66
I. P. Pavlov bu usulni
yana ham takomillashtirib, operatsiya
yo‘li bilan itning me’dasida „kichik me’da“ hosil qilish usulini
yaratdi (39- rasm).
Shuningdek, u operatsiya yo‘li bilan jag‘osti,
quloqoldi bezlariga ham fistula o‘rnatib, ulardan ajraladigan
so‘lakning miqdori va tarkibini o‘rganish usullarini ishlab chiqdi
(40- rasm).
Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish
organlari vazifasini faqat
shartsiz reflekslar hosil qilish yo‘li bilan
emas, balki
shartli reflekslar hosil qilish yo‘li bilan ham o‘rgandi.
Hozirgi davrda ovqat hazm qilish organlarining ishini o‘rga-
nishda zondlash,
rentgenoskopiya, ultratovushlardan ham foy-
dalanilmoqda.
1. Ovqat hazm qilish jarayoni odamning salomatligi uchun qanday
ahamiyatga ega?
2. Ovqat hazm qilish organlari qanday vazifalarni bajaradi?
3. Ovqat hazm qilishda qanday fermentlar ishtirok etadi?
4. I. P. Pavlov ovqat hazm qilish organlarining funksiyasini o‘rga-
nishda qanday usullarni yaratgan?
24- §. Ovqat hazm qilish organlarining tuzilishi
va vazifasi
Ovqat hazm qilish organlari lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum,
qizilo‘ngach, me’da, o‘n
ikki barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on
ichaklar hamda me’daosti bezi va jigar
kabi organlardan tashkil topgan (41-
rasm).
Lablar. Yuqori va pastki lablar mus-
kullardan iborat bo‘lib, ular og‘izning
kirish qismini hosil qiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar, til va so‘lak
bezlarining kanalchalari joylashgan.
41- rasm. Ovqat hazm qilish organlari:
1—
tomoq-halqum;
2— quloqoldi so‘lak bezi;
3— qizilo‘ngach;
4— me’da;
5— o‘n ikki
barmoq ichak;
6 — jigar va o‘t pufagi;
7— me’daosti bezi;
8 — ingichka ichak;
9— ko‘richak;
10 —ko‘richakning chuval-
changsimon o‘simtasi;
11 — yo‘g‘on ichak;
12 — to‘g‘ri ichak.