Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. Harakat apparati funktsiyasining yoshga xos xususiyatlari va gigienasi


Download 476.63 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi476.63 Kb.
#1053564
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Еркин харакат тез. аниклаш

Ishning borishi: Ish uchta yosh guruhiga bo‘lingan 15 ta bolalar bilan o‘tkaziladi (7-8. 11-12 va 15-16).
Har bitta bolaga qalam va to‘g‘ri burchak chizilgan qog‘oz beriladi. Bolalar qalamni qul bilan ushlab beriladigan komandaga diqqat bilan qarab turishadi. O‘qituvchi tomonidan «Boshladik» degan komanda beriladi va sekundomer ishga tushuriladi. Shu vaqtdan boshlab bolalar to‘g‘ri burchakka qalam bilan nuqtalar quya boshlaydilar. Har bir bola ko‘proq songa ega bo‘lgan nuqta quyishga harakat qilishi kerak. 10 soniyadan o‘tgandan keyin «Tuxta» degan komanda beriladi va bolalar nuqta quyishni tuxtatadilar. Shundan keyin bolalardan qog‘ozlar olinadi va boshqa rangdagi qalam bilan quyilgan nuqtalr soni sanaladi va 1-chi jadvaldagi raqamlar bilan solishtiriladi.


2 – jadval. Barmoq harakatlari tezligini yoshga qarab o‘zgarishi. (o‘rtacha ma’lumot)

Yosh
(yillarda)

Nuqtalar miqdori







O‘g‘il bolalar

Qizlar







7

40

35







8

45

38







9

52

41







10

56

44







11

58

47







12

60

51







13

63

53







14

65

55







15

67

58







16

70

62







Masalan: 8 yoshdagi 5 ta bola to‘g‘ri burchakga quyidagi nuqtalar quyishgan: 42,47,46,44,49.


Buni o‘rtacha arifmetik raqamini aniqlash uchun:
M =(42 + 47 + 46 + 44 + 49) : 5= 45
O‘rtacha arifmetik xatoni topish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.

-kvadrat o‘zgarishi, n-ko‘zatuv miqdori. Kvadrat o‘zgarishi quyidagi formular bo‘yicha aniqlanadi.

-jam belgisi, a2 - har qaysi ko‘rsatkichning kvadrat va o‘rtacha arifmetik farq,, n- ko‘zatuv miqdori. Arifmetik harakatlarni 2-chi jadvalda ko‘rsatilganidek yozish mumkin unda x - har bitta alohida o‘lchanganlik hisoblanadi.


3-jadval. Alohida o‘lchovlar va o‘rtacha arifmetik farq, xamda kvadrat summalari

Alohida o‘lchovlar

O‘rtacha arifmetik

X va M orasidagi farq

X va M orasidagi kvadrat farq,

X

M

a

a2

42

45

-3

9

47

45

2

4

46

45

1

1

44

45

- 1

1

49

45

4

16



Ishni rasmiylashtirilishi: Daftarga 1-chi jadvalga qarab barmoqli yerkin harakat tezligini individual ma’lumotini hamda o‘rta ma’lumotni yozish kerak.
Masalan: 8 yoshli bola 10 soniyada 42 ta nuqta qo‘ydi. O‘rtacha daraja 45 ta nuqta hisoblanadi.
Unda (42*100) :100= 93%, uni yerkin harakat tezligi yosh meyoriga to‘g‘ri keladi. Xar bitta yosh guruxi uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni yozish kerak: O‘rtacha arifmetik raqam, kvadrat o‘zgarish, o‘rtacha arifmetik xatolarni. Turli yosh guruxdari orasida barmoqlarni harakat tezligini o‘zgarishi to‘g‘risida xulosa qiling.


Savollar

  1. O‘sish deb nimaga aytiladi?

  2. O‘sishga ta’sir yetuvchi omillarni aniqlang?

  3. Rivojlanish deb nimaga aytiladi?

  4. Biologik yosh davri deb nimaga aytiladi?

Darslikdagi matndan foydalanib 4-jadvalni to‘ldiring:




4- jadval
Odamning ontogenez davrlari



Davrning nomi

Odamning yoshi

Fiziologik xususiyatlari.

1










2










3










4










5










6










7












Talabalar bilimini baholash uchun tezkor savollar
1. Harakatni bosh miyaning qaysi qismi bajaradi?
2. Kichik yoshdagi bolalarning mushak chidamligi necha foizni tashkil qiladi?
3. 7 yoshli bolalarda harakat tezligi o‘rtacha nechtani tashkil etadi?



MUSKULLAR FIZOLOGIYASI


Odamlar organizmida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. Muskullar tizimi odamlar tanasining kattagina qismini tashkil etadi. Agarda yangi tug‘ilgan bolalarning umumiy og‘irligini 23 % ni muskullar tizimi tashkil etsa, 8 yoshda –27 %, 17-18 yoshga borib esa 43-44 % gacha etadi, muskullari yaxshi rivojlangan sportchilarda esa 50 % gacha yetishi mumkin.
Ma’lumki organizmda juda ko‘plpb muskullar guruhlari farqlanadi va ular bir xilda o‘smaydi. Emadigan bolalarda asosan qorin muskullari rivojlansa, keyinchalik chaynash muskullari rivojlanadi. Bir yoshning oxiriga kelib bolaning siljishi, emaklashi va yurishining boshlanishi tufayli, sezilarli darajada yelka va qo‘l-oyoqlar muskullari o‘sadi. Tananing butun o‘sish davrida muskullar massasi 35 martaga ortadi. Jinsiy yetilish davrida (12-16 yosh) naysimon suyaklarning uzayishi bilan bir qatorda muskullarning paylari ham jadal uzayadi. Bu paytlarda muskullar uzunlashadi va ingichkalashadi, natijada o‘smir bolalar uzun oyoqli va uzun qo‘lli bo‘lib ko‘rinadi. 15-18 yoshda muskullarning eniga o‘sishi davom etadi, odatda muskullarning rivojlanishi 25-30 yoshgacha davom etadi.
Bolalarning muskullari voyaga etgan odamlar muskullariga qaraganda ancha rangsiz, yumshoq va anchagina elastik bo‘ladi.
Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. Gavda muskullariga ko‘krak qafasi, yelka va qorin muskullari kiradi.
Qovurg‘alar orasida joylashgan muskullar, muskullararo va nafas funksiyasini bajarilishida ishtirok etuvchi boshqa muskullar nafas muskullari deb yuritiladi. Bular qatoriga diafragma ham kiradi (u ko‘krak bo‘shlig‘ini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turadi).

Download 476.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling