Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


O‘pkalarda gazlar almashinuvi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

O‘pkalarda gazlar almashinuvi. O‘pkalarda gazlar almashinuvi
alveolalarda o‘tadi. Alveolalarning devori juda yupqa (0,004 mm)
bo‘ladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari to‘rsimon shaklda
o‘rab turadi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yo‘llari or-
qali alveolalar bo‘shlig‘iga kiradi. Alveolalar va ular atrofini o‘rab
turgan mayda qon tomirlari devori o‘rtasida diffuziya yo‘li bilan gazlar
almashinadi. Alveola bo‘shlig‘idagi havo tarkibidagi kislorod qonga
o‘tadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalarga o‘tadi. Buning
sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning
bosimi, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori
bo‘lishidir. Òinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan
250—300 ml kislorod qabul qiladi (36- rasm).
36- rasm. O‘pka (A) va to‘qimalarda (B) gazlar almashinuvi sxemasi:
— vena qoni; 2 — arteriya qoni; — hujayralar; — o‘pka pufakchasi
(alveola); — kapillar.
1
3
5
B
2
5
O
2
CO
2
4
A
CO
2
O
2


58
Òo‘qimalarda gazlar almashinuvi. O‘pka alveolalaridan dif-
fuziya yo‘li bilan qonga o‘tgan kislorod qizil qon tanachalari —
eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasi-
ning barcha to‘qimalariga boradi. Qon bilan to‘qimalar (hujayra-
lar) o‘rtasida gaz almashinuvi ham xuddi o‘pka alveolalari bilan
qon tomirlari o‘rtasidagi gazlar almashinuviga o‘xshab, diffuziya
yo‘li bilan boradi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bo‘lganligi
uchun u to‘qimaga o‘tadi, to‘qimada esa karbonat angidrid gazining
bosimi yuqori bo‘lib, u qonga o‘tadi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling