Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Nafas olish organlarining kasalliklari


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Nafas olish organlarining kasalliklari. Burun ichki shilliq qa-
vatining yallig‘lanishi (rinit), tomoq shilliq qavatining yallig‘lanishi


62
(faringit), tomoqdagi bodomsimon
bezlarning yallig‘lanishi (angina),
hiqildoq ichki qavatining yallig‘-
lanishi (laringit), traxeya va bronx-
lar ichki qavatining yallig‘lanishi
(traxeit va bronxit), o‘pka to‘qi-
masining yallig‘lanishi (zotiljam)
kasalliklari odamda tez-tez uchrab
turadi.
Nafas olish organlari gigiyenasi.
Nafas olish organlarining normal
rivojlanishi, ularni har xil kasallik-
lardan muhofaza qilishda gigiyena
qoidalariga rioya etish muhim aha-
miyatga ega.
Odam yoshligidan burun orqali
chuqur nafas olish va chiqarishga
odatlansa, nafas harakatlarida ish-
tirok etuvchi qovurg‘alararo mus-
kullar va diafragma yaxshi rivojla-
nadi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi
ortadi. Organizmni turli sharoitda
chiniqtirish, sovuq suvda yuvinish
va ochiq havoda sayr qilish kabilar nafas olish organlari kasallik-
larining oldini olishga yordam beradi.
Chekishning nafas olish organlariga zararli ta’siri. Chekish
eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lum
bo‘lishicha, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli
modda bor ekan. Shulardan nikotin, ammiak, karbonat angidrid,
benzol kabilar odam organizmining barcha organlariga, jumladan,
nafas olish organlariga zaharli ta’sir ko‘rsatadi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Òashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,
chekish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan har yili dun-
yoda ikki yarim million kishi halok bo‘ladi. Chekish oilaga katta
moddiy zarar ham yetkazadi.
1. Qanday usullarda sun’iy nafas oldiriladi?
2. Nafas olish organlarining qanday kasalliklarini bilasiz?

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling