Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi


Valyuta almashinishi bo’yicha firibgarliklar


Download 67.49 Kb.
bet10/20
Sana11.03.2023
Hajmi67.49 Kb.
#1261466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3

Valyuta almashinishi bo’yicha firibgarliklar
Valyuta almashinuvidan foydalanib pul ishlab olish xaqidagi takliflar xam internetda keng tarqalgan, shuning uchun ko’pgina saytlarda bu xaq dagi takliflarni va bunday takliflar aks ettirilgan turli xildagi bannerlarni ko’rish mumkin. Bunda firibgarlar barcha istovchilarga turli xildagi elektron valyutalarni bir -biriga almashtirgan xolda foyda olish mumkinligiga ishontirishga xarakat qiladilar. Ular, “bunday biznes valyutalarning turli almashtiruv punktlaridagi farqi tufayli juda xam foydalidir. Shuning uchun xam agar pulingizni ko’paytirmoqchi bulsangiz, ushbu ma’lumotlarga ilova qilingan ko’rsatmalarimizdan foydalanishingiz mumkin” - deya, sizga bu amallarni reklama qilishadi. Bunda ular sizga ikki bosqichli pul almashtiruv operatsiyasini taklif qilishadi: birinchi bosqichda siz shaxringizdagi biror bir valyuta almashtiruv punktida o’z pulingizni chet el valyutasiga, masalan, dollarga almashtirasiz. Ikkinchisida esa internetdagi firibgarlar sizga yuborgan ko’rsatmalarga mos keladigan chet eldagi valyuta almashinuv punktida dollardagi valyutangizni masalan, evroga almashtirish uchun junatasiz. Sizning xuddi shu pulingizni soxta valyuta almashinuv punktida firibgarlar kutib turishgan bolishadi va endi siz pullarimdan ajraldim desangiz ham bo’laveradi. Bu ular uchun o’ziga xos sovg’a buladi deyishimiz ham mumkin.
Ba’zida esa pulingiz kam junatilgan ekan, bizda valyuta almashtirish uchun yana
buncha pul junating, chunki valyuta almashtirish uchun minimal summa quyidagi
miqdorda bulishi kerak degan ma’lumotlar ham kelib qolishi mumkin.
Internetga pul qo’yishga asoslangan firibgarliklar
Internetda pul qo’yish asosida firibgarlik bilan shugullanadigan saytlar soni juda ham ko’p va ular ko’pincha webmo ney hamda Yandex.Dengi elektron to’lov tizimlari orqali bu ishni amalga oshiradilar. Ushbu saytlarda ko’yilgan pullardan olinadigan foiz stavkasi va foyda juda katta deb sodda odamlar astoydil ishontiriladi. Nega bunday degan savolga ular, biz eng malakali va professional moliyachilarni o’z kompaniyamizga jalb qilganmiz deb aytadilar. Kapitalni boshqaruv qanday amalga oshadi degan savolga esa ular, valyuta bozori Forex ni, juda perspektiv aktsiyalarga pul tikishni, loyixalar ichki qaytaruv normasi juda foydaliligini, xalqaro moliyaviy bozorlarda ish olib borishlarini misol qilib keltirishlari mumkin. Ammo ko’pincha bunday takliflar ortida moliyaviy piramidalar, ko’p tarmoqli fiktiv marketing tizimlari yoki pul yig’ib olishga mo’ljallangan bir kunlik saytlar turadi. Bunday saytlarning boshqalaridan asosiy farqlari bergan savollaringizga chala-chulpa javoblar berish, tekin xostinglarda turish va olinadigan foizlarning juda xam katta bo’lishi va huddi shuning uchun xam ishonchga sazovor emasligidir.

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling