Odam savdosiga oid muammolar va ularning huquqiy yechimlari
Download 34.3 Kb.
|
1547310487 73793
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam savdosi (JK 135-moddasi)
- JK 135-moddasi
- JK 135-moddasi 2- yoki 3-qismi
ODAM SAVDOSIGA OID MUAMMOLAR VA ULARNING HUQUQIY YECHIMLARI. Reja: Odam savdosi Inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish Qabrni tahqirlash Odam o‘g‘rilash Odam savdosi (JK 135-moddasi) Odam savdosi – hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Undan keladigan daromad giyohvand moddalar va qurol savdosidan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. Jinoyatchilikning mazkur turidan keladigan daromadning yillik aylanmasi 7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Jinsiy ekspluatatsiya, majburiy mehnat, bolalar mehnatini ekspluatatsiya qilish ayrim mamlakatlarda shu darajada keng tarqalganki, natijada hozirgi kunda millat genofondiga, shu bilan birga milliy xavfsizlikka jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday holatda har qanday madaniyati rivojlangan mamlakat mazkur jinoiy faoliyat turi bilan kurash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi lozim. O‘zbekiston ham bu borada istisno emas. Odam savdosining bevosita ob’ektini shaxsning shaxsiy erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Qo‘shimcha ob’ekt alohida kvalifikatsiya qilingan tarkiblarda shaxsning hayoti va sog‘lig‘i daxlsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. JK 135-moddasi tavsiflovchi dispozitsiyaga ega. Mazkur jinoyat ob’ektiv tomondan odam savdosi, ya’ni odamlarni olish-sotish yoki ularni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda ifodalanadi. Odam savdosi shaxs ekspluatatsiyasining boshlanishidan qat’i nazar, aybdor JK 135-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan harakatlardan birini sodir etgan paytdan boshlab, odamlarni olish-sotish, ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish harakatlari sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Odam savdosi odamni olish-sotish, ya’ni uni sotuvchiga pul ko‘rinishida ma’lum miqdordagi mablag‘ yoki boshqacha mulkiy ekvivalent (ko‘char va ko‘chmas mulklar, mulkiy xarakterdagi daromadlar, mulkiy yoki pul ko‘rinishidagi qarzdan voz kechish va boshqalar) berish evaziga sotib oluvchi egaligiga topshirish hisoblanadi. Odam savdosining bir ko‘rinishi odamlarni biror-bir faoliyatga, mazkur holatda ekspluatatsiyaga jalb qilishga qaratilgan harakatlarda namoyon bo‘luvchi odamlarni yollash hisoblanadi (masalan, odamlarni qidirish, xohlovchilarni ro‘yxatga olish, ular bilan dastlabki kelishuv tuzish va boshq.). Odamni yollash faqat uni olish-sotish bilan tugaydi va bu, qoida tariqasida, aldash orqali amalga oshiriladi. Aybdor jabrlanuvchining o‘z xohishiga ko‘ra ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishiga roziligini olmoqchi bo‘lganda yollash usuli sifatida ko‘ndirish mazkur holatda kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi. Odamni yollash uni zo‘rlash, qo‘rqitish yoki majburlashning boshqacha turlarini qo‘llash orqali amalga oshirilsa, kelib chiqqan oqibatlarning darajasidan qat’i nazar, qilmish JK 135-moddasi 2- yoki 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Yollash yollanayotgan shaxsning roziligini olishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab, shaxs roziligi olinganidan qat’i nazar, tugallangan hisoblanadi. Download 34.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling