Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari


Download 0.49 Mb.
bet1/4
Sana25.05.2020
Hajmi0.49 Mb.
#109875
  1   2   3   4
Bog'liq
1 parazitologiya


Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari

Reja :

1.Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning muhim vakillari va umumiy tavsifi

2. Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning sistematik o’rni

3. Odamlarda parazitlik qiluvchi soxta oyoqlilarning keltirib chiqaradigan kasalliklari

Sodda organizmlar orasida parazitizm keng tarqalgan. Parazit yashovchi sodda hayvonlar bir necha mingni tashkil qiladi. Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi. Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 40000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o'simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, nomidan ko'rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo'lsada, lekin fiziologik jihatdan mustaqil individlar bo'lib, alohida holda ko'p hujayrali hayvonlarga o'xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o'zi bajaradi.

Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o'z navbatida 5 ta tipga bo'linadi:

1. Sarko-mastigoforalar (Sarcomastigophora).

2. Apikomplekslar (Apicomplexa).

3. Miksosporidiyalar (Micsosporidia).

4. Mikrosporidiyalar (Microsporidia).

5. Infuzoriyalar (Infuzoria).

Bulardan apikomplekslar, miksosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar, asosan, erkin holda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham mahsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib, og'ir kasalliklar, hatto, o'limga olib keladigan turlari bor.

Sarkomastigoforalar tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyoqlаr yoki хivchinlаr yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. Ulаr dеngiz, chuchuk suv hаvzаlаri vа nаm tuprоqlаrdа hаyot kеchirаdi. Shuningdеk, ulаr оrаsidа ham turli hаyvоnlаr vа оdаm оrgаnizmidа pаrаzitlik qilib, оg‘ir kаsаlliklar kеltirib chiqаrаdigаn turlаri bоr. Bu tipgа 18000 gа yaqin tur kirаdi. Sаrkоmаstigоfоrаlаr sаrkоdаlilаr vа хivchinlilаr kenjatiplariga bo‘linаdi.

Sarkodalilar kenja tipi vakillarining qattiq po‘sti bo‘lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po‘st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo‘lib turuvchi о'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiydi, shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar psevdopodiylar deb ataladi.

Sarkodalilar kenja tipiga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko‘pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kabi sinflarini o‘z ichiga oladi. Bu sinflardan ildizoyoqlilar sinfi orasida parazitlari uchraydi.

SARKODALILAR (SARCODINA^ sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit holda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir.Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi.Ular orasida ichburug1 (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning sabab bo‘ladi. Umuman, odam organizmida amyobalarining 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz hisoblanib, asosan yo‘g‘on va ko‘r ichaklardagi bakteriyalar hisobiga yashaydi.Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875-yilda rus shifokori A.F. Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo‘lishini isbotlagan. Ichburugʼ amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng (1-rasm).

l-rasm. Ichburugʼ 4 amyobasi hayot siklining sxemasi:



1-hazm yo‘liga tushgan sista;

2-amyobaning sistadan chiqishi;

3 -4-ichak bo‘shlig‘idagi mayda

vegetativ shakli;

5-yirik vegetativ shakli;

6-ichakdagi sistalar;

7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash chiqindilarda uchraydigan shakli.

Ichburug’ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari

bo‘ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan:

a) kichik vegetativ shakli; b) to‘qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli.

Amyobaning to‘qima va eritrofag shakllari ba’zan yirik vegetativ shakl deb ham

ataladi. Aslida, bu ikki shakl o‘zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo‘lib, zich parda - sista qobig‘i bilan o‘ralgan.

Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo‘ladi. Mayda vegetativ shak­

li kichkina (15-20 mkm) bo‘lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda

ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo‘linadi. Endo-

plazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo‘g‘on

ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi.

Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to‘qima

shakli (20-25 mkm) odamning yo‘g‘on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil

qiladi va ichak devoridagi to‘qimalami yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi.

18To‘qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar

yallig‘lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan

qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda

topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi.

Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi.

Chunki u ko‘payib, to‘qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo‘jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli boiib, hatto, xlorlangan suvda ham halok boimaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli boiadi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro boiadi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo boiadi. So‘ngra ular mitoz yoii bilan boiinib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli boigan odamlar odatda sogiom boiib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya’ni to‘qima shakliga aylanadi. To‘qima shakli o‘zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar boiishiga olib keladi.

Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlaming axlatida qon boiishi kuzatiladi.

Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli erit-

rofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik boiib, ko‘ndalang oichami

20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta boiib, o‘zi esa ancha harakatchan boiadi.

Sitoplazmada, ko‘pincha, eritrotsitlami topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag

yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyo­

basi odamning boshqa a’zolariga (jigar, o‘pka) ham joylashishi mumkin. Agarda

amyobaning to‘qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to‘g‘ri kelib qolsa, u qon

orqali to‘g‘ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo’ladi.

O ‘pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o‘pkaga diafragma orqali

o‘tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og‘rishi,

ishtahaning yo‘qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug’

amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin.

Kasallikka tashxis qo‘yish uchun bemoming najasi konservantga yigiladi va

tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971-y.).

Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz yuqqanligidan dalo-

lat beradi. Ichburug4 amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoit-

larda odamlaming bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi. Ichburug‘ kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko‘p uchraydi.

U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda ham uchraydi.

Profilaktika choralariga ovqat iste’mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab yu-

vish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlami yaxshilab yuvish,

pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalami yo‘qotish

(chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), be-

mor va sista tashuvchilami aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasala-

rida sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va

aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha keng targ‘ibot

ishlarini olib borish kabilar kiradi.

Sistematikasi:

Hayvonot olami- Zoo

Bir hujayralilar kichik olami-protozoo

Sarkomastigoforalar tipi-(Sarcomastigophora)

Sarkodalilar sinfi-Sarcodina

Amyoba turkumi-Amyobae

Ichburug’ amyobasi-entamoeba histolutica

Protozoy kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini yig‘ish va ularni aniqlash Odamlarni ichburug‘ аmyobаsi bilаn kasallanganligini o‘rganish uchun ichburug‘ аmyobаsi bilаn оg‘rigаn оdаmning qоnli shilliq najasidаn оlingаn prеpаrаtni tеmir gеmоtоksilindа Gаydеngаyn usulidа bo‘yab, mikrоskоpdа qаrаladi. Prеpаrаtni tеkshirgаnda eritrоsitlаr qоrа rаnggа bo‘yalgаn bo‘lаdi. Eritrоsitlаr оrаsidа ichburug‘ аmyobаlаri ham ko‘rinаdi. Ichburug‘ аmyobаsi bilаn оg‘riyotgаn оdаmning kаsаli еngillаshgаndа uning najasidаn prеpаrаt tаyyorlаb, ichburug‘ аmyobаsining sistаlаrini toppish mumkin. Ulаr yumаlоq shаkldа bo‘lаdi va prеpаrаtdа bir, ikki hamda to‘rt yadrоli sistаlаr ko‘rinаdi. Ichаk аmyobаsining prеpаrаtini mikrоskоp tаgidа qаrаganda, kаttаligi jihаtidаn ichburug‘ аmyobаsigа tеng kеlаdi. Prоtоplаzmаsidа vаkuоllаri ko‘p bo‘lаdi. Uning ichidа pufаksimоn kаttа yadrоsi ko‘rinаdi. Diqqаt qilib tеkshirgаndа vаkuоllаridа bаktеriyalаr vа krахmаl dоnаlаrini ko‘rish mumkin. Ichаk аmyobаsining sistаlаri yumаlоq shаkldа bo‘lаdi. Ichаk аmyobаsidа sistаsi sаkkiz yadrоli bo‘lishi bilаn хаrаktеrlаnаdi, lеkin shu bilаn birgа kаm vа ko‘p yadrоli sistаlаr hаm uchrаydi.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling