Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Bolalar va o‘smirlarning bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII b o b . AYIRISH SISTEMASI 30- §. Ayirish sistemasining ahamiyati Ø Tuzilishi, funksiyasi
- 48- rasm. Buyrakning ichki ko‘rinishi
- Ayirish organlariga
- Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi.
- 49- rasm. Buyrakning mikroskopik tuzilishi. 50- rasm. Buyrak nefronining ko‘rinishi.
- Buyrakda siydik hosil bo‘lishi.
- Siydik yo‘li
Bolalar va o‘smirlarning bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida
bo‘ladigan oqsil, yog‘ va uglevodlar me’yori ¹ q i z O i r a l t o l u s h a m , l i s q o i g a d i t o l u s h a m q i z o g 0 0 1 ) g ( i r o d q i m r a l d o v e l g u , ‘ g o y q i z o g 0 0 1 a y i g r e n e i g a d i t o l u s h a m ) l a k k ( i r o d q i m l i s q o ‘ g o y r a l d o v e l g u 1 i t h s ‘ o g l o M 2 , 0 2 ã 0 , 7 — 7 8 1 2 i t h s ‘ o g q u v o Ò 2 , 7 1 3 , 2 1 — 5 8 1 3 q i l a B 0 , 6 1 7 , 0 — 2 7 4 ) a n o d 1 ( m u x u Ò 5 , 2 1 1 , 2 1 5 5 , 0 5 7 1 5 t u S 8 , 2 5 , 3 5 , 4 5 6 6 q i t a Q 8 , 2 5 , 3 9 , 2 6 5 7 g o r o v T 1 , 1 1 9 , 8 1 3 , 2 0 3 2 8 q o l h s i P 6 , 2 2 7 , 5 2 — 2 3 3 9 n o n q Î 7 , 6 7 , 0 3 , 0 5 0 4 2 0 1 n o n a r o Q 3 , 5 2 , 1 1 , 6 4 2 2 2 1 1 h c u r u G 4 , 6 9 , 0 5 , 2 7 2 3 3 2 1 n o r a k a M 3 , 9 8 , 0 9 , 0 7 6 3 3 3 1 t a x ‘ o N 8 , 9 1 2 , 2 8 , 0 5 0 1 3 4 1 a y i v o L 6 , 9 1 0 , 2 4 , 1 5 0 1 3 5 1 r a k a h S — — 5 , 5 9 0 9 3 6 1 a k h s o t r a K 4 , 2 2 2 , 0 5 , 9 1 5 , 2 6 7 1 i z b a S 2 , 1 3 , 0 0 , 9 5 , 0 3 8 1 r o d i m i P 5 , 0 — 0 , 4 8 1 9 1 g n i r d o B 7 , 0 — 9 , 2 5 1 0 2 a m l O 3 , 0 — 8 , 0 1 5 4 84 VIII b o b . AYIRISH SISTEMASI 30- §. Ayirish sistemasining ahamiyati Ø Tuzilishi, funksiyasi Ovqat tarkibida iste’mol qilingan oqsil, yog‘, uglevodlar, suv, tuzlar me’da-ichaklardan qonga so‘rilib, jigarga boradi, unda keraksiz (zaharli) moddalardan tozalangach, yana qon orqali ta- naning barcha to‘qima va hujayralariga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida bu oziq moddalar kislorod bilan oksidlanib, parchalanadi. Bu jarayonlar natijasida organizm uchun zararli moddalar (siydik kislota, qoldiq azot, mochevina, kreatinin, karbonat angidrid kabilar) hosil bo‘ladi. Bu zararli qoldiq mod- dalar hujayralardan qonga o‘tib, ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi (47- rasm). 48- rasm. Buyrakning ichki ko‘rinishi: 1 — buyrakning po‘st qismi; 2 — buyrakning mag‘iz qismi; 3 — buyrak jomi; 4— buyrak arteriyasi; 5 — buyrak venasi. 47- rasm. Siydik ayirish organlarining umumiy ko‘rinishi: 1 — buyrak; 2 — siydik yo‘li; 3 — qovuq (siydik pufagi); 4— buyrak arteriyasi; 5 — buyrak venasi. 85 Ayirish organlariga buyrak, teri, o‘pka kiradi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan gazsimon mod- dalar (karbonat angidrid) nafas olish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik tarkibida ajratiladi. Suv, tuzlar va qoldiq azotning oz qismi teri orqali ter sifatida tashqariga chiqariladi. Siydik ayirish organlarining tuzilishi va funksiyasi. Siydik ayirish organlari ayirish sistemasining asosiy qismi hisoblanadi. Siydik ayirish organlariga buyraklar (o‘ng va chap), siydik yo‘llari (o‘ng va chap), qovuq (siydik pufagi) va siydik chiqarish kanali kiradi (48- rasm). Buyrak juft organ bo‘lib (o‘ng va chap buyrak), qorin bo‘shli- g‘ining bel qismida, ya’ni birinchi va ikkinchi bel umurtqasining ikki yonida joylashgan. U loviya shakliga o‘xshash bo‘ladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bo‘lib, buyrak darvozasi deb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga arteriya qon to- miri kiradi, vena qon tomiri chiqadi. Shuningdek, buyrak darvo- zasi orqali siydik yo‘li ham chiqadi. Har bir buyrakning og‘irligi o‘rtacha 150 g keladi. Buyrak bo‘ylamasiga kesib qaralganda, uning to‘qimasi ikki qavatdan: tashqi qoramtir po‘st qavat va ichki oqimtir mag‘iz 49- rasm. Buyrakning mikroskopik tuzilishi. 50- rasm. Buyrak nefronining ko‘rinishi. 86 qavatdan iborat ekanligi ko‘rinadi. Buyrak to‘qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan nefronlardan tashkil topgan. Har qaysi buyrakda 1 mln atrofida nefron bor. Buyrak nefronlarida arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, buyrak kapsulasiga o‘tadi va siydik hosil bo‘ladi (49-, 50- rasmlar). Buyrakda siydik hosil bo‘lishi. Buyrakda siydik hosil bo‘lishi ikki faza (davr)ga bo‘linadi. Birinchi davr — filtratsiya davri, u birlamchi siydik hosil bo‘lishidan iborat. Bunda nefronlardagi arteriya kapillarlari orqali qonning suyuq qismi filtrlanib, nefron bo‘shlig‘iga (kapsulaga) o‘tadi. Bu jarayonning o‘tishi kapillarlardagi bosim- ning yuqori, kapsuladagi bosimning past bo‘lishiga bog‘liq. Birlamchi siydikning tarkibi qon plazmasining tarkibiga yaqin. Unda faqat oqsil bo‘lmaydi. Chunki u kapillar qon tomirlarining devo- ridan filtrlanib o‘tmaydi. Kapsuladagi birlamchi siydik kalavasimon kanalchalarga o‘tadi. Bu kanalchalarning devori orqali birlamchi siydik tarkibidagi qand va aminokislotalar, suv va mineral tuzlarning ko‘p qismi, ya’ni 98,5—99,0% i vena tomirlariga qayta so‘riladi. Bunga reabsorbsiya jarayoni deyiladi. Bu siydik hosil bo‘lishining ikkinchi davri hisoblanadi. Kanalchalarda qolgan siydik ikkilamchi siydik deyilib, uning tarkibida qoldiq azot, mochevina, kreatinin kabi moddalar, ma’lum miqdorda tuz va suv bo‘ladi. Katta odamning buyrak nefronlarida uzluksiz siydik filtrlanishi natijasida bir sutkada o‘rtacha 100 litr birlamchi siydik hosil bo‘ladi. Uning 98,5—99 litri kalavasimon kanalchalar devori orqali qonga qayta so‘riladi, qolgan 1—1,5 litri esa ikkilamchi siydik sifatida tashqariga chiqariladi. Siydik yo‘li buyrak jomidan boshlanib, qorinning orqa devori bo‘ylab pastga tushadi va siydik pufagiga tutashadi. Siydik yo‘lining uzunligi katta yoshli odamda o‘rtacha 30 sm bo‘ladi. Buyrakda filtrlanib hosil bo‘lgan siydik, siydik yo‘li orqali siydik pufagiga uzluksiz quyilib turadi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling