Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Vitaminlar haqidagi tushunchani fanga kimlar kiritgan? 2
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energiya sarfi.
1. Vitaminlar haqidagi tushunchani fanga kimlar kiritgan?
2. A va B guruh vitaminlar yetishmaganda odamda qanday kasal- liklar yuzaga keladi? 3. C, D vitaminlar yetishmaganda organizmda qanday o‘zgarish- lar sodir bo‘ladi? 29- §. Energiya almashinuvi Ø Sarflanishi, ahamiyati Moddalar almashinuvida, ya’ni oqsillar, yog‘lar va uglevodlar- ning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to‘xtovsiz davom etishi uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o‘pka, jigar, buyrak, me’da-ichaklar, tana muskullari hamda boshqa to‘qima va organlarning ish bajarishini, yoshlarda esa, o‘sish va rivojla- nishning normal o‘tishini ta’minlaydi. Oziq moddalar parchalanishidan hosil bo‘ladigan energiya- ning uchdan ikki qismi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi va ish bajarishi uchun, uchdan bir qismi esa tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi. Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanadigan energiya uch qismdan iborat: 1. Asosiy moddalar almashinuvini ta’minlash uchun sarflana- digan energiya. Bu energiya ertalab – nahorda va kechasi odam qimirlamay yotgan vaqtda nafas olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshqa hayotiy muhim organlari normal ishlab turishini ta’- minlash uchun sarflanadi. Òana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng. 2. Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya. Iste’mol qilin- gan ovqatni hazm qilish uchun me’da-ichaklar, jigar, me’daosti bezi kabi organlarning ishi kuchayadi va ular energiya sarflaydi. 3. Odam bir kecha-kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiyaning miqdori har bir odamning kasbiga, ko‘p yoki oz harakatlanishiga bog‘liq. Aqliy mehnat bilan shu- 81 g‘ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar ko‘p energiya sarflaydi. Sog‘lom, katta yoshli odamda bir kecha-kunduzlik ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Organizmda hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga nisbatan ko‘p bo‘lsa, odam semiradi. Aksincha, iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya sarflanadigan energiyaga nisbatan kam bo‘lsa, odam tanasidagi yog‘ parchalanib, energiya hosil qiladi. Bunday jarayon bir necha kun, hafta davom etsa, odam ozadi. Shuni ta’kidlash lozimki, yoshlarda iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiyaga nisbatan ko‘proq bo‘lishi lozim. Chunki, ma’lum miqdordagi energiya yosh organizmning o‘sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. Odam organizmida sarflangan energiya miqdorini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Shulardan, asosan, ikkitasi, ya’ni vositasiz va vositali kalorimetriya usullari ko‘proq qo‘llaniladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling