Odatingni tark etma, navro`Z


Download 14.18 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi14.18 Kb.
#1505590
  1   2   3   4
Bog'liq
21-Mart Navro\'z bayrami ssenariysi


NAVRO‘Z BIRDAMLIK BAYRAMI!

1-suxandon:
Assalom, ona yurt, tonglar o‘lkasi!
Ta’rif-tavsifingning yo‘q nihoyasi.
Senga bag‘ishlanur muqaddas qo‘shiq.
Bu o‘zbek elining o‘z madhiyasi.


2-suxandon:
Yana ko‘k tubida sayraydi qo‘shiq,
Yana ko‘hna zamin yam-yashil ko‘rpa.
Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar,
Yana yoshdek dilda o‘ynar ming turfa.


1-suxandon:
Assalomu alaykum, fan bog‘ining bog‘bonlari, mehribon ustozlar hamda ilmga chanqoq o‘quvchi-yoshlar!
Yurtimizga o‘zining zarrin sepini yoyib, husn-u tarovatini ko‘z-ko‘z qilib, fasllar kelinchagi – Bahoroy kirib keldi.


2-suxandon:
Ha, bahor-uyg‘onish, yasharish fasli. Bu faslda ko‘ngillarimiz shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo‘ladi. Bahor-bayramlar, shodyonalar fasli.


1-suxandon:
Yaqindagina 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlagan edik. Endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug‘ ayyomimiz Navro‘zi olam eshik qoqmoqda. Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!


2-suxandon:

Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so'z navbatini maktabimiz direktori Hazratqulova Dilafro'z Namozboyevnaga beramiz.




1-suxandon:
Tarixing, ta’rifing tillarda doston,
Quyosh charaqlaydi, moviydir osmon,
Hofiz qo‘shiq aytar, raqs etar jonon,
Sevinch bag‘ishlaysan, keksa-yu yoshga,
Navro‘zjon, bu yilgi kelishing boshqa.
Endigi navbatni 1-a va 1-v sinf o'quvchilari ishtirokida Bahor valsiga bersak marhamat.
2-suxandon:
Bir yon katta kurash, bir yon ko‘pkari,
Askiya, aytishar, o‘lanlar bari.
Yangalarning aytgan avjli yor-yori,
Sevinch bag‘ishlaysan keksa-yu yoshga
Navro‘zjon, bu yilgi kelishing boshqa!
Navbatni 1-b sinf o'quvchilari ishtirokida raqsga bersak



Download 14.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling