Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


sekretsiya bezlarining joylashuvi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

sekretsiya bezlarining joylashuvi:
— epifiz; — giðofiz; — qal-
qon orqa bezi; — jigar; 5—o‘n
ikki barmoq ichak;
— buyrakning po‘st qismi;
7—moyak; 8—qalqonsimon bez;
— ayrisimon bez; 10 — me’da
(oshqozon); 11—buyrakusti bezi;
12 — me’daosti bezi;
13 — urug‘don.
X b o b .
 ICHKI SEKRETSIYA
BEZLARI
34- §. Ichki sekretsiya bezlari
haqida umumiy tushuncha
Ø
Funksiyasi va ahamiyati
Odam organizmida uch xil bez bo‘ladi:
1. Òashqi sekretsiya bezlariga teridagi ter, yog‘, sut, so‘lak
(quloqoldi, tilosti va jag‘osti) hamda me’da va ichak shilliq qavati-
dagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda hosil bo‘ladigan
suyuqliklar tashqi muhitga chiqariladi. Shuning uchun bu bezlar
tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi.
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qism-
larida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar
organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Shu-
ning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari, deb ataladi. Ichki
sekretsiya bezlariga giðofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon orqa, ay-
risimon, buyrakusti bezlari kiradi.
3. Aralash bezlar. Bularning
to‘qimasi ikki qismdan iborat
bo‘lib, bir qismida ishlab chiqa-
riladigan suyuqlik xuddi tashqi
sekretsiya bezlariga o‘xshab tash-
qi muhitga chiqariladi, ikkinchi
qismida ishlab chiqariladigan
7
13
4
5
6
1
2
3
12
11
10
9
8


95
suyuqlik esa xuddi ichki sekretsiya bezlari singari organizmning ichki
muhitiga, ya’ni qon va limfaga quyiladi. Aralash bezlarga me’daosti
va jinsiy bezlar kiradi (52- rasm).
Ichki sekretsiya bezlari odam tanasining turli qismlarida joy-
lashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqlik gormon, deb
ataladi. Bezlarda ishlab chiqariladigan gormon bevosita bezning
to‘qimasidan o‘tayotgan qon va limfaga quyiladi.
Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar ni-
hoyatda oz miqdorda, ya’ni grammning milliard qismiga teng. Ammo
shunga qaramay, ular odam organizmidagi barcha moddalar alma-
shinuvi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Ichki sekretsiya bez-
larining hammasi birga qo‘shilgan holda organizmning endokrin
sistemasini tashkil etadi. Bu bezlar odam tanasining turli qismlarida
joylashgan bo‘lsa ham, ularning funksiyasi bir-biriga chambarchas
bog‘liq.
Giðofiz bezi  no‘xatsimon, massasi 0,5—0,6 g ga teng bo‘lib,
bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb
atalgan qismida joylashgan. Giðofiz uch bo‘lakdan iborat: oldin-
gi, oraliq va orqa bo‘laklar (53- rasm).
54- rasm. Giðofiz bezi soma-
totrop gormonini ko‘p ishlab
chiqarganida odam bo‘yining nor-
madan ortiqcha o‘sishi — gigan-
tizm, bu gormon kam hosil bo‘l-
ganda bo‘y o‘smay qolishi —
nanizm holatining ko‘rinishi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling