Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


 Og‘iz bo‘shlig‘i qanday parvarish qilinishi kerak? 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Og‘iz bo‘shlig‘i qanday parvarish qilinishi kerak?
2. Me’da va ichaklar sog‘lom bo‘lishi uchun qanday gigiyena
qoidalariga rioya qilish zarur?
3. Yuqumli ichak kasalliklari qanday paydo bo‘ladi? Sariq kasalligi-
ning qanday turlari bor va ular qanday yuqadi?
4. Gijja kasalligining qanday belgilarini bilasiz?
5. Spirtli ichimliklar va chekishning organizmga qanday zararli ta’siri
bor?
6- laboratoriya mashg‘uloti
So‘lak fermentlarining kraxmalga ta’siri
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r : shtativ, 3 ta probirka , 3 ta piðetka,
termometr, suyuq kraxmal kleysteri, probirkaga olingan so‘lak (10 ml),
yodning suvdagi kuchsiz eritmasi, xlorid kislotaning 0,1% li eritmasi,
suv hammomi, muz solingan idish.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1. Uchta probirkaga 3 ml dan kraxmal kleysteri eritmasi quyiladi.
2. Ularga teng miqdorda suv bilan suyultirilgan so‘lak eritmasidan
3 ml dan qo‘shiladi va birinchi probirka +37°C li suv hammomiga
qo‘yiladi.
3. Ikkinchi probirkaga 2—3 tomchi xlorid kislota eritmasidan tomizib,
u ham suv hammomiga qo‘yiladi. Uchinchi probirka muz solingan idishga
joylashtiriladi.
4. 30 daqiqa o‘tgach, uchala probirkaga 2—3 tomchidan yod eritmasi
tomiziladi.
5. 2—3 probirkadagi suyuqlik ko‘k rangga bo‘yaladi, chunki ularda so‘lak
fermentlari kraxmalga ta’sir ko‘rsata olmaydi. 1- probirka qulay sharoitda
saqlanganligi uchun undagi kraxmal so‘lak fermentlari ta’sirida shakarga
aylanadi (parchalanadi).
6. Tajriba natijalari, ya’ni xlorid kislota va sovuq muhit sharoitida hamda
qulay sharoitda so‘lak fermentlarining kraxmalga ta’sirini o‘quvchilar
daftarlariga yozib oladilar.


76
VII b o b .

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling