Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Olmas Umarbekov
86 , – Ha, In’omjon, yaxshimisan? – derdi iljayib. – Uyingdagilar tinchmi? Dadang salomatmilar? Kecha Ergash akamlarni ko‘rgan edim, shoshib mashinalariga o‘tirayotgan edilar. Majlispajlis bo‘lsa kerakda yuqorida. – Shunday bo‘lsa kerak, – derdi gerdayib In’om va ko‘ryapsanlarmi, degandek, hammaga ko‘zini o‘ynatib qarab chiqardi. – Qiyin, qiyin, – derdi Husanxon aka. – O‘zi sog‘liqlari durustmi? – Yomon emas. Doktorlari, yana kurortga bo ring, deyapti. – Qayoqqa bormoqchilar? – Kislovodskka. – Ha, yaxshi. Borishlari kerak. Odamga eng zarur narsa – sog‘liq. O‘tir, o‘tir, nega turibsan? Husanxon aka shunday derdida, senlar ham o‘tirlaring, degandek boshqa bolalarga qo‘li ni erinibgina silkitib qo‘yardi. Abdullaning jahli chiqqanidan tishlari g‘ijirlab ketardi. Deyarli har doim ona tili darsida shunga o‘xshagan savol javob bo‘laverganidan u qattiq azoblanar, ona tili soati uning uchun katta qiynoq soatidek tuyular di. Hatto ona tili ham uning ko‘nglini aynitadigan bo‘lib qoldi. Yo‘qlamada borgan sari baholari pa saya boshladi. Bir diktantdan ikki ham oldi. Nega bunday bo‘ldi? Nega ilgari uni doim yax shi ko‘radigan o‘qituvchilar endi payqamaydigan bo‘lib qolishdi? Buning sababini u tushunmas di. Bir kuni shu haqda o‘ylab, yog‘och ruchka sining uchini og‘ziga solib o‘tirgan edi, arifmetika o‘qituvchisi kirib, dars boshlaganini sezmay qol Odam bolish qiyin 87 , di. Yonidagi bola uni turtdi. Boshini ko‘targanda o‘qituvchi unga qarab, iljayib turardi. U Abdul lani urishmadi, sinfdan chiqarib yubormadi ham, lekin bir umrga Abdullaning yuragiga sanchilib qolgan gapni aytdi. – Uyda, – dedi u Abdullaga tikilib, – mening bir yashar o‘g‘lim bor. Beshikda yotadi. Qarovsiz qol ganda sumagini chiqarib so‘radi. Sumakda maza bor, sening bu ruchkangda maza yo‘q. Qizlardan kimdir piq etib kulib yubordi. Ab dulla uyalganidan lavlagi bo‘lib, boshini egdida, kaftini yuziga tutdi. Dars tugagach, maktabning orqasiga o‘tib achchiqachchiq yig‘ladi. Nega bun day qilishadi? Axir Siddiq aka ham, Husanxon aka ham otasining yaxshi o‘rtoqlari ediku! Bosh qa bolalarga qaraganda uni yaxshi bilishadiku! Innaykeyin, o‘zi yaxshi o‘qiydiku! Ko‘p o‘tmay hamma narsa ravshan bo‘ldi. Bir kuni u o‘qishga ketayotganida, supada yonboshlab yotgan dadasi chaqirib: – O‘g‘lim, – dedi. – Husanxon akang anchadan beri kelmayapti. Juda sog‘indim. Ko‘rsang aytgin, bir kelib ketsin. – Xo‘p, – dedi Abdulla va maktabga kelishi bilan Husanxon akani qidirdi, lekin topolma di. O‘sha kuni oxirgi dars ona tili edi. «Darsdan oldin eshikda poylab turib aytaman», deb qaror qildi Abdulla. Oxirgi dars boshlanishiga qo‘ng‘i roq chalinganda, Husanxon aka yetib keldida, o‘qituvchilar xonasiga ham kirmay, sinfga yo‘l oldi. Eshik tagida Abdulla u bilan ko‘rishdi. – Nima deysan? – so‘radi Husanxon aka chi mirilib. Olmas Umarbekov 88 , Abdulla uni bu ahvolda ko‘rib, g‘alati bo‘lib ketdi. Lekin o‘zini tutib olib, dedi: – Dadam sizni ko‘rmoqchi ekanlar. Borarmish siz... – Mayli, mayli, – dedi Husanxon aka uni ita rib sinfga kiritar ekan. – Borarman, hozir vaqtim yo‘q. – Lekin In’omning oldidan o‘tayotib, odat dagidek, to‘xtadi va iljayib qo‘lini uzatdi. – Yax shimisan? Ergash akam qalaylar? – Bugun uydalar, dam olyaptilar, – dedi In’om. – Shunday degin? Bir borib ko‘rmoqchiy dimda... Anchadan beri hech vaqtlarini topib sog‘liqlarini so‘rolmayman... – Boring bugun, – dedi In’om. – Qanday bo‘lar ekan? Hozir dam olayotgan bo‘lsachi, kechqurun borsam bo‘larmikan? – Vaqtli borsangiz ham bo‘laveradi. – Shunday deysanmi? Bo‘lmasam, darsdan chiqib boraman. – Mayli. – Aytib qo‘yasanda, Husanxon akam sizni ko‘rmoqchilar, deb? Shunday ko‘ramanu, qayta man. Uzoq o‘tirmayman. – Uzoq o‘tirsangiz ham mayli... – dedi In’om kulib. – Shundoq deysanmi? Yaxshisi, shunday qila miz, In’omjon, sen bilan birga boraman. Maylimi? – Mayli. – Rahmat. Darsdan keyin ikkalamiz ketamiz. – Husanxon aka shunday deb, o‘tirlaring, degan dek erinibgina qo‘lini silkitdi. Bu suhbat Abdul laning u yoq bu yog‘idan o‘tib ketdi. U o‘zini ham, uyda yotgan kasal otasini ham beobro‘ qilishgan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling