1-suxandon:
Marhamat, do‘stlar, navbat Navro‘z qo‘shiqlariga!
Nodira:
Dehqon dala aylandi,
Ho‘kiz shoxi moylandi.
Omoch, mola, cho‘nqa tish.
Dehqonbobo shaylandi.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Mardona:
Arpa-bug‘doy sepilsin,
Maysa unib yetilsin,
Dehqon ishi o‘ng kelsin,
Omborlarga don to‘lsin.
Yangi yil qutli bo‘lsin,
Qozonlar sutli bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala
Farida:
Bugun bayram – yilboshi,
Yilboshiga el oshi.
Har ro‘zg‘orning himmati.
Palovmi yo sut oshi,
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Suhrob:
Qattiq oshi, sut oshi,
Qo’noq bo‘tqa, so‘k oshi.
Shovla pishgan ilikday
Kichirining zo‘r moshi
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Bunyod:
Ochligimiz yo‘q bo‘lsin,
Momo, qorin to‘q bo‘lsin,
Rizqimiz butun bo‘lsin,
Umrimiz uzun bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Ulug‘bek:
Tog‘da bulbul sayraydi,
Tol bag‘rini chaynaydi.
Shu ukamdan so‘rsangiz,
Qo‘zichoqday sakraydi.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Ulug‘bek:
Omad bizga jo‘r bo‘lsin,
Noz-u ne’mat ko‘p bo‘lsin.
Baxtimizga tinch zamon,
Davr-u davron zo‘r bo‘lsin-
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Bunyod:
Gul lolalar ochilsin,
El-u yurtga sochilsin.
Doim tinch zamon bo‘lsin,
El-u yurt omon bo‘lsin.
Um uf, jaqala, um uf, jaqala.
Do'stlaringiz bilan baham: |