Oddiy moddalar
Qutbli kovalent bogʻlanish
Download 1.83 Mb.
|
Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qutbsiz kovalent bogʻlanish Qutbsiz kovalent bogʻlanish
Qutbli kovalent bogʻlanish
Kovalent bogʻlarning ikkita asosiy turi mavjud: qutbli va qutbsiz. Qutbli kovalent bogʻlanishda elektronlarni atomlar teng ravishda taqsimlamaydi va bir atomga boshqasiga qaraganda koʻproq vaqt sarflaydi. Turli elementlarning atomlari oʻrtasida elektronlar teng taqsimlanmagani sababli molekulaning turli qismlarida biroz musbat (δ+) va biroz manfiy (δ–) zaryadlar paydo boʻladi. Yuqorida koʻrsatilgan suv molekulasida kislorodni har bir vodorod bilan bogʻlaydigan bogʻ qutbli bogʻdir. Kislorod vodorodga qaraganda ancha koʻp elektromanfiy zaryadlangan atomdir, yaʼni almashilgan elektronlarni koʻproq oʻziga tortadi, shuning uhun suvdagi kislorod qisman manfiy zaryadga (yuqori elektron zichlikka) ega, vodorodlar esa qisman musbat zaryadga (quyi elektron zichlikka) ega. Umuman olganda bogʻlanishdagi ikkita atomning nisbiy elektron manfiyligi, ularning almashgan elektronlarini “hammasini egallash”ga moyilligi kovalent bogʻning qutbli yoki qutbsiz ekanini belgilaydi. Qachonki bitta element ikkinchisidan sezilarli darajada koʻproq elektromanfiy boʻlsa, ular orasidagi bogʻlanish qutbli boʻladi, yaʼni uning bir uchi biroz musbat zaryadga, ikkinchisi esa biroz manfiy zaryadga ega boʻladi. Qutbsiz kovalent bogʻlanish Qutbsiz kovalent bogʻlanish bir elementning ikki atomlari orasida yoki turli xil elementlarning biroz teng ravishda elektronlarini almashuvchi atomlari orasida hosil boʻladi. Masalan, molekulyar kislorod (\[\text{O}_2\]) qutbsizdir, chunki elektronlar ikki kislorod atomi orasida teng almashgan. Qutbsiz kovalent bogʻlanishga yana boshqa bir misol metanda (\[\text{CH}_4\]) uchraydi. Uglerodning tashqi qobigʻida toʻrtta elektron bor va u barqaror oktetga erishishi uchun yana toʻrtta elektron kerak. Ushbu holatga erishish uchun uglerod vodorodning toʻrtta atomi bilan elektron almashadi va ularning har biri bittadan elektron beradi. Oʻz-oʻzidan vodorod atomlarining har biri tashqi qobiqlarini toʻldirish uchun bittadan elektronga muhtoj, uni esa ugleroddan almashilgan elektron holatida qabul qiladi. Uglerod va vodorod bir xil elektron manfiylikka ega boʻlmasalar ham, ular bir-biriga biroz oʻxshash, shuning uchun uglerod bilan vodorod bogʻlanishi qutbsiz boʻladi. Jadvalda qutbli va qutbsiz bogʻlanishlar misolida suv va metan molekulalari koʻrsatilgan. Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling