Oddiy hayotda ham bo’lganidek, Internet orqali virtual savdoni amalga oshirganda, aldovchilar va firibgarlarga duch kelishning real extimolligi mavjud bo’ladi
Internetda pul ishlashni taklif qilish
Download 67.49 Kb.
|
9.elektron tijorat muammolari a unga bo\'lgan tahdidlar 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta almashtirish bilan bog’liq firibgarliklar
- Sport tadbirlariga pul tikish
Internetda pul ishlashni taklif qilish
Bu firibgarlikning asosini internet foydalanuvchilariga katta pul ishlashning maxfiy usulini taklif qilishqiladi. Bunda ko’pincha kuniga 100 dollar ishlash imkoni taklif qilinadi. Ma’lumot o’zbeklarga o’zbek tilida, ruslarga rus tilida va qozoqlarga qozoq tilida biror bir ko’rinimli inson yoki insonlar misolida tushuntiriladi: “Mana bu odam hech qaerda ishlamaydi, ammo shu usul tufaylipullarga ko’milib ketdi, sizning undan qanday kamligingiz bor”, - deb reklama qilinadi. Bu imkoniyatga ega bulish uchun esa atigi 5-10 dollar tulashingiz kifoya qiladi, deb ta’kidlanadi. Ammo, tekin va mexnatsiz daromad qilish real xayotda xam, internetda xam mavjud emasligini yoddan chiqarmang. Karting Internet firibgarlikning bu turi bank plastik kartalari bilan bogliq. Firibgarlar plastik kartalar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni bilishga xarakat qiladilar va agar omadlari kelsa, ulardagi pullarni yechib olib, yaxshigina daromad qiladilar. Plastik kartalar xaqidagi ma’lumotlarni bilish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin, masalan, fishing vositasida, internet magazinlar orqali va virtual kim-oshdi savdolar tashkil qilish yordamida. Ular xech nima sotmaydilar va xech qanday xizmat ko’rsatmaydilar - maqsadlari faqatgina boshqalarning plastik kartalari xaqidagi ma’lumotlarni to’plash va keyinchalik ularning pullarini o’marishdir. Valyuta almashtirish bilan bog’liq firibgarliklar Tarmoqdagi bu faoliyat turi bilan shugullanadigan firibgarlar insonlarni elektron valyutalar kursi bizda va chet elda katta farqqa ega ekanligiga ishontirishga urinadilar. Ular turli xil hisob-kitoblar orqali laqma fuqarolarni shu tufayli millionlar ishlab olish mumkinligiga ishontiradilar. Agar kimdir ularning to’riga tushib qolsa, o’z pullaridan ajralishi aniq bo’ladi-qoladi. Sport tadbirlariga pul tikish Bu usulda bukmeyker kontoralari firibgarlik ob’ekti bo’lib qoladilar. Bunday soxta korxonalar ko’pincha malakali «professionallar» tomonidan tayyorlangan «unikal bashoratlar»ni sotadilar. Ularda barcha o’tkaziladigan o’yinlarning aniq bashoratlari bo’ladi. Agar siz kerakli pul to’lasangiz, ushbu bashoratlardan foydalanib, kattagina pul ishlab olishingiz mumkinligini ta’kidlashadi. Quyida tavsiz etiladigan firibgarlik turlari bilan real dunyoda xam, virtual dunyoda xam faol shugullanishadi. Bunda biror bir qisqa nomerga SMS yuborish taklif qilinadi. Agar ko’rsatilgan nomerga pul yuborilsa, aboentdan kattagina pul miqdori shilib olinadi. Bu firibgarlikning bir qancha modifikatsiyalari ham mavjud. Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xam juda keng tarq algan bulib, bular runetda «Odnoklassnik» va «Vkontakte» larda ko’p uchraydi. WebMoney tizimidan foydalanib pul o’girlash usulida esa sizga WebMoney elektron pul o’tkazish tizimini buzishga imkon beradigan dasturlarni sotib olish taklif qilinadi. Boshqacha bir usulda sizga elektron pochta orqali firibgarlarning «WebMoney elektron pul utkazish tizimiga qandaydir miqdordagi pul junating, aks xolda elektron xamyoningiz yopiladi» degan soxta xati keladi. Agar sizga shunday xat kelsa, darxol WebMoney elektron pul o’tkazish tizimining «support» xizmatiga ma’lumot yuboring – ular firibgarni tezda jilovlab qo’yadilar. Ikki daqiqada olti WMZ deb nomlangan firibgarlik turi internetdagi kazinolar bilan bog’liq bo’lib, ularda ko’rsatilgan elektron xamyonga bir dollar (yoki undan ko’proq) pul o’tkazib, ko’rsatilgan strategiyada pul yutish mumkinligi targ ’ib qilinadi. Juda ko’p odamlar bu ishga ishqiboz bo’lganlari uchun, firibgarlar yaxshigina mablag ishlab oladilar. Shuning uchun internetda oltin tog’lar axtarmang, chunki bunday tog’lar unda yo’q va bo’lmagan xam. AQSh iste’molchilar milliy ligasi xam oson pul topishni taklif qiluvchilardan, tekin xizmatlar ko’rsatuvchilardan, shubxali moliyaviy operatsiyalar o’tkazuvchilardan nixoyatda extiyot bo’lish kerakligini ta’kidlaydilar. Liga tomonidan internetdagi firibgarliklarning eng ommaviy usullari aniqlangan va ularga quyidagilar kiradi (top10): Sotuvga qo’yilmagan lotning onlayn internet-auktsionda sotilganligi xaqidagi soxta ma’lumot; Internet orqali sotib olingan tovarning sifati pastligi yoki soxtaligi; Nigeriya xatlari; Kompyuter dasturiy ta’minotining to’likmas yoki soxta versiyasini yetkazish; Boshqalarga nisbatan kamroq to’lov talab qiladigan internet bilan bog’liq xizmatlar taklifi; Xech qachon sotib olinmagan yoki sotib olinmaydigan materiallar uchun kredit kartochkalar orqalito’lovlar; Katta foyda ko’riladigan va uyda o’tirib bajariladigan ish – «uy-ofis»; Avans ko’rinishida qarzlar berish bilan bog’liq firibgarliklar; Kredit kartochkalar yordamidagi soxta kelishuvlar tugrisidagi takliflar; Juda katta foyda olish xaqidagi biznes takliflar. Evropadagi firibgarlarga qarshi kurash komissiyasi ma’lumotlariga ko’ra, internetdagi to’lovlar bilan (ayniqsa, avans to’lovlar bilan) bog’liq fiktiv operatsiyalar xajmi yil sayin oshib bormoq da. AKSh ning o’zida xar oydagi bunday firibgarliklar soni 15-18 minggacha yetadi. Download 67.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling