Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Òerining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
Òerining tana harorati doimiyligini saqlashdagi funksiyasi.
Odam va yuksak hayvonlarning tana harorati deyarli doimiy bir xil saqlanadi, ya’ni 36,2—36,8°C atrofida bo‘ladi. Òashqi mu- hitning ob-havosi o‘zgarishidan qat’i nazar, sog‘lom odamning tana harorati yuqorida ko‘rsatilgan darajada saqlanadi. Ob-havo issiq bo‘lgan vaqtda teridagi issiqni sezuvchi retseptorlar qo‘zg‘alib, undagi qon tomirlarini kengaytiradi. Shuning uchun bunday vaqtda odamning terisi qizaradi. Odam ko‘p terlaydi va teri orqali issiqlik ajralishi ko‘payadi. 1. Òeri qanday qavatlardan tuzilgan? 2. Òerining himoya va sezish funksiyalarini tushuntiring. 3. Òerining ayirish funksiyasi qanday amalga oshadi? 4. Nafas olish va chiqarish jarayonlarida terining ishtirokini tushuntiring. 5. Òana harorati doimiy bo‘lishida teri qanday ahamiyatga ega? 32- §. Organizmni chiniqtirish. Òeri gigiyenasi Ma’lumki, odamning hayoti doim tashqi muhit bilan cham- barchas bog‘langan. Òashqi muhitning har xil omillari odamga doimo ta’sir ko‘rsatib turadi. Ayniqsa, atrof-muhitning noqulay ta’siriga (issiq, sovuq, namlik, bosim kabilarga) organizmni chi- niqtirish odamning sog‘lom bo‘lishiga, ish qobiliyatining ortishiga olib keladi. Kundalik hayotda odam organizmini issiq-sovuq ta’siriga chi- niqtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, sovuq havoga, suvga chiniqtirish har xil shamollash kasalliklarining oldini olishga imkon beradi. Organizmni chiniqtirishda quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish lozim: 1. Chiniqtirishni asta-sekinlik bilan boshlash kerak. Sovuq havoda yoki sovuq suv ta’sirida chiniqtirilganda ularning harorati 91 avval 25°C bo‘lib, har ikki-uch kunda +1°C ga pasaytirib boriladi va +10 —8°C gacha yetkaziladi. 2. Chiniqtirishning izchillik prinsiði shundan iboratki, orga- nizmga ta’sir etayotgan chiniqtiruvchi omil (havo va suv) uzluk- siz har kuni yoki kunora takrorlanishi zarur. 3. Chiniqtirishda har qaysi odam organizmining individual xu- susiyatlari, ya’ni yoshi, jismoniy rivojlanganligi, sog‘lomligi e’ti- borga olinishi kerak. 4. Chiniqtirishda o‘z-o‘zini nazorat qilish zarur, ya’ni chini- qayotgan odam muntazam ravishda o‘z kayfiyati, ishtahasi, uyqusi va ish qobiliyati qanday o‘zgarayotganini kuzatib borishi lozim. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling