Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

MODDALAR VA ENERGIYA
ALMASHINUVI
27- §. Moddalar va energiya almashinuvi
haqida umumiy tushuncha
Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi, organizmda
uning o‘zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalar-
ning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi.
Ovqat tarkibidagi organik moddalarning kimyoviy, mexanik, termik
o‘zgarishi natijasida ulardagi potensial energiya issiqlik, mexanik va
elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo‘lgan energiya hisobiga
to‘qimalar va organlar ish bajaradi, hujayralar ko‘payadi, ularning
eskirgan tarkibiy qismlari yangilanadi, yosh organizm o‘sadi va
rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining
doimiyligi ta’minlanadi.
Assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari. Moddalar alma-
shinuvi assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlarining birligidir.
Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarning
hujayralar tomonidan o‘zgartirilishi, ya’ni oddiyroq kimyoviy
moddalardan murakkabroq kimyoviy moddalar hosil bo‘lishi
assimilatsiya deyiladi (assimulo—o‘xshataman). Bu jarayon
natijasida hujayralar ko‘payadi, ayniqsa yosh organizmning o‘sishi
va rivojlanishi ta’minlanadi.
Hujayralar tuzilmasi, jumladan, oqsil birikmalar tarkibiga
kiradigan moddalarning parchalanishi, yemirilishi dissimilatsiya
deyiladi (dissimulo—o‘xshamaydigan qilaman).
Oqsillar almashinuvi. Oqsillar murakkab molekular organik
birikma bo‘lib, odam organizmi hayotida muhim ahamiyatga ega.
Oqsillar quyidagi muhim funksiyalarni bajaradi: plastik
funksiya — oqsillar odam organizmining barcha hujayralari tarki-
biga kiradi; energetik funksiya — kislorod ishtirokida oksidlanib
energiya hosil qiladi. 1 g oqsil oksidlanib parchalanganda 4,1 kkal
energiya hosil qiladi.
Oqsillar aminokislotalardan tuzilgan. Aminokislotalar tarkibiga
ko‘ra sifatli va sifatsiz oqsillar bo‘ladi. Sifatli oqsillar hayvon va
parranda mahsulotlarida bo‘ladi: go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut


77
mahsulotlari. Sifatsiz oqsillar o‘simlik mahsulotlarida bo‘ladi: guruch,
no‘xat, loviya, bug‘doy, kartoshka, makkajo‘xori va boshqalar.
Bolalar va o‘smirlar organizmining normal o‘sishi va rivojla-
nishi uchun ularning kundalik ovqati tarkibida sifatli oqsillar yetarli
miqdorda bo‘lishi kerak.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling