Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Chiniqtirish turlari. Kundalik hayotda havoda, quyoshda,
ko‘proq suvda chiniqtirish qo‘llaniladi.
Suvda chiniqtirish. Suv odam organizmiga harorati, tarkibida
erigan kimyoviy moddalar bilan hamda mexanik ta’sir ko‘rsatadi.
Suvda chiniqtirish oldiniga mahalliy, so‘ngra umumiy bo‘ladi.
Mahalliy chiniqtirishda tananing ayrim sohalari har xil haroratdagi
suvda chiniqtiriladi. Umumiy chiniqtirish tananing ustidan har xil
haroratdagi suv quyish, dush qabul qilish yoki suv manbalarida
(hovuz, ariq, kanal, suv havzasida) cho‘milishdan iborat.
Donishmand xalqimiz teri sog‘liq oynasi deydi. Uning funk-
siyalari normal o‘tishi uchun teri doim toza bo‘lishi zarur. Òerini
toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko‘rinishlaridan biri
hisoblanadi:
— bolani yoshligidan qo‘l yuvishga o‘rgatish lozim. Qo‘lni ov-
qatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;
— yuz, bo‘yin sohalarini har kuni ikki marta — ertalab va
kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim;
— haftada 1—2 marta hammomga tushish yoki issiq dush qabul
qilish lozim. Cho‘milganda o‘quvchilar maxsus, „Bolalar“
sovunidan foydalanganlari ma’qul, chunki uning tarkibidagi
lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mik-
roblarni yo‘qotadi.
Kiyim va poyabzalga bo‘lgan gigiyena talablari. Odamning
kiyimi va poyabzali yil fasliga mos bo‘lib, havoni yaxshi
o‘tkazadigan bo‘lishi kerak. Sintetik materiallardan tikilgan kiyim,
rezinadan tayyorlangan poyabzallar havo o‘tkazmaydi. Shuning
uchun ter bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug‘lanmaydi.
Buning oqibatida ichki kiyim, paypoq ho‘l bo‘lib, odam shamollab


92
qolishiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ayniqsa, respublikamizning
issiq iqlim sharoitida sintetik materiallardan tikilgan kiyim, pay-
poq va rezina poyabzal kiyish gigiyena nuqtayi nazaridan tavsiya
etilmaydi. Bunday materiallardan tayyorlangan sport kiyimlari va
poyabzallarni faqat mashg‘ulot vaqtida kiyish mumkin.
Bizning issiq iqlim sharoitimizda yoz oylarida ið-gazlamadan
tikilgan kiyim, qish faslida esa jun va boshqa tabiiy gazlamalar-
dan tayyorlangan kiyim, charm poyabzal kiyish maqsadga mu-
vofiq bo‘ladi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling