2-suxandon:
Xalq maqollarida ham Navro‘z ulug‘langan. Sizlar Navro‘z haqida qanday maqollarni bilasizlar?
Nodira:
Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas,
Mezondang so‘ng yoz bo‘lmas.
Bunyod:
Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi.
Ulug‘bek:
Ulus kuni baraka bersin,
Yomonlik yerga kirsin.
Suhrob:
Hamal yig‘loq-savr yig‘loq.
(“Andijon polkasi” raqsii ijro etiladi).
1-suxandon:
Bizning elda bu ayyom,
Sumalaksiz o‘tmaydi.
Yalpiz, somsa yopmasdan,
Aziz mehmon kutmaydi.
Ha, azizlar, Navro‘zni halim, halisa, go‘ja va sumalaksiz tasavvur eta olmaymiz. Endi Aziz mehmonimiz Dono buvidan sumalak tayyorlash haqidagi fikrlarni eshitsak.
(Dono buvi sumalakning tayyorlashnishi haqidagi tajribalarini gapirib beradilar).
2-suxandon:
Rahmat, Dono buvi! Sizdan sumalak tayyorlashni bilib oldik. Qani, bolalar, sizlar sumalak va uni tayyorlanishi haqida qanday fikrlar bilasizlar?
Bunyod:
Sumalak bug‘doyi undurilayotgan uyga begona kishi kiritilmaydi, tahorat qilib poklangan, ko‘ngli toza odam bug‘doy undurilayotgan uyga: “Bismillohir rohmanir rohim”,-deb kirib, maysaga suv sepadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |