Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

38- rasm. — V. A. Basovning me’daga fistula qo‘yish usuli;
B — I. P. Pavlovning soxta ovqatlantirish operatsiyasi yordamida
oshqozon shirasini o‘rganish.
VI b o b .
OVQAT HAZM QILISH
SISTEMASI
23- §. Ovqat hazm qilishning ahamiyati
Ø
Organlar, fermentlar va ularning vazifalari
Ovqat hazm qilish murakkab fiziologik jarayon bo‘lib, bunda
ovqat fizik va kimyoviy o‘zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga
parchalanib, oshqozon va ichak bo‘shlig‘idan qon hamda limfa
tomirlariga so‘riladi.
Ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida tishlar yordamida, oshqozonda va ichak-
larning mayatniksimon hamda peristaltik harakati natijasida
maydalanishi fizik o‘zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘,
uglevodlarning fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o‘zgarish
deb ataladi. Ovqatni parchalovchi fermentlar uch guruhga bo‘linadi:
1. Proteazalar — oqsillarni parchalovchi fermentlar.
2. Liðaza — yog‘larni parchalovchi ferment.
3. Karbogidrazalar — uglevodorodlarni parchalovchi fermentlar.
I. P. Pavlovning ovqat hazm qilish organlari funksiyasini
o‘rganishining ahamiyati. 1842- yilda moskvalik jarroh V. A. Basov
birinchi bo‘lib me’daning shira ajratishini o‘rganish uchun itlarda
À
B


65
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula, ya’ni zanglamaydigan
metalldan yasalgan naycha o‘rnatish usulini qo‘lladi (38- rasm).
I. P. Pavlov me’daning shira ajratishini o‘rganish usulini yuqori
darajada takomillashtirdi. U me’da shirasini toza holda olish maqsadida
soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula o‘rnatdi va unga ovqat tushib
shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib, uning ikkala
uchini itning bo‘ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo‘ydi.
Natijada it ovqatlanganda uning og‘iz bo‘shlig‘idagi ta’m biluvchi
retseptorlar orqali miyaning ovqatlanish nerv markazlari
qo‘zg‘alib, refleks yo‘li bilan me’dadan ajralgan shira fistula orqali
idishga yig‘ib olinadi. Uning tarkibi, miqdori o‘rganiladi. Ovqat
qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqadi, ya’ni u me’daga tushmaydi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling