Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- §. Buyrakusti, me’daosti va jinsiy bezlar


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

36- §. Buyrakusti, me’daosti va jinsiy bezlar
Buyrakusti bezlari. Bu bezlar ikkita bo‘lib, nomiga monand
o‘ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashadi (57- rasm).
Ularning birgalikdagi og‘irligi 10—20 g. Buyrakusti bezlari ikki
qavat: ustki — po‘stloq  va ichki —  miya qavatidan iborat. Buyrakusti
bezining po‘stloq qavatida mineralokortikoid, glukokortikoid,
androgen va estrogen gormonlari, ichki qavatida noradrenalin va
adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Ularning hammasi odam
hayotida muhim ahamiyatga ega.
Mineralokortikoid gormoni organizmda mineral tuzlar alma-
shinuvi boshqarilishida ishtirok etadi.
Glukokortikoid gormoni organizmda oqsil va uglevod almashi-
nuvini boshqarishda ishtirok etadi. Ular ta’sirida qonda qand, jigarda
glikogen miqdori ortadi.
Androgen va estrogen gormonlari erkaklar va ayollarning jin-
siy bezlari funksiyasini kuchaytiradi.
Buyrakusti bezlarining ichki — miya qismida noradrenalin va
adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu ikkala gormonning ta’siri
bir xil bo‘lganligi uchun ular birgalikda katexolamin deb ham
yuritiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak
qisqarishini tezlashtiradi, to‘qimalarda moddalar almashinuvini
kuchaytiradi.
Me’daosti bezi. Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida birin-
chi bel umurtqasi ro‘parasida joylashgan bo‘lib, uzunligi 16—20 sm,
massasi 70—80 g. Me’daosti bezi
aralash bez bo‘lib, to‘qimasining
98—99% i tashqi sekretsiya funk-
siyasini bajarib, ovqat hazm qilishda
ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab
chiqaradi. Bez to‘qimasining 1—2% i,
ya’ni Langergans orolchasi deb ata-
luvchi qismi ichki sekretsiya funk-
siyasini bajaradi.
Bezning Langergans orolchasida
insulin gormoni ishlab chiqariladi.
Insulin gormoni qondagi qand mod-
dasining ortiqcha qismi jigar va

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling