Odam savdosiga oid muammolar va ularning huquqiy yechimlari
Download 34.3 Kb.
|
1547310487 73793
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa shaxslarning fohishafurushligini ekspluatatsiya qilish yoki jinsiy ekspluatatsiyaning boshqa turlari
- Majburiy mehnat yoki xizmatlar
- Qullikka o‘xshash odatlar
- JK 135-moddasi 2-qismida
Sub’ektiv tomondan odam savdosi to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi hamda qonunda ko‘rsatilganidek, odamlarni ekspluatatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Odamlarni ekspluatatsiya qilish boshqa shaxslarning tanfurushligini ekspluatatsiya qilish yoki jinsiy ekspluatatsiyaning boshqa turlari, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qulchilik, unga o‘xshash an’analar, erksiz holat yoki inson a’zo yoki to‘qimalarini ajratib olish hisoblanadi. Boshqa shaxslarning fohishafurushligini ekspluatatsiya qilish yoki jinsiy ekspluatatsiyaning boshqa turlari deganda, jabrlanuvchining shunday bir holatga solinishi tushuniladiki, natijada u aybdorning xohishiga ko‘ra jinsiy aloqa qilish, kimlarningdir jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish yoki boshqa shaxslarning xohishiga ko‘ra boshqa jinsiy xarakterga ega bo‘lgan harakatlarni bajarishga majburligi tushuniladi. Jinsiy ekspluatatsiyaning boshqa turlariga, jumladan, shaxsdan pornografik narsalarni tayyorlashda foydalanishni tushunish lozim. Majburiy mehnat yoki xizmatlar deganda, jabrlanuvchining shunday bir holatga solinishi tushuniladiki, natijada u aybdorning xohishiga ko‘ra qaysidir mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga yoxud u yoki bu xizmatlarni ko‘rsatishga (jinsiy xizmatlardan tashqari) majburligi tushuniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro huquqda «zo‘rlab ishlatish yoki majburiy mehnat» tushunchalari mavjud bo‘lib, ular ma’lum bir shaxsni ma’lum bir jazoni qo‘llash bilan qo‘rqitib, shaxs o‘zi bajarishga rozi bo‘lmagan ishlarni bajarishni talab qilishni anglatadi». Qullikka o‘xshash odatlar deganda, shaxsdan uy xo‘jaligida, qurilish yoki qishloq xo‘jaligi ishlarida, mol boqishda, bola tug‘ishda, kasal yoki keksaygan qarindoshlarga, bolalarga qarashda foydalanishni tushunish lozim. Bunday an’analar, odatda, oilaviy yoki qarindoshlik munosabatlaridan kelib chiqadi. Erksiz holat qullikka o‘xshash holat hisoblanadi. Unga misol qilib, tilamchilik qilish uchun foydalaniladigan bolalar va nogironlarni tushunishimiz mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, odam savdosi jinoyat ob’ektiv tomoniga kiruvchi harakatlardan birini bajargan paytdan boshlab, jinoiy maqsadning amalga oshgani va ularning natijasida ma’lum moddiy oqibatlarning kelib chiqqanligidan qat’i nazar, tugallangan hisoblanadi. Shunday ekan, bunday oqibatlarning vujudga kelishi JK Maxsus qismining sodir etilgan aniq qilmish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddasi bo‘yicha huquqiy jihatdan alohida baholanishi lozim: – odam savdosi jabrlanuvchilari jinsiy ekspluatatsiya qilinganda JK 118-moddasi (Nomusga tegish) yoki JK 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha; – agar jinsiy ekspluatatsiyaning fohishalik bilan shu-g‘ullanishga majburlash shakli qo‘llanilgan bo‘lsa JK 121-moddasi (Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etish) bilan; – agar bolalardan tilamchilik qilishda foydalanilgan bo‘lsa JK 127-moddasi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan; – agar JK 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan transplantat olish maqsadi amalga oshirilgan bo‘lsa, JK 97-moddasi 2-qismi «n» bandi (kishi a’zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida) yoki JK 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan. Ammo, jinsiy ekspluatatsiyaning pornografiyada tasvirga tushirishga majburlash yoki jabrlanuvchini qullikka o‘xshash mehnat qilish (xizmat ko‘rsatish)ga majburlash harakatlari amalga oshirilgan bo‘lsa, qilmishga huquqiy baho berish sezilarli darajada murakkablashadi. Undan tashqari, shaxsni javobgarlikka tortish masalasi ham yuzaga keladi. Bu amaldagi JKda mazkur qilmishlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi maxsus jinoyat tarkibining mavjud emasligi bilan bog‘liq. Bunday holatlarda aybdor harakatlarini qiynash (agar ko‘zlangan natijalarga erishish uchun aybdor ekspluatatsiya qilinayotgan shaxsni muttasil ravishda do‘pposlagan yoki JK 110-moddasidagi boshqa harakatlarni sodir etgan bo‘lsa); zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (agar jabrlanuvchi o‘zining erksiz holatiga chiday olmay o‘zini o‘ldirgan yoki o‘ldirishga suiqasd qilganligi aniqlansa) va boshqa harakatlar uchun javobgarlikka tortish mumkin. Download 34.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling