Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ratsional ovqatlanish qoidalari.
Ratsional ovqatlanish. Odamning sog‘lom va baquvvat
bo‘lishida, yoshlarning normal o‘sishi va rivojlanishi, ish qobiliya- tining yaxshi bo‘lishida ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Ovqat odam organizmida ikkita muhim funksiyani bajaradi: 1. Ovqatning energetik funksiyasi, ya’ni ovqat moddalari organizmda kislorod yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi va bu energiya to‘qima hamda organlarning normal ishlashi, tana harorati doimiyligini ta’minlash, odamning harakatlanishi, ish bajarishi uchun sarflanadi. 2. Ovqatning plastik funksiyasi shundan iboratki, uning tar- kibidagi moddalar, ayniqsa, oqsil hujayra va to‘qimalarning tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni hujayralarning eskirgan qismlari yangilanishini va hujayralar bo‘linib ko‘payishini ta’minlaydi. Ratsional ovqatlanish qoidalari. Ovqatlanishning ilmiy asosda ratsional tashkil etilishi uchta qoidaga asoslanadi: 1. Ovqatlanishning miqdor qoidasi. Bir kecha-kunduzgi ovqatdan organizmda hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflana- digan energiya miqdoriga teng bo‘lishi kerak. 2. Ovqatlanishning sifat qoidasi. Bir kecha-kunduzgi ovqat tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar, mineral tuzlar, suv, vitaminlarning miqdori odam organizmining shu moddalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 3. Ovqatlanishning uchinchi qoidasi ovqatlanish rejimidir. Bir kecha-kunduzgi ovqat miqdori to‘rt qismga bo‘lingan holda iste’- 6 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov 82 mol qilinishi kerak. Masalan, maktab o‘quvchilarining ovqatla- nish rejimi ularni ertalabki yoki kechki smenada o‘qishiga qarab quyidagicha tashkil etilishi mumkin: — ertalabki nonushta — bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 25—30 % ini tashkil etadi (soat 7–7:30 da); — tushki ovqat — bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 35—40 % ini tashkil etishi kerak (ertalab o‘qiydiganlar uchun maktabdan keyin, ya’ni soat 14—15 da; kunning ikkinchi yarmida o‘qiydiganlar uchun soat 12—12:30 da); — kechki ovqat — bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining 15—20 % ini tashkil etadi (soat 19—20:00 da). Yuqorida ko‘rsatilgan uch marta asosiy ovqatlanishdan tash- qari, qo‘shimcha ovqatlanish ham ko‘zda tutiladi. Bu bir kecha- kunduzgi ovqatning 10 —15 % ini tashkil etadi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling