Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Buyrakusti bezlaridan qanday gormonlar ajraladi? 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Buyrakusti bezlaridan qanday gormonlar ajraladi?
2. Me’daosti bezidan qanday gormon ajraladi?
3. Qandli diabet kasalligi paydo bo‘lishining sababini tushuntiring.
4. Erkaklarning jinsiy bezlaridan qanday gormonlar ajraladi?
Tanangiz a’zolarini tinglashni o‘rganing. Zero, har bir a’zo o‘z
tani sihatligi to‘g‘risida sizga ma’lumot berib turadi. Sizdan talab
qilinadigan narsa, olingan ma’lumotlar asosida aqlingizni ishga solib
to‘g‘ri xulosa chiqarishdir.


102
X I b o b .
 
NERV SISTEMASI
37- §. Nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi
Nerv sistemasi odam organizmining barcha hujayra, to‘qima
va organlarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning
bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishini ta’minlashdan iborat. U odam-
ning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan muomalasini,
organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi.
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv
sistemasi.
Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (58- rasm).
Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuv-
chi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan
12 juft nervlar hamda umurtqa pog‘onasi atrofida va ichki organlarda
joylashgan nerv tugunlari kiradi.
Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, nerv sistemasi ikki qismga
bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv
sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishi-
ni boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish,
qon aylanish, ovqat hazm qilish,
ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya
bezlari ishini boshqaradi.
Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi.
Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanalida
joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda
40—45 sm, massasi 30—40 g bo‘ladi
(59- rasm). Orqa miyada 13 mln dan
ko‘proq nerv hujayralari bor. Orqa miya
uch qavat parda bilan o‘ralgan. Òashqi
qavati qattiq, o‘rta qavati o‘rgimchak
to‘risimon va ichki qavati yumshoq parda
bo‘ladi. O‘rta va ichki parda orasida orqa
miya suyuqligi bo‘ladi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling