Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Odam bolish qiyin
95 , orqasida boshqa yulduzlar bo‘lishi mumkin, lekin ular ancha xira va kichik. Qaysi biri uniki? Ab dulla uzoq tikilib, bitta yulduzni tanladi. Bu yul duz olti qirrali bo‘lib, bir chekkada ajralib turardi. Uning hajmi ham katta edi. Yog‘dusi ham o‘tkir edi. Shu yulduz uniki bo‘ladi. Yo‘qotib qo‘ymasa bo‘ldi, uniki bo‘ladi. Oydan o‘n ikki qarich narida, Zuhradan balandroqda. Gulchehraga qaysi yul duzni tanlasa ekan? Abdulla qancha axtarmasin, o‘ziga yaqinroq joydan Gulchehraga atab bironta yulduz topolmadi. Zuhra yulduzini tanlashni esa, istamadi. Zuhra katta. Ular teng bo‘lishi kerak. Shu fikr miyasiga kelganda, u yana Gulcheh rani o‘ylab ketdi. U bir yildan so‘ng uchrashish larini, keyin doim birga bo‘lishlarini bilardi. Bu haqda ko‘p o‘ylagan edi. Lekin otaonasi bunga nima der ekan? Gulchehraning otaonasichi? Umuman, ular bilishi kerakmiyo‘qmi? Albatta, o‘yladi Abdulla, ular bilishi kerak, o‘zi aytmasa ham, bir kunmas, bir kun ma’lum bo‘ladi. Le kin institutni bitirishguncha bilishmagani yax shi. Chunki o‘shangacha Abdullaning uylanishi mumkin emas. U uylanmaydi. Uylanolmaydi. Bu haqda uning fikri qat’iy edi. U otasidek yashashni istamasdi. Birovning yordami bilan uylanmaydi. Keyin, Gulchehra ni bo‘mbo‘sh uyga olib bormaydi. Uyaladi olib kirgani. Institutni bitiradi, ishga kiradi, ro‘zg‘or uchun kerakli narsalarni oladi, ana o‘shanda uylanadi. Lekin u shu kunning tezroq kelishini istardi. Gulchehra bilan yaqinroq bo‘lishni orzu qilardi. Qo‘llarini ushlash, sekin tortinib o‘pish endi uni qoniqtirmasdi. U Gulchehra bilan bir Olmas Umarbekov 96 , ga bo‘lishni istardi. Bir kuni hatto tushiga kir di. Juda g‘alati bo‘ldi. Ammo uyg‘onib o‘zidan uyalib ketdi. Shunday tush ko‘rganidan ranjidi. Kun bo‘yi lohas bo‘lib yurdi. Gulchehra bilan uchrashganda esa, qorong‘i bo‘lishiga qaramay, uning ko‘zlariga tik qaray olmadi. – Xomush ko‘rinasiz? – so‘radi Gulchehra uning tirsagidan ushlab. Abdullani tok urgandek bo‘lib ketdi. Sekin qo‘lini bo‘shatib, o‘zini chetga oldi. – Boshim og‘riyapti, – dedi titrab. – Boshim og‘riyapti? Hozir tuzatamiz! – dedi shoshib Gulchehra va buloqqa qo‘lini tiqib uning peshanasiga tutdi. – Endi tuzukmi? – Tuzuk, – dedi Abdulla peshanasi ara lash un ing qo‘lini ushlab, keyin bo‘sh qo‘li bilan quchoq lab, lablaridan qattiq o‘pa boshladi, Gulchehra nima bo‘lganiga tushunmay, avval jim turdi, ke yin siltanib o‘zini tortdi. – Darrov tuzalib ketdingiza? – dedi qoshlarini chimirib. – Gulchehra... – dedi Abdulla o‘z ovozini o‘zi tanimay. – Tiss! Eshityapsizmi? Bedanangiz say rayapti!!! Gulchehra shunday deb qochib ketdi. Yaxshi bo‘ldi. Agar o‘shanda ikkalovi o‘zlariga erk berib yuborishganda nima bo‘lardi? Ikkalovi ham shar manda bo‘lardi! Yo‘q, Abdulla bunday qilmaydi. Qiynalsa ham mayli, bunday qilmaydi. Hamma narsa irodaga bog‘liq. U o‘z irodasiga ishonadi. – Yigitcha, tushmaysizmi? – dedi kimdir orqadan. Abdulla cho‘chib, o‘girildi. Eshik oldida vagon kuzatuvchisi turar edi. Odam bolish qiyin 97 , – Toshkentga keldikmi? – hayron bo‘lib so‘radi Abdulla. – Ancha bo‘ldi. Abdulla tashqariga qaradi. Kun yorishgan, tog‘ ortidan oftob bir qarich ko‘tarilib, oltin shu’lasini sochib turardi. U nihoyatda katta va seryog‘du edi, kechagi, o‘ziga tanlagan yulduzga o‘xshamasdi. Bu hol uni jindek ranjitdi, u o‘z yul duzi quyoshdek bo‘lishini istardi. Afsuski, bun day bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin emas. Shuni o‘ylab erinibgina xo‘rsindida, poyezddan tushdi. Sershovqin shahar hayoti darhol uni qu chog‘iga oldi. Yashash qanday yaxshi, tag‘in shunday katta, go‘zal shaharda! Shu daqiqada hamma narsa – shu muhtasham vokzal bino si ham, birbirini quvib o‘tayotgan turnaqator mashinalar ham, keng vokzal maydoni o‘rtasi dagi bahaybat ko‘sak nusxa favvora ham, ham mahammasi uni quvontirar, uning borlig‘idan va baxtiyorligidan darak berib turardi. Tramvay qachonlardir otasi ishlagan Mirobod bozorini aylanib o‘tib, og‘ir g‘irchilladida, to‘xta di. Abdulla vagon derazasidan beixtiyor tashqa riga qaradi. Beshik osig‘lik turgan qamish tomli boloxonani ko‘rib, jilmaydi. U uyiga kelgan edi. Tramvaydan tushib, ko‘chani kesib o‘tganda, kimdir chaqirdi: – Abdulla! Abdulla jomadonini yerga qo‘yib, to‘xtadi. Uning qarshisiga katta sumka ko‘targan sinf dosh o‘rtog‘i Rustam yugurib kelardi. Abdulla uchrashuvdan xursand bo‘ldi. – Bormadingda, – dedi Rustam u bilan so‘rashib. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling