2-suxandon:
Bugungi davramizda Cho‘pon bobo ham mehmon bo‘lib turibdilar, endi u kishidan tilaklarini eshitamiz.
Cho‘pon bobo:
Yangi yilimiz barakali yil bo‘lsin-u qo‘zilarimiz faqat egiz qo‘zilasin.
1-suxandon:
Rahmat, bobojon, yaxshi tilaklaringiz uchun. Azizlar, Navro‘zning o‘z an’analari, urf-odatlari bor. Navro‘z urf-odatlariga rioya qilgan kishi kam bo‘lmaydi. Qani, kim qanday Navro‘z urf-odatlarini biladi?
Madina:
Navro‘zga tayyorgarlik ko‘radilar. Hovli, uylarni tozalaydilar.
Suhrob:
Navro‘zga qadar daraxt tanalarini oqlaydilar.
Ulug‘bek:
Navro‘zga qadar bog‘lardagi xazonlarini yig‘ib, yoqadilar.
Maftuna:
Navro‘zda bug‘doy undirib, sumalak pishiradilar.
Mardona:
Navro‘zda yangi kiyim-bosh kiyishadilar.
Bunyod:
Navro‘zda qiz-javonlarga yangi kiyim-kechak olib berib, ularni xursand qiladilar.
Maftuna:
Navro‘zda ot choptirishga tadorik ko‘rishadi.
Suhrob:
Navro‘zda g‘amgin o‘tirmaydilar.
Nodira:
Navro‘zda Navro‘z taomlari pishirishadi.
Nazira:
Navro‘z kuni hovlilarda chalg‘i yasaydilar.
Bunyod:
Navro‘zda qiz tanlagani chiqadilar.
Hulkar:
Navro‘zda araz-ginalarni unutadilar.
Zubayda:
Navro‘zda qarindoshlarnikiga mehmonga boradilar.
Ulug‘bek:
Navro‘zda so‘kinmaydilar.
Nodira:
Navro‘zda nishonali qizga Navro‘z haydasini eltadilar.
Zarnigor:
Navro‘z oqshomi qarg‘anmaydilar.
Suhrob:
Navro‘z kuni ota-ona qabrini ziyorat qiladilar.
Bunyod:
Navro‘z kuni otni, itni urmaydilar.
Hulkar:
Navro‘zda g‘iybat qilmaydilar.
Ulug‘bek:
Navro‘z kuni ilonni o‘ldirmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |