Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Organizmni chiniqtirishning ahamiyati nimadan iborat? 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Organizmni chiniqtirishning ahamiyati nimadan iborat?
2. Chiniqtirish qanday gigiyena qoidalariga asoslanadi?
3. Suvda chiniqtirish qoidalarini ayting.
4. Teri gigiyenasi deganda nimani tushunasiz?
33- §. Òeri shikastlanganda birinchi yordam
Òerining timdalanishi, qirilishi, tilinishi. Bunda jarohat toza sovuq
suv bilan yuviladi; so‘ngra atrofiga yod eritmasi yoki yashil dori
surtib, sterillangan bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Agar jarohat
kattaroq bo‘lsa, yuqoridagi birinchi yordam berilgandan so‘ng
jarroh yoki travmatolog shifokorga murojaat qilinishi kerak.
Òerining turli sohalaridan qon ketganda birinchi yordam. Ilgari
aytilganidek, tana terisining bosh, peshana, chakka, yuz, gavda
sohalari jarohatlanganda qon ketishini to‘xtatish uchun qon oqayotgan
tomirni topib, uni barmoq bilan qattiq bosib turiladi (10—15 minut);
bosib turgan barmoq ustidan sovuq suvga ho‘llangan sochiq yoki
ro‘mol qo‘yiladi; qon oqishi to‘xtagandan keyin, jarohat yuqorida
ko‘rsatilgan tartibda tozalanadi va bog‘lab qo‘yiladi.
Agar qon ketishi 10—15 minut davomida to‘xtamasa, tez
yordam chaqiriladi yoki tomirni barmoq bilan bosgan holda jaro-
hatlangan odam jarroh yoki travmatologga yuboriladi.
Òeri kuyganda birinchi yordam. Òerining kuygan joyiga tezlik
bilan toza sovuq suv quyiladi. Qo‘l yoki oyoq terisi kuygan bo‘lsa,
oqar suv tagida tutib turiladi (2—3 minut); agar teri faqat qizargan
bo‘lsa , shu joyga odekolon surtiladi (bog‘lash shart emas). Terining
kuygan joyida pufakchalar paydo bo‘lsa, sovuq suv bilan yuvil-
gandan keyin yorilmagan pufakchalar atrofiga spirt yoki odeko-


93
lon surtilgach, sterillangan bint yoxud dazmollangan oddiy bint
(ro‘mol) bilan bo‘shgina bog‘lanadi va tezlikda travmatolog shifo-
korga yuboriladi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling