Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy bezlar.
57- rasm. Buyrakusti
bezi (1); buyrak (2). 100 muskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda to‘planishini ta’minlaydi. Me’daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko‘p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Sog‘lom odam qonida qandning normal miqdori 80—120 mg % bo‘ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150—250 mg % ga ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, u buyrak orqali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni sog‘lom odamning siydigida qand mutlaqo bo‘lmaydi. Qonda qandning miqdori 140— 150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila bosh- laydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste’mol qiladi. Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to‘qima- larda o‘zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste’mol qilishga majbur bo‘ladi. Aks holda teri ostidagi zaxira yog‘ moddalari parchalanib, glukozaga aylanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil, yog‘ moddalari ham glukozaga aylanib, qonga o‘tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi. Jinsiy bezlar. Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft moyaklar (urug‘don), moyak ortig‘i, prostata bezi kiradi. Moyaklar elliðssimon bo‘lib, massasi katta odamda 20—36 g bo‘ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu funk- siyasi o‘smirlik davrida (12—15 yosh) boshlanadi va keksayish davriga qadar davom etadi. Òestosteron gormoni o‘smirlarda balog‘atga yetish belgilari yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. Òuxum- donlar kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, katta yoshli ayollarda ularning massasi 5—6 g bo‘ladi. Òuxumdon bachadonning orqa qismiga yopishib turadi. Òuxumdonda jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning o‘smirlik davridan ishlab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi, ya’ni ayollik jinsiy belgilari hosil bo‘lishini ta’minlaydi. 101 Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar to‘plami — fol- likulalar bo‘ladi. Ularda jinsiy hujayralar (tuxumhujayralar) paydo bo‘ladi va yetiladi. Òez-tez shamollash, angina, griðp kabi kasalliklar tuxumdon- ning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Kasallik o‘z vaqtida davo- lanmasa, tuxumdonning funksiyasi buziladi, ayolda farzand ko‘- rish xususiyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling