona... Ha, shunday qiladi. Odam bolish qiyin 129 , Abdulla shu xayollar bilan bo‘lib Gulchehra ning yulduzini unutdi. Ovqatini ham yemay yot di. Unga uydagi hamma narsa – u yerbu yeri chakka o‘tib yorilgan faner shift ham, tokchada turgan eski sariq samovar ham, xuddi boloxo nadagi beshigi singari, yomon ko‘rinib qolgan edi. Ertasiga Sayyora bilan u yana uchrashdi. In diniga ham. Kinoga borishdi. Xullas, o‘n kun ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi. Ketishidan bir kun oldin Tursunali aka ularnikiga keldi. – Abdullajon endi bizniki, – dedi hazillashib G‘afurjon akaga. – Jondilim bilan berdim, eskicha aytganda: suyagi bizniki, eti sizniki. Ikkalovi kulishdi. Abdulla ham ularga qo‘shildi. – Tursunali, uka, rahmat, – dedi shunda G‘afurjon aka ko‘ziga yosh olib. – Juda min natdorman sizdan. Bor umidimiz shu o‘g‘ildan. Qariganimizda qorong‘i uyimizga chiroq bo‘lsin, deymiz. Ishqilib, sizning ko‘magingizda odam bo‘lib kelsa, boshimiz osmonda... Yolg‘iz tashlab qo‘ymasangiz, bo‘ldi. – Yo‘q, to joylashib, u yerda oqqorani tanish guncha, birga bo‘laman. Keyin o‘zlari nima qi lishni bilib qolishadi. Borib xabar olib turaman, – dedi Tursunali aka. – Ko‘ngilni xotirjam qiling. – Rahmat, uka, rahmat. Ertasiga ular jo‘nashdi. Abdulla aeroportga kuzatgani chiqdi. – Vaxliroq boring, – dedi Sayyora. – Shaharni ko‘rsataman. «Raketa»da sayohat qilamiz. Abdulla «xo‘p» deya bosh irg‘adi. Samolyot shahar ustida bir aylanib, bulut ichiga sho‘ng‘i Olmas Umarbekov 130 , ganda, Abdullaning yuragini nimadir timdalab ketgandek bo‘ldi. Lekin nimaligini u tushunmadi. XII Uyga qaytib kelganda, supada G‘afurjon aka bilan Shahodat opa xomush o‘tirishardi. Abdulla ularning yoniga kelib, supaning zihiga omonatgi na o‘tirdi va tinchlikmi, deganday ayasiga tikildi. – Kuzatib keldingmi? – so‘radi Shahodat opa. – Ha. – Saodat opang qazo qilibdi. – Kim? – hayron bo‘lib so‘radi Abdulla. – Saodat opang, tog‘angning qo‘shnisi, – tu shuntirdi Shahodat opa. – Iye, Gulchehraning ayasimi? – bo‘shashib so‘radi Abdulla. – Ha. Bechora juda yosh ketdi... Qirqqa boruv dimi? – Bilmadim, – dedi G‘afurjon aka. – Har holda, shunga yaqin. Nima qilmoqchisan? – Qaydam, – dedi Shahodat xola. – Telegram ma berib yuboramizmi? – Bo‘lmagan gapni gapirma! – jerkib berdi G‘afurjon aka. – Odam o‘lsayu, sen telegramma bersang! Borib kel. – Sizni tashlaba? – Menga nima qilibdi? Otdekman. Bir kun ming kun emas. Abdullani olda, kechqurungi poyezdda jo‘na. Shahodat opa o‘ylanib qoldi. – Bo‘ldi, bo‘ldi! Gap shu. Tur, hozirligingni ko‘r. Shahodat opa: «O‘lim qursina, o‘lim», – deb o‘rnidan turdi. Abdulla karaxt bo‘lib qolgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling