Odatingni tark etma, navro`Z


Download 14.18 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi14.18 Kb.
#1505590
1   2   3   4
Bog'liq
21-Mart Navro\'z bayrami ssenariysi

1-suxandon:
Azal azaldan momolarimiz, onalarimiz fasllar kelinchagi bahoroy uchun, yangilanish bayrami Navro'zoy uchun do'ppilar, kashtalar tikishgan. Hozirgi navbatimizni 5-a sinf qizlari ishtirokida "Do'ppi tikdim" Raqsiga bersak marhamat


2-suxandon
Bolajonlar ancha kayfiyatni ko'tardingiz. Milliy raqslarimiz millatimiz ko'zgusidir, har bir viloyatimiz o'z raqslari bilan nafaqat bizni balki butun dunyoni lol qoldirib kelishmoqda. 5-b sinf oʻquvchilari ham milliy raqsimiz "Xorazm lazgisi" Ni ijro etishadi barchani raqsga chorlab qolamiz marhamat!


1-suxandon:
Xalqim, bayramlardan chiqmasin boshing,
Ushbu kun farqlay bil, yaxshi-yomonni.
Ogohlik doimo bo‘lsin yo‘ldoshing,
Ko‘kka ko‘taraylik O‘zbekistonni.
El-u yurtim, Navro‘zday uzaysin yoshing,
Mangu porlayversin hurlik quyoshing!.


Navbatni 6-a sinf o'quvchilariga bersak ular ijrosida Jonajon O'zbekistonimizni madh etuvchi raqslar jarang sochadi marhamat
2-suxandon
Albatta yurtimizning jamolini, jannatmakon diyorimizni qancha kuylasak, ta'riflasak shuncha oz bo'ladi
6-b sinf o'quvchilari ham vatanimiz jamolini kuylamoqchi ekanlar marhamat
1-suxandon
Navro`z bayram elimda
Zavqim qaynar dilimda,
Qalbim bahor jo`shaman
Sho'x raqsga tushaman.
7-a sinf o'quvchilari sho'x taronalari orqali dillarni shod aylashadi marhamat


2-suxandon
Qizg`aldoq bargidek uchar dildan g`am,
Toshqinlar kiradi qalbimga manim.
Bahoring muborak bo`lsin ushbu dam,
Mening O`zbekiston-dilbar Vatanim!


7-b sinf qizlari ham biz Navroʻz bayramiga qancha tayyorgarlik ko'rdik axir bizga ham navbat beringizlar deb kutib turishibdi ularni davraga chorlaymiz



Download 14.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling