87
orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida
joylashgan giðofiz bezining orqa bo‘lagida sintezlanadigan
antidiuretik gormon (ADG) buyrak
egri-bugri kanalchalarining
devoriga ta’sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik
ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan
tiroksin
gormoni,
aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik
ajralishini ko‘paytiradi.
Siydik ayirish organlarining ko‘p uchraydigan kasalliklari.
Buyraklarda tosh paydo bo‘lishi kasalligining
sababi ovqat tarkibida
tuzni ko‘p iste’mol qilish, kam harakatlanish hisoblanadi. Buy-
raklarning yallig‘lanish kasalliklari (nefrit, piyelonefrit)ning
sababi tomoqdagi bodomsimon bezlarning yallig‘lanishi (angina),
tish kasalliklarini o‘z vaqtida davolatmaslikdir.
1. Ayirishning ahamiyatini ayting.
2. Ayirish jarayonida qaysi organlar ishtirok etadi?
3. Siydik ayirish organiga nimalar kiradi?
4. Buyraklarda siydik qanday hosil bo‘ladi?
5. Siydik ajralishi qanday boshqariladi?
6. Siydik ayirish organlari kasalliklarining oldini olish uchun nima
qilish kerak?
88
51- rasm. Òerining tuzilishi:
I — terining epidermis qavati:
1— epidermisning sirtqi qavatidagi
o‘lik
hujayralar;
2— epidermisning
ichki qismidagi tirik hujayralar
qatlami.
Do'stlaringiz bilan baham: