Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi


Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo’yicha manba’ sifatida ishlatilishi


Download 67.49 Kb.
bet7/20
Sana11.03.2023
Hajmi67.49 Kb.
#1261466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3

Ijtimoiy saytlarning nolegal pornografiyadan pul ishlash bo’yicha manba’ sifatida ishlatilishi
Ijtimoiy saytlar ham firibgarlar tomonidan Internet tarmog’ida pornomateriallarni tarqatish vositasida pul ishlash uchun ishlatiladilar. Buning
uchun ataylab o’ylab tuzilgan anketa (elektron sahifa) yaratiladi va u orqali voyaga
yetmaganlar xaqidagi turli xil ochiq manba’lardan olingan fotosessiyalar va
yolg’on ma’lumotlar tarqatiladi. Shunday qilib, pornografiya bo’yicha pul
ishlamoqchi bo’lgan firibgar internetda oddiy voyaga yetmagan inson shaklida namoyon bo’ladi va boshqa yoshlarni o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun laqillata boshlaydi. Elektron muloqot amalga oshirilayotib, yoshlarni o’zlari yoki tanishlari haqidagi pornorasmlarni jo’natish uchun shart -sharoitlar yaratiladi.
Keyinchalik ushbu video yoki fotomateriallar pul ishlash maqsadida turli tematik
forumlarda namoyish qilinadi, fayl almashinuv tizimlariga, foto va video portallarga tarqatiladi. Bir qancha xolatlarda firibgarlarga voyaga yetmagan
yoshlarning anketaviy ma’lumotlari ma’lum bo’lib qoladi va ular bundan
foydalanib, bolalarning ota-onalarini shantaj qilib, pul undirishga urinadilar yoki bu ma’lumotlarni forumlarga joylashtirib (trolling), kimlarningdir chirkin
maqsadlarini amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijtimoiy saytlarda muloqot qilayotib, quyidagilarni unutmang:ijtimoiy tarmoqda siz bilan muloqot qilayotgan inson kimlardir tomonidan o’ylab chiqilgan elektron personaj bo’lishi mumkin.
Uni aniq ko’rmasdan va shaxsini bilmasdan turib, u bilan qandaydir ishlar olib borish, unga shaxsiy ma’lumotlarni berish, unga pul utkazish, u bilan kelishish yoki u tayinlagan joyga borish aslo mumkin emas. Internet tarmogi orqali siz tomoningizdan jo’natilayotgan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan,rasmlarinigizmi, parol yoki loginingizmi, pasport ma’lumotlaringizmi
yoki manzilingizmi istalgan paytda sizga qarshi ishlatilishlari mumkin. Xurmatli ota-onalar, o’z farzandlaringizni xam internetda xavfsiz ishlash qoidalari bilan yaxshilab tanishtiring va ularga bu tartiblarni batafsil tushuntiring.
Internetdagi xavfli dasturlar kompyuter egasidan so’ramasdan, o’z-o’zidan
nusxalanib ketuvchi maxsus xavfli dasturlardir. Bunday dasturlar kompyuteringizda turli xildagi noxush xolatlarni keltirib chiqarishlari, dasturlarni
ishdan chiqarishlari, ma’lumotlarni o’chirib tashlashi, sizning kompyuteringizdagi
ma’lumotlarni o’girlashi, operatsion tizim ishini buzishi yoki sekinlashtirishi,
tashqi qurilmalarning ishini to’xtatib qo’yishi mumkin. Bunday dasturlarni xalqtilida «viruslar» deb nomlangan va ularning quyidagi asosiy turlari mavjud: mahsus dasturiy viruslar, tarmoq viruslari, chuvalchang viruslar va troyan viruslari. Kompyuter viruslari o’z-o’zidan ko’payadigan va nusxalarini boshqa dasturlar ishga tushirib, noma’qul xolatlar keltirib chiqaradigan maxsus dasturlardir. Ular ko’pincha *.exe, *.com kengaytirgichli bajariluvchi fayllardir. Ular *.doc, *.xlsko’rinishidagi makroprotseduralarga ega bo’lib, zararlanish oqibatida kompyuter ishini izdan chiqaradigan xolatga kelib qoladilar. Tarmoq chuvalchanglari esa zarar keltiradigan dasturlar turiga mansub bo’lib, ular boshqa fallarning bir qismi emas,
balki aloxida mustaqil fayllar ko’rinishida bo’ladilar. Bunday dasturlar lokal va global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko’payib
ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz sizning pochtangizdagi
elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo’natishi
yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko’paymaydilar,
o’zlari biror bir ma’lumot jo’nata olmaydilar va kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib, sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan dasturining asosiy maqsadi kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga
bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Troyan dasturi faoliyati
natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki
qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasigaoshkor bo’lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to’lov tizimlaridagi pullaringiz qaergadir g’oyib bo’lib qolishi mumkin.

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling