Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
Olmas Umarbekov
116
,
bo‘lsangiz kerak, hozir yadro fizikasi haqida ko‘p 
gaplar bo‘lyapti. Atom reaktorlari qurilyapti. Xul­
las, bu fan hozir eng zarur va kelajagi porloq fan­
lardan bo‘lib qoldi. Bir­ikki yildan so‘ng O‘zbekis­
tonda ham ko‘pgina atom inshootlari quriladi. 
Matematikaga havasingiz baland ekan, shuning 
uchun va dadangizni hurmat qilganimdan sizga 
shu taklifni qilyapman. Agar xohishingiz bo‘lsa, 
borganingiz ma’qul. Mana, Sayyora ketyapti. 
Abdulla yalt etib choy qoshiqni o‘ynab o‘tirgan 
Sayyoraga qarab qo‘ydi­da:
– Rahmat, – dedi sekin. – Dadamlar aytuvdilar. 
– Barakalla. Har holda, yomon bo‘lmaydi. Bun­
dan tashqari, mustaqil hayotga ham o‘rganish kerak. 
– A mojet on ne xochet? – dedi gapga aralashib 
Sayyora. 
– Bilmadim, – dedi Tursunali aka. – O‘ylab 
ko‘ring. Uyingizdagilar bilan maslahatlashing. 
Lekin tez hal qilish kerak, talabgorlar ko‘p. 
– Xo‘p, – dedi Abdulla boshini irg‘atib. 
– Qachon aytasiz? Shu bir­ikki kunda hal qi­
ling. Men hamma boradiganlarning hujjatlarini 
yig‘ib, jo‘natishim kerak. 
Abdulla yana boshini qimirlatdi. Tursunali 
aka, gap tamom degandek, o‘rnidan turdi. Eshik 
tagida Sayyora jilmayib Abdullaga qo‘lini uzatdi. 
– Xayr. 
– Xayr, – dedi shoshib Abdulla va qizning kich­
kina qo‘lini mahkam qisib qo‘ydi. 
Eshik g‘ichirlab orqasidan yopilganda Abdulla 
og‘ir xo‘rsindi. U shu uyga kelganidan, shunday 
samimiy odamlar bilan uchrashganidan xursand 
edi. «Nahotki endi ular bilan birga bo‘lsam, birga 


Odam bolish qiyin
117
,
o‘qisam?» U yuzlarida tabassum o‘ynab, o‘ziga bu 
savollarni berar ekan, ular savolmi yo aniqlasha­
yotgan qarormi, bilolmasdi. Lekin bir narsa, shu 
uyga kelishi uning fikrlarini va oldingi rejalarini 
o‘zgartib turganligi aniq edi. «Xayr!» Nega u bir­
dan shunday dedi. Ruscha xayrlashmadi? Lekin 
juda shirin chiqdi: «Xayr...» Abdulla shuni o‘ylar 
ekan, Sayyora, bu qiyiq ko‘z, quvnoq qiz ko‘z ol­
didan ketmasdi. 
– O‘g‘lim, – dedi uyga kelganda G‘afurjon aka 
uni chaqirib. – Tursunali akang bilan qachon 
uchrashasan? Borib kelsang bo‘lardi. 
– Uchrashdim, – dedi Abdulla dadasining yo­
niga o‘tirib. 
– Uchrashdim? – sevinib ketdi G‘afurjon aka. 
– Qachon? 
– Hozir o‘sha yerdan kelyapman. 
– Tushuntirdimi hammasini? 
– Ha, borsangiz yaxshi bo‘ladi, dedilar. 
– Ana, aytmadimmi? Bu odam bizga yomon 
narsani ravo ko‘rmaydi. Nima deding? 
– Hali hech narsa deganim yo‘q. O‘zlari ham 
so‘ramadilar. O‘ylab keling, uyingizdagilar bilan 
maslahatlashing, dedilar. 
– Juda yaxshi, rahmat. Shunday tanishimiz 
bor ekan, bilmas ekanmiz­a?! Xo‘sh, nima qaror­
ga kelding? Borasanmi? 
Abdulla nima deyishini bilmay, o‘ylanib qoldi. 
Dadasi tagidagi ko‘rpacha zihini g‘ijimlab birpas 
jim turdi­da, keyin dedi: 
– Borsang yaxshi bo‘lar?.. 
Ularning gapiga quloq solib vodoprovod tagi­
da idish yuvib o‘tirgan Shahodat opa bo‘shashib 


Olmas Umarbekov
118
,
ketdi, qo‘lidagi taqsimcha shalop etib tog‘oraga 
tushdi.
XI 
Sayyora Abdullachalik hayajonga tushmagan 
edi. U hali maktabni tutatmasdanoq Leningradga 
borishini va otasi huzurida yashab, u dars be­
rayotgan institutda o‘qishini bilardi. Onasi ham 
bunga rozi edi. Lekin u yolg‘iz qizining to‘rt yil olis 
shaharda yolg‘iz qolib ketishidan ozgina cho‘chir­
di. Gap shundaki, Tursunali aka bu institut bilan 
to‘rt yil ishlashga kelishgan, qizi birinchi kursni 
tamomlashi bilan u yana o‘zining eski ishiga, 
Toshkentga qaytishi lozim edi. U ham Sayyora­
ning bironta tanishroq odam bilan birga ketishini 
istardi. Shuning uchun G‘afurjon akanikidan u 
xursand bo‘lib qaytgan edi. «Otasi yaxshi odam, 
o‘g‘li ham yaxshi bo‘lishi kerak», o‘ylardi u. Ab­
dullani ko‘rib u xotirjam bo‘ldi. Kamgap, og‘ir 
tabiatli. U Sayyoraga yaxshi o‘rtoq bo‘lib qolishi 
mumkin. Buning ustiga yaxshi o‘qigan. Institut­
da ham qiziga ko‘magi tegishi turgan gap. Borsa, 
yaxshi bo‘lardi. 
Lekin u faqat qizi uchungina Abdullaning u 
yoqqa borishini istamasdi. Institutning kelajagi 
va ahamiyatini yaxshi bilgani sababli yoshligi­
da uni qo‘llab­qo‘ltiqlagan odamga jindak bo‘lsa 
ham foydasi tegishini o‘ylab, u shu taklifni qilgan 
edi. Qiziga yo‘ldosh topish uning uchun ikkinchi 
darajali masala edi. Shuning uchun ham Abdul­
la ketishi bilan qizining: «Neujeli iz­za menya xo­
chesh yego zastavit poyexat?» – degan savoliga: 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling