Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi


Download 67.49 Kb.
bet4/20
Sana11.03.2023
Hajmi67.49 Kb.
#1261466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3

Internetdagi gadoychilik
Internetda qandaydir gumanitar jamoat tashkiloti, bolalar uyi yoki yetimxona nomidan muxtoj yoxud kasal bolalarga moddiy yordam ko’rsatishni so’rash
bo’yicha iltimoslar paydo bo’lishi ham mumkin. Firibgarlar darhol bunday
saytlarga aynan o’xshash saytlar yaratib, ularning pul o’tkazish uchun za rur
bo’lgan rekvizitlarini boshqacharoq qilib qo’yadilar. Shuning uchun, agar Internet
orqali yordam puli o’tkazmoqchi bo’lsangiz, eng avvalo erinmay ko’rsatilgan
tashkilotlarga boring yoki ularga telefon orqali qo’ng’iroq qilib, ularning aniq
revizitlari qandayligini biling. Muammoning asl mohiyatini bilgandan so’ngginapul o’tkazish xaqidagi qaroringizni qabul qiling. Aks xolda sizning ajratgan moliyaviy mablag’laringiz firibgarlarning qo’liga tushib qolishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga nisbatan firibgarliklar
Real xayotda o’z turmush o’rtog’ini topa olmaganlar bu ishni virtual dunyoda, ya’ni internetda ham davom ettiradilar. Qidiruv bo’lg’usi qalliqlarning rasmlari joylashtirilgan tanishish saytlarida va kundaliklarda boshlanadi.
Firibgarlar pul topish maqsadida chiroyli qizlarning rasmlarini saytlarga joylashtiradilar va ularni yoqtirib qolgan chet ellik fuqarolar bilan bu « qizlar» nomidan yozishma uyushtiradilar. Chet ellik kuyovlar bunday e’lonlarga laqqa tushib, go’zallar bilan ishonch ila xatlar almashinadilar. Biroz ishonchga kirgandan so’ng, «qizlar» turli iltimoslarini boshlaydilar: kasal ota-onamga yordam bering, kredit to’lashim uchun biroz pul ajrating, sizning oldingizga uchib borish uchun biletga xamda sarf-xarajatlarga pul ajrating va boshqalar singari. So’ralgan pul olinganidan so’ng, «qalliqlar» aloqaga chiqmay qo’yadilar. Aldanganliklarini bilib qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so’rab, politsiyaga murojaat qiladilar. Shuni ham aytish kerakki, bunday firibgarlar uzoq mamlakatlardagi «qalliqlar» bilan ishlaydilar, aks xolda yaqin mamlakatdagilar o’zlari kelishlarini so’rashlari mumkin bo’ladi. Bu esa firibgarlar uchun unchalik yoqimli emas, albatta.

Download 67.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling